42-Mavzu. Axborotlar globallashgan davrda o`quvchi-yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish
O`quvchi-yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirishning konseptual asoslari.
O`quvchi-yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish texnologiyasi.
O`quvchi-yoshlarda axboriy madaniyatini shakllantirishda elektron ta`lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlari.
O`quvchi-yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirishning konseptual asoslari.
O`quvchilarning axboriy madaniyatini shakllantirish yangi ta`limiy qadriyat sifatida. Ta`lim tizimida yuz bergan innovatsion o`zgarishiar jarayoni mutaxassislik ta`limi tizimining oldiga -bo`lajak tarbiyachilarni tayyorlashda turli xii o`zgartirishlar kiritish, tarbiyachilarning axboriy madaniyatini shaklantirishda xi3ma-xil yangiliklarni kiritish kabi talablami qo`ya boshiadi. Axboriy madaniyat mutaxassis shaxsini innovatsion faoliyatga axborot texnologiyalari asosida rivojlantirishning shaxsiy, nazariy va amaliy birligini aks ettiradi. «Axboriy madaniyat» tushunchasi asosida shaxsning axboriy jihatdan shakllanganligining uchta asosiy dara-jasi ajratib ko`rsatiladi: umumiy (bazaviy), professional (kasbiy) va yuksak (mazmunli-qadriyatli). Shaxsda axboriy madaniyatning shakllanganligini mazkur darajalari aniq mezonlarni tanlash va shaxsiy rivojlanganlik ko`rsatkichlari bilan bog`liq.
O`quvchining axboriy madaniyat tizimidagi kognitiv-operatsion va tashkiliy tarkibiy qismlari universallik, axboriy faoliyatning fanlararo aloqadorligi, shuningdek, insonning turli xil faoliyat tizimidagi umumlashgan tavsifini aks ettiruvchi kompyuter savodxonligi bilan belgilanadi. Axboriy madaniyat mazkur holatda metodik jihat bilan bog`liqlikda namoyon bo`ladi.
Kasbiy (amaliy) tarkibiy qism o`quvchi shaxsining mutaxassislik faoliyatida namoyon bo`luvchi axboriy faoliyatning o`/.iga xosligi, mutaxassislik bilan bog`liqlikda axborotlarni izlab topish, tanlash va foydalanish kabi jihatlarni o`zida aks ettiradi.
Kommunikativ va dunyoqarashga oid tarkibiy qismlar -integrativ, sintetik, informatsion faoliyatning ko`p funktsionalligi; lining fanlararo va universalligi kabi mezonlar bilan aniqlanuvchi shaxsning yuqori axboriy madaniyat darajasini (mazmunli-qadriyatli) aniqlab beradi. Axboriy faoliyat mazkur holatda strategik jihat bilan bog`liqlikda namoyon bo`ladi.
XXI asrda ta`lim tizimi oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri shaxsning axboriy madaniyatini shakllantirishdan iborat. Aynan 1999 yilda XXI asr «Texnik-mutaxassislik ta`Iimi» kongressi tomonidan - «Bilimlar, axborotlar va tsivilizatsiya erasi» sifatida tan olindi.
Mazkur jarayonda o`quvchilarning axboriy madaniyati tez o`zgaruvchan axboriy jamiyatda muvafaqqiyatli moslashuv va samarali ta`sir ko`rsatishga imkon beruvchi nazariy va amaliy bilim, ko`nikma va malakalarni egallashni shart qilib qo`yadigan shaxsning integrativ xususiyati sifatida ko`rib chiqiladi. Ana shu nuqtai nazardan axboriy madaniyat o`zida motivatsion, kognitiv va operatsion tarkibiy qismlarning o`zgaruvchan jarayonlarini namoyon etadi:
1-bosqich - o`quvchi axboriy madaniyatining motivatsion tarkibiy qismini tarkib toptirishga yo`naltirilgan. Ushbu bosqichning maqsadi - o`quvchilarda yangi axborot texnologiyalarini o`rganishga bo`lgan qiziqishni, ehtiyojni shakllantirish hisoblanadi. Ushbu bosqichning maqsadini amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan bo`ladi:
1) o`quvchilarni asosiy tushunchalar («axboriy madaniyat,
axborot texnologiyalardan foydalanishga tayyorgarlik) va
mutaxassislikning o`ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;
2) o`quvchilar bilan hamkorlikda ularni bo`lajak mutaxassislik
faoliyatidagi bilimlarini nazariy va amaliy jihatdan mukammal
o`rganib chiqishga yo`naltirgan holda o`quvchilar axboriy
madaniyatining dastlabki darajasini ) aniqlash; o`quvchilardagi
axboriy madaniyatning shakllanganligini - kollejda muvvafaqiyatli
o`qish bilan birga bo`lajak mutaxassislik faoliyatida o`z-o`zini
namoyon etish sifatida anglatish;
Ikkinchi bosqich - o`quvchini axborotlashgan jamiyatda faoliyat ko`rsatish va o`z faoliyatini zamonaviylik bilan bog`liqlikda boshqara olishni to`liq anglab olishini taqozo etadi. Bunday yondashuv - o`quv axborotini tanlash, o`quvchilar axboriy madaniyatini shakllantirishni faollashtirish va uning axborotlashgan jamiyatda kasbiy moslashuvni ta`minlash nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichning maqsadi - o`quvchilarning o`quv-biluv va kasbiy faoliyatida axboriy madaniyatini shakllantirishga yo`naltirilgan quyidagi analitik, prognostik, texnologik, shuningdek, tashkiliy ko`nikmalar majmuini tarkib toptiradi:
l)avval tajribalarda egallangan nazariy, metodik, amaliy bilimlarni mustahkamlash;
2)o`quvchilarda jamiyatni axborotlashtirish sharoitida faoliyat maqsadi va vazifalarini aniqlay olish ko`nikmalarini shakllantirish; 3)o`quvchilarning o`quv va o`qishdan tashqari faoliyatda egallangan bilimlaridan mustaqil va ijodiy tarzda foydalanishga bo`lgan intilishlarini faollashtirish;
3-bosqichda o`quvchining bo`lajak kasbiy faoliyatga tayyorgarligini shakllantirish, shuningdek, yuqorida ta`kidlangan axboriy ko`nikma va malakalarni egallash jarayoni amalga oshadi. Ushbu bosqichning mazmunli komponenti o`zida bo`lajak mutaxassisning axborotlashgan jamiyatda shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur bo`lgan bilimlar hajmini birlashtiradi. Shuningdek, mazkur bosqich bo`lajak pedagogning ta`limning yakuniy bosqichida o`z-o`zini reallashtirishga yo`naltirilgan. Ta`limning ixtiyoriy bosqichidagi faollashtirish jarayoni: ta`lim yo`nalishining o`quv rejasi, texnologiyani tanlash, ta`lim mazmuni kabi tarkibiy qismlarga bog`liq bo`ladi. Va shu vaqtning o`zida ushbu yondashuv biroz eskirgan bo`lib, faollashtirish jaraypnini rejalarni tuzishdan etnas, balki bo`lajak mutaxassisning shakllanishida axborot maydonini loyihalashdan boshlash lozim. Mazkur jarayonda loyihalash muvofiqlik, to`liqlik, maqsadga yo`nalganlik, kasbiy yo`nalganlik; tizimlilik, ta`limning umumpredmetli natijalarining yetakchi o`rinni egallashi; qulaylik, o`quvchi axboriy madaniyatini shakllantirishda nazariya va amaliyotning birligi kabi tamoyillarga asoslanishi kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |