Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi



Download 8,65 Mb.
bet36/306
Sana03.01.2022
Hajmi8,65 Mb.
#314824
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   306
Bog'liq
PKA majmua MAGISTR

K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari pedagogika tarixida o‘zining chuqurligi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushinskiy ta’limni bolalarning psixologik jihatdan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olishni va ular psixologiyasining xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etish kerakligini talab qildi.

Ushinskiy xotira bilan esda saqlab qolish to‘g‘risida gapirib, unutishning oldini oladigan tez-tez takrorlash yo‘li bilan tarbiya oluvchilarda o‘z xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak, deb ko‘rsatdi. U darsda ko‘rsatmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berib, psixologik nuqtai nazardan ko‘rsatmali ta’limni mohiyatini yoritib berdi.

Ushinskiy ko‘rsatmali ta’lim tamoyillarini nazariy jihatdan ishlab chiqishga va uni amalda tatbiq etishga doir juda ko‘p qimmatli fikrlar kiritdi. Ushinskiy o‘qitish jarayonida ko‘rsatmali ta’limga munosib o‘rin berdi: u ko‘rsatmali ta’lim o‘quvchilarning rivojlanishini ta’min etadigan shartlardan biridir, deb bildi.

Ushinskiy bolalarning o‘quv materialini anglab, puxta va mustahkam o‘zlashtirishi tamoyiliga katta e’tibor berdi. U bu tamoyillarni tushunish va tatbiq qilishda o‘zidan ilgari o‘tgan pedagoglarga nisbatan ko‘pgina yangiliklar kiritdi. Masalan, o‘quv materialini takrorlash to‘g‘risida batafsil metodika ishlab chiqdi.

Ushinskiy ta’lim yo‘nalishida ikki yo‘nalish borligini qayd etdi. Birinchi yo‘nalish bolalar o‘qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil qiladilar. Ikkinchi yo‘nalishda olingan bilimlar umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.

Ushinskiy maktabning ikki xodimi: murabbiy bilan o‘qituvchi o‘rtasida tarbiya va ta’lim (funksiyasini) jarayonini bo‘lib qo‘yishga qarshi norozilik bildirdi. U ta’limni tarbiyaning eng muhim vositasi deb hisobladi.

Ushinskiy o‘zining pedagogik tizimida dars hamda ta’lim metodiga katta ahamiyat berdi.

Darsda mashg‘ulotlar turlicha bo‘lishi mumkin: yangi bilim berish, o‘quvchilarning mashqlar bajarishi, o‘tilganlarni takrorlash, o‘quvchilarning bilimini hisobga olish, o‘quvchilarning yozma ishlarni bajarishlari. Har bir dars ma’lum maqsadga qaratilgan, tugallangan bo‘lishi va etarli darajada tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lishi lozim. Ushinskiy mashg‘ulotlarni almashtirib va metodlarni xilma-xil qilib turishni tavsiya qildi.

Ushinskiy bolalarda mustaqil ishlash qobiliyatini o‘stirishga e’tibor berib, o‘qituvchi maktabga yangi kirgan bolalarga darsda mustaqil ishlashning to‘g‘ri usullarini o‘rgatishi kerak, bolalar to mustaqil ishlash malakalarini mustahkam o‘zlashtirib olmaguncha, ularga uyga vazifalar berish yaramaydi, deydi.

Ushinskiy «Rus tilini dastlabki o‘qitish» (1864) sarlavhali maqolasida bir qancha qimmatli metodik ko‘rsatmalar berdi. Uning fikricha, o‘qitishning uchta vazifasi bor: 1) bolaning nutqini o‘stirish; 2) bolalarni rus tilinining boyligidan ongli suratda foydalanishga o‘rgatish va 3) tilning mantiqini (grammatikasini) o‘zlashtirish. Bu uch vazifa bir vaqtda birlikda bajariladi.

Rossiyada o‘qishga o‘rgatishda tovush metodini joriy qilish va keng tarqatishda Ushinskiyning xizmati katta bo‘ldi.

Ushinskiy o‘qituvchilarning roliga yuksak baho berib, «pedagogning o‘quvchilarga ta’siri shunday tarbiyaviy kuchga egadirki buni hech qanday ustav va dastur bilan, o‘quv yurtini har qancha qulay tashkil etish bilan almashtirib bo‘lmaydi», deb hisoblar edi. U «¾ tarbiya ishida murabbiyning shaxsi eng asosiy narsa», deb yozgan edi.

Ushinskiy pedagogika o‘qituvchilari va o‘rta maktab o‘qituvchilari tayyorlaydigan pedagogika fakultetlari to‘g‘risidagi fikrni olg‘a surdi. U bunday deb yozgan edi: bizda meditsina fakultetlari bor-u, pedagogika fakultetlari yo‘q ekan, bu shuni ko‘rsatadiki, biz axloqiy va tarbiyaviy sog‘lig‘imizga qaraganda tanamiz sog‘lig‘ini ko‘proq qadrlar ekanmiz. Uning bu fikri so‘nggi yillarda amalga oshdi.

K.D.Ushinskiyning xizmati shundaki, u o‘z vataniga, o‘z xalqiga xizmat qilishni pedagogik faoliyatining asosiy burchi deb hisobladi. K.D.Ushinskiy ilmiy-amaliy pedagogik faoliyatining asosiy g‘oyasi va yo‘nalishi ham yuqoridagi mehnatlari bilan bevosita bog‘liqdir. K.D.Ushinskiy pedagogikaning o‘ziga xosligini, milliy xususiyatlarini himoya qildi, shuningdek, tarbiya xalqchil bo‘lishi lozim, deb hisobladi. K.D.Ushinskiy mehnatga inson baxt-saodatining asosiy sifatida qaradi, bolalarni mehnat orqali tarbiyalashga katta e’tibor berdi. Ushinskiy ta’limotining mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini ishlab chiqishda ham ko‘p ishlar qildi. U ta’limni va uning ko‘rsatmaliligini, ongli va uzviy ta’lim-tarbiya masalalarini ishlab chiqdi. O‘qitish shakl va metodlarining rang-barangligiga erishishni talab etdi.

K.D.Ushinskiy o‘qituvchining mehnatini va uning tarbiyalanuvchi shaxsga ta’sirini yuqori baholadi. Ushinskiy o‘qituvchilar tayyorlash tizimini birinchi marta ishlab chiqdi.

Ushinskiy boshqa xalqlarning ham pedagogikasi va xalq maktablari taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

1895 yilda Ushinskiyning vafotiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan bo‘lgan yig‘ilishda, uning ishini davom ettiruvchilardan biri, Modzalevskiy aytib o‘tganidek, «Xuddi Lermontov — bizning xalq olimimiz, Suvorov — bizning xalq lashkarboshimiz, Pushkin — bizning xalq shoirimiz, Glinka — bizning xalq kompozitorimiz bo‘lganidek, Ushinskiy ham — bizning haqiqiy xalq pedagogimizdir» deganda haq edi.


Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish