O’QUVCHILARNING MUSTAQIL AKTIVLIKLARI DARAJASIGA KO’RA KLASSIFFIKATSIYALANOVCHI METODLAR
Izohli-illyustrativ metod .
Bu metod orqali o’qituvchi tayyor ma’lumotni xar xil vositalar ,yordamda beradi, o’quvchilar esa bu ma’lumotni qabul qiladilar, tushinib oladilar va eslab qoladilar .Ma’lumot berishni o’qituvchi og’zaki , yozma, ko’rsatmali .
Reproduktiv metod .
Bilimlarni jumboqli bayon qilish .
Qisman izlanish va evristik metod
O’qitishning tadqiqot metodi.
Mustqil ishlar uchun mashqlar va vazifalar o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o’qituvchi tomonidan tuziladi va tekshiriladi , baholanadi.
Boshlang’ich sinf matematika darsida mustaqil ta’lim ishlarini tashkil qilish bu o’quvchilarni darsda olgan bilimlarini yanada yaxshi tushinishiga ko’mak bo’ladi.Boshlang’ich sinf o’quvchisining vazifasi mustaqil mantiqiy fikirlash qobilyatlarini shakillantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o’rgatishga bo’lgan qiziqishlarni tarbiyalashdan iborat.
O’quvchilarni imkon boricha, mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari,kuchlari yetadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek og’zaki va yozma xulosalar qilishga o’rganishi kerak .Boshlang’ich maktab matematika o’qitish metodikasi mustaqil va nazorat ishlari,o’quvchilarda yakka yozma so’rov o’tkazishning samarali vositalari yaratilgan.Mustaqil ishlar o’quvchilarni yangi materyali o’zlashtirishga tayyorlaydi.Darsning birinchi qismida uy vazifasi mazmun jihatdan yangi materyalga bog’liq bo’lsa ,uni tekshirish ham mumkin.Agar uy vazifasi yangi mavzuga bog’liq bo’lmasa ,yangi mavzuni o’tishda o’quvchilar uni qo’llamasa ,u holda yangi bilimlarni bayon qilishda uy vazifasini tekshirish shart emas.Shunday qilib darning birinchi qismi o’quvchilarning faolligini va diqqatini yo’naltirishga qaratilmog’I lozim, bu bosqichda uncha ko’p vaqt sarflamaslikari kerak .Yangi o’quv materyalini o’zlashtirishga o’quvchilarning faol tayyorlash maqsadida oldin o’zlashtirgan materyallar takrorlanadi , takrorlash xarakteridagi materyallar ko’pincha og’zaki hisoblash orqali bajariladi.Shuningdek yangi materyalni o’zlashtirishga qaratilgan misol va maslalarni mustaqil yechish ham mumkin.Misol- masalalar mustqali bajargandan keyin ,o’quvchilardan birini doskaga chiqib shu qoidaning to’g’riligini misol masala yechish orqali ko’rsatib beriladi.Darsda nechta o’quvchi faol qatnashganligini va mustqail faol qatnashganligini va mustaqil faoliyat ko’ratganligi ,unga qanday yo’l bilanerishish zarurligini aniqlash Har bir o’quvchiga to’laligicha mustaqil ish bajarganligini ,ular barchasi o’qtuvchi rahbarligida amalga oshirilganligi ko’rsatiladi.
Har bir o’qituvchi mustaqil ishlarini tashkil etishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini, o’yinqaroqlik qobiliyatlarini hisobga olmog’i lozim. Hali bilimning foydasini anglamagan bolakaylar bilan mustaqil ishlar olib borish ancha mushkul. Buning uchun o’qituvchi talabchan, uddaburon, qiziqqon bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |