Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


Hozirgi davrda ta’lim mazmunini qayta qurish muammolari



Download 3,25 Mb.
bet94/414
Sana31.12.2021
Hajmi3,25 Mb.
#206851
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   414
Bog'liq
Умумий педагогика мажмуа экалогия

Hozirgi davrda ta’lim mazmunini qayta qurish muammolari

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Kadrlash tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish” vazifasini qo‘ydi. Ta’lim mazmunini milliylashtirish bu ta’lim mazmunini milliy ruh bilan boyitish demakdir. O‘tmish allomalarimiz tomonidan yaratilgan bebaho madaniyatimiz, tariximiz, ma’naviyatimiz boyliklarini ta’lim mazmuniga kiritish va shu yo‘l bilan kelajak avlod milliy va umuminsoniy ruhda tarbiyalashni amalga oshirish hozirgi kunning vazifasidir. Shu vazifa asosida DTS yaratilda. Darsliklarnning yangi avlodi yaratildi.

Boshlang‘ich ta’limning mazmuni hozirgi ilmiy ma’lumotining negizini quradi, so‘ngra o‘quvchilar bu bilimlarni maktabning o‘rta va yuqori sinflarida oladilar. O‘quvchi kelajagi, uning aqliy o‘sishi, qiziqishlari va o‘qishga munosabati, keyinroq esa mehnat faoliyatiga ham ko‘p jihatdan maktabdagi boshlang‘ich ta’limning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi.

Boshlang‘ich ta’limga hisoblash, yozish o‘qish yuzasidan oddiy ko‘nikmalar beriladigan maktab deb eskicha qarash kichik yoshdagi o‘quvchilarning rivojlanishi imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Aksincha o‘ylash ham, ya’ni boshlang‘ich maktabning vazifasi-Bolaning aqlini o‘stirish, unda muayyan aqliy ish harakatlarini va fikrlash operatsiyalarini shakllantirishdir, deb hisoblash ham noto‘g‘ri. Afsuski, bunday an’ana ba’zi bir psixologik tadqiqotlarda uchraydi. Boshlang‘ich ta’limning mazmuni o‘quvchilarga matematika, ona-tili, tabiatshunoslik, adabiyot va san’atga doir boshlang‘ich ilmiy ma’lumotlar berish vazifasini bajaradi. Bu bilimlar yaxshi o‘zlashtirilishi kerak, shundagina ular o‘rta va yuqori sinflarda o‘tiladigan o‘quv materialini chuqurroq o‘zlashtirish uchun asos bo‘la oladi. Hisoblash, o‘qish, yozish,ashula aytish, rasm solish, kuzata bilish, darsda diqqat bilan o‘tirish, turish,o‘z o‘quv ishini to‘g‘ri tashkil eta bilish kabi ko‘nikmalarini hosil qilmay turib, boshlang‘ich talimni o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Boshlang‘ich sinflardagi talim aqlan rivojlantirish vazifasini ham o‘z ichiga oladi. Hozir bu ishga maxsus o‘quv vazifasi deb qaralmoqda. Kichik yoshdagi o‘quvchilar, oladigan bilim, malaka va ko‘nikmalar ularning aqlini, bilish qobiliyatlarini har xil darajada o‘stirish, fikrlash faoliyatlarining har xil tarzda borishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa oqibatda o‘quvchi aqlining umumiy o‘sish darajasini belgilab beradi. O‘quv materiali Bolalarni axloqiy, ma’naviy idealli va his tuyg‘uli kishilar qilib tarbiyalashni ularda dialektik-materialistik dunyoqarashni shakllantirishni nazarda tutadi. O‘quv materialini o‘rganish kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun shaxs va uning iroda sifatlari tarbiyalanadigan yangi faoliyat turidir. Boshlang‘ich ta’limning mazmuni o‘quvchilarni aqliy, axloqiy, mehnat estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga yordam beradi. Ta’limning mazmuni asosan uchta normativ hujjatda o‘quv rejasi, dasturi, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda aks etadi. Maktabning o‘quv rejasi o‘quv predmetlarining tarkibini, ularni qaysi o‘quv yilida o‘rganish tartibi va izchilligini, har bir predmet uchun ajratilgan (bir yilga va o‘quv haftaligiga) darslar sonini belgilaydi. O‘quv predmeti-o‘quvchilarga fanning asosiy boshlang‘ich qoidalarini yoki madaniyat, mehnat ishlab chiqarishning muayyan tomonlarini o‘z yoshlariga va saviyalariga yarasha ma’lum darajada chuqur o‘rganish va o‘zlashtirish imkonini beradigan ilmiy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar tizimidir. O‘quv predmetining mazmuni kelajakda hozirgi zamon fanini egallash imkoniyatini beradi. O‘quv predmeti insoniyat tajribasining ma’lum qismini aks ettiradi va tegishli bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Falsafiy, ijtimoiy hamda tabiiyot fanlari o‘quv predmetlarining mazmunida hal qiluvchi omildir. Lekin hozirgi zamon fanini butun murakkabligi bilan o‘rganish o‘quvchiga qiyinlik qiladi.Shuning uchun fandan o‘quvchiga tushunarli bo‘lgan va fanning asosiy qoidalarini o‘zlashtirishga imkon beradigan, o‘n yillar davomida o‘zgarmaydigan materiallarni tanlab olish zarur. Fan doim rivojlanib boradi va shu rivojlanish jarayonda ba’zi bir qoidalar eskiradi, o‘z kuchini yo‘qotadi, ishdan chiqadi, yangi talqin va izohlar paydo bo‘ladi. Lekin fandagi bilimlarning butun harakat tizimi tayanadigan ba’zi bir asosiy nazariy qoidalar(masalan, mamavzutikada sonlarning natural qatori, arifmtikada 4 amal va boshqalar) doimo saqlanadi. Fandagi asosiy qoidalarning ma’lum darajada barkamolligi o‘quv materialini mazmunini, uning uzoq vaqt o‘zgarmasligini, turg‘unligini belgilaydigan hal qiluvchi omil bo‘lib kelmoqda.


Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish