66
Xulosalar
1. Tajriba dalasi tuprog‘ining yuqorigi 1 m. li qatlami o‘rtacha va pastki qatlamlari
yengil mexanik tarkibga ega, hajmiy massasi 1,39 g/sm
3
, g‘ovakligi – 45,7–48,0
%, 6 soatdagi suv o‘tkazuvchanligi – 798,4–813,2 m
3
/ga, chegaraviy dala nam
sig‘imi og‘irlikka nisbatan 22,7 % ga teng. Haydov qatlamida gumus miqdori
1,784 %, azot – 0,183, fosfor – 0,161 va kaliy 1,07 % ni tashkil qiladi. Sizot
suvlarning joylashgan chuqurligi –149–183 sm.
2. Atmosfera yog‘inlari miqdoriga, havo harorati va sizot suvlarining
joylashgan chuqurligiga bog‘liq holda sug‘orishlardan oldingi tuproq namligi
oshqovoqni tuplanish-naychalash fazalarida CHDNSga nisbatan 70%, boshoqlash
va gullash fazalarida 80%, pishish fazasida 60 % bo‘lishligi (3-variant) maqsadga
muvofiq. Atmosfera yog‘inlari oktyabr–iyun oylarida 297,9–234,6 mm bo‘lgan
tajribaning dastlabki ikki yilida shudgordan oldin va urug‘larni undirib olish
maqsadida sug‘orishlar o‘tkazilgan ushbu variantda o‘suv davrida 3 marta 540–750
m
3
/ga sug‘orish va 1760–2032 (noo‘suv davridagi sug‘orish me‘yorlarini ham
hisobga olganda 2980–3410) m
3
/ga mavsumiy me‘yorlarda sug‘orishlar talab
qilindi, yog‘in miqdori 663,4 mm bo‘lgan uchinchi yili 2 marta 570–660 m
3
/ga
sug‘orish va 1239 (2820) m
3
/ga mavsumiy me‘yorda sug‘orish kifoya qildi.
3. Oshqovoqning umumiy suv iste‘moli yilning ob-havo sharoitlariga bog‘liq
holda variantlar bo‘yicha har xil miqdorni tashkil etdi: tajribaning 3- variantda 1 ga
maydonga sarflangan umumiy suv miqdori namgarchilik bilan o‘rtacha
ta‘minlangan dastlabki ikki yilda 7321–7855 m
3
/ga bo‘lib uning 39,6–41,2 %
atmosfera yog‘inlari, 40,3–48,0 % sug‘orish va 10,6–10,9 % sizot suvlari hamda
5,10–9,5 % tuproqning tabiiy namligi hisobiga qoplandi. Tajribaning 3- yilida
(2017.y.) esa umumiy suv sarfi 10973 m
3
/ga bo‘lib, uning 60,5% ni atmosfera
yog‘inlari, 25,6% ni sug‘orish va 7,6 % ni sizot suvlari va 6,4 % ni tuproqning
tabiiy namligi tashkil qilgan. Ushbu variantda oshqovoqningning suvga bo‘lgan
ehtiyoj koeffitsienti yillar bo‘yicha 153,6–224,8 m
3
/t ni tashkil etgan bo‘lib, bu
nazorat variantiga nisbatan 19,0–25,1 m
3
/t kamdir.
67
4. Tajriba dalasida oshqovoqning eng ko‘p suv iste‘mol qilish davri uning
g'unchalash fazasidan mevaning pishish fazasigacha bo‘lib, ushbu davrda umumiy
suv iste‘molini 60,8–81,8 % ini sarfladi. Gullash va pishish fazalarida bu
ko‘rsatkich 18,2–39,2 % ni tashkil etdi.
5. Oshqovoqning bioiqlim koeffitsienti tuproqning faol qatlamida suv
taqchilligi 90–100 mm. ni tashkil etgan davrda 0,75 ga, 150 mm va undan yuqori
bo‘lgan davrlarda esa 0,35 ga teng. Mazkur sharoitda oshqovoqning o‘suv davri
uchun tajribalar yo‘li bilan aniqlangan haqiqiy va bioiqlim koeffitsienti bo‘yicha
hisoblangan mavsumiy sug‘orish me‘yorlarining bir-biriga juda yaqin bo‘lishi
tajriba natijalariga ko‘ra o‘z tasdig‘ini topdi.
6. Shudgordan oldin va urug‘larni undirib olish maqsadida sug‘orishlar
o‘tkazilgan, o‘suv davrida yilning ob-havo sharoitlariga bog‘liq holda 3 marta
sug‘orish o‘tkazilgan 2-variantda o‘suv davri 209–216 kunni tashkil etib,
rivojlanish fazalarini o‘tashi nazorat variantiga nisbatan 5–6 kunga cho‘zildi.
O‘suv davrida tuproq namligini CHDNS ga nisbatan 80–80–80 % darajasida
ta‘minlovchi sug‘orish rejimi qo‘llanilgan 3- variantda bu ko‘rsatkich 10 kungacha
yetib bordi va o‘suv davri 212–218 kunni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: