Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Bar ko‘rinishlari. Barlarni xizmat ko‘rsatuvchi personali



Download 0,51 Mb.
bet83/130
Sana13.02.2023
Hajmi0,51 Mb.
#910617
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

3.Bar ko‘rinishlari. Barlarni xizmat ko‘rsatuvchi personali
Bar – kichkina restoran, ilgari mayxona nomi bilan atalgan. Keng assortimentda har xil ichimliklar sotiladi. Shuning bilan birga barda taomlar, gazaklar, qandolat mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin. Barlarning vazifasi – bu yerga keluvchilarga yaxshi xizmat ko‘rsatish, shinam jihozlangan, chiroyli joyda ko‘ngildagidek dam olish sharoitini yaratish, musiqa, sanoatkorlar chiqishi, videoeshittirishlar tashkil qilish. Assortimentga qarab barlar quyidagi turlarga bo‘linadi: pivo barlari, vino, sut-qatiq, kokteyl-xoll, kokteyl-barlar. Kokteyl-xoll kokteyl-bardan zalining kattaligi, jihozlanishining turli-tumanligi bilan farqlanadi.
Alkogol ichimliksiz barlar paydo bo‘la boshladi. Bunday joylar ommaviy dam olish joylariga aylanadi, har xil kasbga ega yoshlar uchrashadi va alkogolsiz ichimliklarni taklif qiladi. Yaxshi jihozlangan, did bilan bezatilgan, musiqa xizmatining a’lo darajada yo‘lga qo‘yilganligi tufayli bu barlar tezda ko‘zga tashlanadi, yoshlarning sevimli dam olish maskaniga aylanadi.
Salat-barlar – maxsus peshtaxta bilan jihozlangan, ochiq sovutgich vitrinasiga ega. Maxsus idishlarda tayyorlangan har xil salatlar: ko‘k salat, bodring, rediska, pomidor, tuxum, kartoshka, sabzi, qizilcha, ukrop, piyoz, petrushka, karam, shuningdek, go‘sht, baliq, kolbasa, pishloq va boshqalar qo‘yiladi. Alohida idishlarda: yog‘, sirka, gorchitsa, krem, qaymoq, mayonez, shakar, tuz, garimdori beriladi. O‘z didi va ishtahasiga qarab har bir mijoz tegishli mahsulotlardan idishlariga solib oladi. Bu barlar «shved dasturxoni»ning bir ko‘rinishidir.
Ho‘l meva barlari – umumiy ovqatlantirish korxonalarining yangi bir turi. Ijtimoiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan, alkogol ichimliklar iste’molini kamaytirish nazarda tutilgan tadbir sifatida paydo bo‘ldi. Bu xildagi barlar o‘ziga xos usulda binolarda joylashgan bo‘lib, oddiygina jihozlanadi (peshtaxtalar qo‘yilgan, vitrinalarda 15 xilgacha sharbatli ichimliklar, sut kokteyllari, elektro-kofeyniklar, samovarlar). Mijozlar sharbatlardan tashqari choy, kofe ichishlari, restoranning qandolat sexidan keltirilgan qandalat mahsulotlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Sut mahsulotlari barlari – o‘z mahsulot assortimenti bilan boshqalardan farqlanadi. Sut va sariyog‘ kokteyllaridan tashqari barning kundalik taomnomasida buterbrodlar, pishloq, kolbasa, bir necha xil sutli taomlar, quymoqlar, qaymoqli, tvorogli somsalar, un-qandolat mahsulotlari, shirin taom va ichimliklar bo‘ladi.
Disko-barlar – kunduz kunlari kafe sifatida ish olib boradi, kechqurun esa bar xizmatini o‘taydi. Bu yerlarda doimo diskoteka uyushtiriladi. Disko-barlar alohida binolarda yoki mehmonxonalarning yarim yerto‘lalarida faoliyat ko‘rsatadi. Bu barlarda orkestrlar, ashulachi, aktyorlar ishtirokida yoshlarning dam olish kechalari o‘tkaziladi. Tavsiya etiladigan mahsulotlar assortimenti turlichadir: buterbrod, qandolat-shirinliklar va iste’molbop tez hazm bo‘ladigan taomlar.
Ekspress-barlar (bir zumda xizmat qilish)–savdo markazlarida, mehmonxona va vokzallarda faoliyat ko‘rsatadi. Mahsulotlar assortimenti bar vazifasiga mos tushishi kerak: buterbrodlar, qiymalangan go‘shtlar non betiga qo‘yilgan taomlar, har xil qandolat va sut mahsulotlarini taklif qiladi. Tik turib ovqatlanib ketadigan barlarda taom assortimenti cheklangan bo‘ladi. Bular – bifshtekslar, langetlar, parranda go‘shtidan tayyorlangan ovqatlar, chanqov-bosdi ichimliklar, sharbat, kokteyl, kofelar beriladi.
Pivo barlari – maxsus joylarda pivo qo‘yib sotiladi yoki shishalarda beriladi. Qo‘yib sotiladigan pivolar maxsus idishlardan yoki ishlab chiqargan zavod avtotsis-ternasidan bevosita avtomatlar orqali qo‘yib sotilishi mumkin. Savdoda mevali va mineral suvlar bo‘lishi tavsiya qilinadi. Hisob-kitob ofitsiantlar cheki orqali, o‘z-o‘ziga xizmat qilish joylarida bufetchi yoki sotuvchiga to‘lanadi.
Vino barlari – mehmonxonalar, restoran, kafelar qoshida faoliyat ko‘rsatadi. Yengil ovqatlantirish ham mumkin, vaqti cheklangan, shoshilgan odamlar tez tamaddi qilib ketishi uchun juda qulay joy hisoblanadi. Bunday barlar yirik restoranlar ichida joylashgan bo‘lsa, do‘stlar bilan uchrashish, mehmonlar kutish, suhbatlar qilishi choy yoki kofe ichib ketishi mumkin.
Gril-barlar – savdo markazlarida, shahar ichida, dam olish joylarida, odamlar gavjum magistrallarda, restoranlarda joylashgan bo‘ladi. Gril-barda mijoz tanisq va noyob taomlarni olishi mumkin. Bu yerdagi taomlar assortimenti mijozning tezlik bilan ovqatlantirishiga imkon beradi. Bu barlarda eng ko‘p tarqalgan taomlardan qovurilgan baliq, jo‘ja, kabob, bifshteks bo‘ladi. Gril-barlarda taom mijozning ko‘z oldida tayyorlanadi. Gril-barlarda bar peshtaxtalari ro‘parasida stolchalar yoki uzun kursilar qo‘yiladi. Peshtaxtaning ichki tomonida sotuvchi xizmat qiladi. Taomni chala tayyor mahsulotlardan uning o‘zi tayyorlaydi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish