Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


O‘quv – biluv faoliyatini boshqarish nazariyalari



Download 8,65 Mb.
bet78/306
Sana03.01.2022
Hajmi8,65 Mb.
#314824
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   306
Bog'liq
PKA majmua MAGISTR

O‘quv – biluv faoliyatini boshqarish nazariyalari.

1. Talabaning o‘quv-biluv faoliyati, bilim o‘zlashtirishining sifati quyidagi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bosqichlardan iborat:

- o‘quv vazifasini to‘la idrok etish;

- o‘quv vazifasini anglash, o‘quv elementlarining muhim belgilari va aloqalarini umumlashtirish;

- o‘quv materialini esda saqlash, aytib berish;

- bilib olinganlarni amaliyotda va boshqa o‘quv vazifalarini bajarishda qo‘llash.

2. O‘quv-biluv faoliyatini boshqarish zarurligi insonning bilimni (o‘quv-vazifasini) o‘zlashtirish xususiyatidan kelib chiqadi. Ayrim talabalar o‘quv materialini idrok etishlari bilan-oq, ya’ni o‘zlashtirishning quyi darajasida 0,5 koeffitsientida (K-I=0,5 bo‘lganda) yoq “bilib oldim” deb hisoblaydilar, aldanish sodir bo‘ladi va bunda talabaning keyingi o‘quv-biluv faoliyati samarasiz bo‘ladi. SHuning uchun ham mo‘ljallangan barcha ish harakatlarni talaba to‘liq bajarganini, o‘zlashtirish sifatini nazorat qilib borish, bajarish amallarida yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida tuzatib borish zarur.

3. Bilim o‘zlashtirish jarayonini boshqarishning eng oddiy usuli o‘zlashtirish sifatini test savollari (topshiriqlari) vositasida vaqti-vaqti bilan nazorat qilib, tekshirib borishdir: har bir mavzuni o‘rganayotganda nazorat vaqti va usuli (test, amaliy ish kabilar) oldindan belgilab qo‘yilishi ya’ni o‘quv jarayonining natijasi standartlashtirilishi, shu bilan birga o‘qituvchining ijodiy ishlash imkoniyati ham saqlanishi lozim.

4. Bilim o‘zlashtirish jarayonida talaba bajaradigan ish-harakatlar turli ta’lim nazariyalariga binoan o‘qituvchining tushuntirishi yoki darslikdagi ko‘rsatmaga asoslanadi. O‘qituvchi qaysi nazariyaga asoslanayotganini, ko‘pincha, o‘zi aniq ayta olmasligi mumkin. Pedagogika, psixologiya fanlarida quyidagi ta’lim nazariyalari mavjud:

- rivojlantiruvchi ta’lim;

- muammoli ta’lim;

- dasturlashtirilgan ta’lim;

- o‘quv faoliyatini faollashtirish nazariyasi;

- aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi;

- bixeviorizm ta’limoti;

- oddiy muloqot nazariyasi va boshqalar.

Zamonaviy ta’lim nazariyalarini tahlil qilish va taqqoslash o‘quv-biluv faoliyatining umumiy formulasini aniqlashga imkon beradi.

5. O‘quv-biluv faoliyatining umumiy formulasi o‘zlashtirishning (ta’limning) turli nazariyalari va faraziyalariga binoan bajariladigan izchil harakatlar tizimidan iborat, ya’ni bo‘lak-bo‘lak o‘quv-biluv harakatlarining izchilligi – shu nazariya asosida bajarish algoritmini hosil qiladi.

O‘quv-biluv harakatlarini bajarish algoritmining har bir qismi o‘quv jarayonida o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha qat’iy qoidalarga binoan bajariladigan izchil harakatlardir. Harakatlarning har bir qadami (bo‘lagi) va shu qadamning mazmuni bilim o‘zlashtirish jarayoni asoslanadigan nazariyaga bog‘liq. Bilim o‘zlashtirish nazariyasini tanlash usuli va sifat mezoni – o‘qituvchining o‘qitish faoliyati uchun mo‘ljal bo‘lib, uning pedagogik texnologiyasi (mahorati)ni tavsiflaydi. 26

Quyida ta’lim nazariyalaridan ikkitasini (aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini va bixeviorizm ta’limotini) algoritmlar shaklida ifodalab keltiramiz.

6. Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasiga ko‘ra bilim o‘zlashtirish jarayoni talabaning o‘quv-biluv faoliyati sifatida qaraladi, aqliy harakatlar (amallar) shaklida ijro etiladi, u har bir mashqda (o‘quv vazifasini bajarishda) bitta yoki bir nechta aqliy amallardan iborat bo‘lib, ma’lum izchillikda bajariladi:

a). Bilim o‘zlashtirish paytida talabaning dastlabki mo‘ljal harakati (M.H.) bajariladigan o‘quv ishining qoida, usullarini va shu qoidaga binoan o‘quv vazifasini bajarishni mo‘ljallab olishdan iborat.

Ta’lim nazariyasida o‘quv vazifasini bajarish uchun aqliy amallar (harakatlarni) qanday tartibda, qaysi izchillikda bajarish tavsiya etiladi (maxsus kartochka yoki qo‘llanmada). Bu kartochkalar (qo‘llanmalar) yordamida talaba aqliy amallarni bajarib, o‘quv materialini o‘zlashtira boradi. Aqliy harakatlarni bu tariqa moddiylashtirish darslikda matn, karta, sxema tarzida berilishi ham mumkin.

b). Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasida talabaning ijrochilik faoliyati (I.F.) o‘quv-biluv harakati turli shakllarining izchil, bosqichma-bosqich almashinuvi shaklida bo‘ladi, ya’ni tashqi moddiy harakatlar (M.H.)dan boshlanib, ichki va tashqi nutq (N.) orqali, aqliy harakatlar (A.H) shaklida tashkil etiladi, boshqariladi. Algoritmik harakatlarning bu ko‘rinishini matematika tilida quyidagicha ifodalash mumkin: IF=MH+N+AH.

7. Bixeviorizm ta’limotiga ko‘ra bilim o‘zlashtirishning umumiy formulasi tubandagicha: S → R → P.

Bunda, S-stimul, harakat qilishga undovchi sabab yoki harakat qilish lozim bo‘ladigan vaziyat, ya’ni o‘quv vazifasini bajarishning shartlari, savol, signal kabilar stimul bo‘lishi mumkin.

R – reaksiya, ya’ni stimulga javob harakati, savolga javob berish, shart bo‘yicha masalani echish, jismoniy harakat kabilar reaksiya hisoblanadi.
R – javob harakatining to‘g‘rilligini ma’qullash, rag‘batlantirish, ish-harakat to‘g‘ri bajarilganini tasdiqlash, bu, moddiy yoki ma’naviy rag‘batlantirish yo‘li bilan bildiriladi. Bixevioristlarning fikricha bolaga ta’lim berayotganda og‘zaki ma’qullash, baho (ball) qo‘yish; bosh, qo‘l, ko‘z harakati bilan tasdiqlash kabilar shunga kiradi.

R-ma’qullash, rag‘batlantirish bixevioristlar hayvonlar ustida tajriba o‘tkazib ishlab chiqqan o‘zlashtirish formulasida juda muhim hisoblanadi. Hayvonlarga turli harakatlarni bajarishni o‘rgatishda u juda qo‘l keladi. Lekin insonga nisbatan bu xulosani absalyutlashtirishga ayrim olimlar shubha bilan qaraydilar. SHunga qaramay bixevioristlarning ta’lim jarayonida har bir amal bajarilishini nazorat qilib va ta’lim etaplarida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatib borish zarurligi haqidagi xulosalari ta’lim nazariyasi va amaliyoti uchun muhimdir. Bu xulosani ular ta’lim prinsipi darajasigacha ko‘taradilar. SHu qoida asosida ular dasturlashtirilgan ta’lim metodikasini ishlab chiqdilar. Unga ko‘ra har bir o‘quv matnini quyidagi qoidaga binoan tuzishni taklif etadilar:

- S – R birikmasi (birligi)da esda qoldirish uchun o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga ajratish;

- o‘quv elementlarini faoliyatda (harakatda)gi har hil ko‘rinishlarda qarab chiqish ya’ni shu o‘quv matnidagi barcha birikmalarni aniqlash;

- nazorat – tuzatish amali yordamida javob harakati to‘g‘riligini aniqlab darhol ma’qullash, rag‘batlantirish;

- har xil mashqlarni ko‘p bajartirish, takrorlash yo‘li bilan S – R birikmasini talaba o‘zlashtirishning yuqori koeffitsienti (kamida K=0,95) darjasida egallashiga erishish.




Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish