Xalqaro standartlashtirish tizimlari mavjud bo‘lib, ISO ulardan biri hisoblanadi.
ISO atamasi yunon tilida “teng”, “ekvivalent” degan ma’nolarni anglatuvchi “Isos” so‘zi bilan ohangdosh bo‘lib, ingliz tilidagi “International Organization for Standartization” so‘zlarining qisqartmasidir.
ISO — jahondagi 162 ta davlatning milliy standartlar institutlari tarmog‘ini qamrab oluvchi xalqaro standartlashtirish tizimi bo‘lib, uning bosh qarorgohi Jeneva (SHveysariya) shahrida joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yildan buyon mazkur xalqaro tashkilotning teng huquqli a’zosi hisoblanadi.
Hozirgi kunda jami bo‘lib 1,0 mln.dan ortiq korxona va tashkilotlar, muassasalarda sifat menejmenti ISO talablari asosida tashkil etilgan.
Ta’lim sifatini oshirish tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish, ta’lim tizimini boshqarishning samarali tartibini joriy qilish, ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirishni talab etadi.
Boloniya jarayoni – Evropa davlatlari ta’lim tizimini yagona ta’lim xududida o‘zaro yaqinlashtirish va takomillashtirish jarayonidir.
Bu tizimni maqsadi, Evro xududda ta’lim sifatini oshirish va butun dunyoda raqobatbardoshlikka erishish.
Boloniya jarayonining asosiy bosqichlari
Sorboniya kelishuvi, may 1998 (Fransiya, Germaniya, Buyukbritaniya, Italiya)
Bolonya kelishuvi, 1999 y, iyun 29 mamlakat
Parij kelishuvi, 2001 y. may 33 mamlakat
Berlin bitimi, 2003 y. sentyabr 40 mamlakat (Rossiya)
Bergen bitimi, 2005 y. sentyabr 45 mamlakat (Ozarbayjan, Armeniya, Gruziya, Moldova, Ukraina)
London, 2007 y. may 46 mamlakat (CHernogoriya)
Leven (Belgiya), 2009 y. aprel
XX asrda Evropani mu’tadil emasligi, 2 ta jahon urishi, turli qarashlar ta’lim bo‘yicha dunyodagi liderligini yo‘qotishga olib keldi. Bu joyni AQSH mustahkam egalladi.
BJST ning baho berishicha, halqaro ta’lim bozoridagi yillik pul aylanishi– 50-60 mlrd. AQSH. doll.
AQSH ni ulushi yaqin 25%, Buyukbritaniya – 15%, Germaniya va Fransiya 10% dan. SHuni alohida takidlash kerakki, so‘ngi yillarda Tayvan, Gonkong, Avstraliya, YAngi Zelandiya; Xitoyni (880 mln. doll. 2008 y.) ulushi oshib bormoqda.
Rossiya – xorijlik talabalarni o‘qishidan yiliga– 100 mln. doll. daromadga ega bo‘lgan. Xorijlik talabalar Rossiyalik talabalarning 1% ni tashkil etadi.

Do'stlaringiz bilan baham: |