17
XULOSA
Xozirgi kunda xalq xo`jaligining qaysi tarmog`ini olib qaramang bevosita
geodeziya xususan kartografiya sohasiga nisbatan qandaydir ehtiyoji borligini
sezish mumkin. Ayniqsa hozirgi globallashuv zamonida ma`lumotga bo`lgan
talabning ortib borishi jumlada noaniq va ishonchli ma`lumotni axtarib topish
masalasi juda muhim omil bo`lib qoldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Ta`lim,
sog`liqni saqlash, sport, sanoat va boshqa shu kabi soxalarni o`zining ajralmas
qismiga aylantirayotgan kartografiya va geodeziya sohalarida ham buni ko`rish
mumkin. Albatta bu sohalardagi ma`lumot aniqligi va sifati deganda birinchi
o`rinda kartografik masshtab ko`z oldimizga keladi.
Masshtabning qanchalik darajada aniqligi va qaralayotgan hududning
qanchalik darajada yuza jihatdan kichikligiga qarab aynan mana shu hudud
doirasidagi tuziladigan karta yoki planlar ham albatta aniqlik doirasi oshib boradi.
Shuningdek hozirgi kunda mazkur soha bo`yicha juda katta yuksalishlar
bo`layotganini ko`rish mumkin. Ya`ni barcha hududlarning kartalarini elektron
ko`rinishga o`tkazib, keyinchalik undan yagona bir elektron baza yaratish bo`yicha
bir qancha sezilarli ishlar olib borilmoqda. Bu albatta nimaga olib keladi bir
tomondan oshkoralik prinspi namoyon bo`ladi, birtomondan esa elektron karta
mutlaqo yangi va to`liq ma`lumotlar bilan boyitilgan bo`ladi. Albatta bu holat xam
vaqtning tejalishiga va ishonchli ma`lumotga ega bo`lgan xolda ishboshlash
imkonini beradi. Yuqoridagilar masalaning birtomoni, aniqrog`i ijobiy tarafi.
Aynan yuz foiz kartalarni elektron ko`rinishga o`tkazish uchun qandaydir
mukammal ostki qatlam, yani baza bolishi lozim deb o`ylayman chunonchi bu
baza shunday aniq bo`lishi lozimki uning asosida yaratilgan karta va planlar ham
aniq va to`liq, ma`lumotlar doirasi yangi bo`lsin. Bu ishlarni bajarish uchun esa
albatta qaytadan xudud doirasida o`lchash ishlari olib borilsa maqsadga muvofiq
bo`lar edi. Chunki hozirgi biz yaratayotgan kartalarning elektron asosini
qaraydigan bo`lsak ham katta ko`pchiligi sobiq ittifoq davirlaridagi yaratilgan
kartalar xisoblanadi. To`g`ri aniqlik doirasi yaxshi bo`lishi mumkin lekin u ma`nan
eskirgan xisoblanadi, undagi ma`lumotlar asosida biron karta yaratiladigan bo`lsa
bu kartaning ishonchliligi birinchi o`rinda yo`qoladi.
Muxtasar qilib aytadigan bo`lsam taklifim shu bo`lar ediki har qanday
kartani yaratishdan oldin uning yaratilish bazasi mukammalligiga alohida e`tabor
berish, va hozirgi kunda hududimizda qilinayotgan raqamlashtirish masalasi uchun
ham aniq bir ishonchli elektron baza izlab topish lozim deb o`ylayman.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |