Servis korxonasi ishlab chiqarish menejmentini e’tibori omborxona xo’jaligini tashkillashtirishga qaratilgan bo’lib, u quyidagi ishlardan iborat bo’ladi:
- xizmat ko’rsatish jarayonlarini proporsionalligini, uzluksizligini va bir maromda kechishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish strukturalarini tahlil qilish;
- omborxonalarni tezkor – kalendar ish rejimlarini ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish zahiralari oqimlarini omborxona orqali harakat qilishini hisobga olish va nazoratni tashkillashtirish;
- yuklarni iste’molchilarga tarqatish va yetkazib berishni tashkillashtirish;
- omborxona xo’jaligi ish samaradorligini tahlil qilish.
5.Rahbarni ishlab chiqarish siklini tartibga solish bo‘yicha vazifalari
Rahbar tezkor boshqarishni amalga oshira turib, ishlab chiqarish siklini barcha bo’g’inlarini rostlaydi:
- xizmat ko’rsatish jarayonini, shuningdek uni natijalarini hisobga olishni tashkillashtirish va nazorat qilishni tartibga soladi;
- ishchilar mehnatini tashkillashtiradi, ularni ishchi o’rinlari holatini kuzatib boradi. Agar ish o’rini aloqa zonasida joylashgan bo’lsa va barcha xizmat ko’rsatish jarayoni uchun katta funksional ahamiyatga ega bo’lsa, ish o’rinlari holatini kuzatish o’ta muhim hisoblanadi;
- ishchilar tomonidan o’z majburiyatlarini sifatli bajarilishini qo’llab-quvvatlab turadi;
- bir bo’linma ichidagi ishchilar va turli bo’linmalar ishchilari o’rtasida samarali kommunikasiyalarni saqlab turadi;
- ishchilar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshira turib, sifatli xizmat ko’rsatishga erishilishini ta’minlaydi.
6.Ishlab chiqarishni tezkor boshqarish bo‘g‘inlari
Tezkor boshqarishni markazida xizmat ko’rsatishni asosiy bo’g’ini – iste’molchilar bilan o’zaro ta’sir turadi. Bunda personal “yuzma-yuz”, “shu yerda va hozir” tamoyillari bo’yicha iste’molchilarga bo’lgan munosabatlarga yo’naltiriladi. Bu yo’nalishda aniq ishchilar (usta, mutaxassis va boshqalar) va mijozlar o’rtasida avj oladigan o’zaro ta’sir jarayonlari ustidan nazorat amalga oshiriladi. Boshqaruv personalii vazifalariga xizmat ko’rsatish me’yorlariga rioya qilish ustidan nazorat qilish funksiyalari, yuqori xizmat ko’rsatish sifatini quvvatlash, xizmat ishlab chiqaruvchi va iste’molchisi o’rtasida ziddiyatlar yuzaga kelishiga yo’l qo’ymasliklar kiradi.
Qator servis korxonalarida tezkor boshqarishni o’ziga xos bo’g’ini – buyurtmachini yo’qligida ishlarni (ta’mirlash, yasash, tikish, xonalarni yig’ishtirish va boshqalar) tashkillashtirish mavjud. Bu hollarda rahbar bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Joriy va tezkor boshqarishni predmeti xizmatlarni ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan materiallar, xom-ashyo, mahsulotlarni mavjudligini va sarflanishini tekshirishdan ham iborat bo’ladi. Materiallar, xom-ashyo, mahsulotlar har bir servis turida turlicha bo’ladi. Shuningdek, ularni xizmat ko’rsatish jarayonida foydalanishi hajmlari ham bir xil emas. Bu ma’noda masalan, teatr bufeti va katta davolash poliklinikasi va ko’p tarmoqli kasalxona va shunga o’xshashlar foydalaniladigan mateirallarni kunlik me’yori va nomenklaturasi bir-biridan ancha farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |