- ishonchli hamkorlarni mavjud bo’lishi; - mijozlar bazasini (doimiy iste’molchilar guruhini) mavjud bo’lishi; - korxonani korporativ – jamiyat tashkilotlariga tegishli bo’lishi; - jamiyat va davlat dasturlarida ishtirok etishi; - firmani obro’i va imidji; - kadrlarni oquvchanligi; - mijozlar bilan bo’lgan shikoyat va sudlar soni va boshqalar.
17-MAVZU. XIZMAT ISHLAB CHIQISH VA YARATISH SABABLARI. XIZMATLARNI SIFATI VA QIMMATINI ISHLAB CHIQISH Reja: 1.Yangi maxsulot kategoriyalari. 2.Yangi xizmatlarni ishlab chiqish va yaratishga undovchi omillar. 3.Tovar va xizmatlarni ishlab chiqishdagi o‘xshashliklar va farqlar. 4.Sifat va qimmatni ishlab chiqish dastaklari. Kompleksli loyihalash. 5.Sifatni ta’minlash funksiyalarini keng ta’minlash. Ishonchli loyihalash.
1.Yangi maxsulot kategoriyalari Mahsulotlarning yakka tartiblashtirishning muammosi. Zamonaviy iqtisodiyotda mahsulotlarning diversifikatsiyasi va differensallashuvi shunchalik tez sur’atlarda amalga oshiriladiki, u «assortiment portlashi» degan nom olishga ulgurdi. Ushbu «assortiment portlashi» ishlab chiqarilgan tovarlar nomenklaturasini keskin oshiradi. Rivojlangan iqtisodiyotda 60 mln. ga yaqin mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ushbu sonning ichida o‘z o‘rnini, masalan, rezina saqichlari egallaydi (ularning 1000 dan ortiq sorti ishlab chiqiladi). Nimanidir chaynashni zamonaviy Yevopaliklar mayya xindularidan o‘zlashtirib olganliklari aniqlangan. Lekin T.Adams degan inson 1871 yilda rezinkali saqichni ishlab chiqaruvchi mashinani patentlashtirdi va uning ommaviy ishlab chiqarishini tashkil etdi. Mahsulot turlari sonining kengayishi va ularning sifatini oshirish tendensiyasi, ishlab chiqarishni klassik tashkil etilishini o‘zgartirish zaruriyatiga olib keldi. Hozirgi sharoitda yangi mahsulotni elektron modellashtirish va elektron «sinash» tizimlari aktiv ravishda ishlab chiqarilmoqda va joriy qilinmoqda. Shu bilan birga, yangi mahsulotni elektron modellashning istiqbolli tizimlari loyihalashtirilgan mahsulotni «qaryib» real sharoitlarda ekspluatatsiya qilishni tekshirish imkonini beradi (ya’ni kibermakonda virtual haqiqatda). Ishlab chiqarishga dastlab mahsulotni kompyuter, televizor ekranida «yaratish», so‘ngra vertual haqiqatda «chiniqtirish» va mahsulotni maqullashdan so‘ng, uning buyurtmasi «simlar» orqali tayyorlash uchun zavod-avtomatga berish imkonini yaratadigan real vositalar va imkoniyatlar joriy etilmoqda.