Ta`lim mazmunini shakllantirish tamoyillari.
Ma`lumki, ta`lim mazmuni insonni o`qitish jarayonida egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar hajmi hamda harakteri bilan belgilanadi. SHu sababli ham ta`lim mazmuni rejalashtirilgan maqsadga muvofiq holdagi yo`nalish va hajm bo`yicha shakllantiriladi. U tegishli me`yoriy hujjatlar: ta`lim standartlari, o`quv reja, o`quv dasturlari shaklida rasmiylashtirilib, o`rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Ta`lim mazmunini to`g`ri belgilanishi hamda unga zarur o`zgartirishlar kiritishda ta`lim mazmunining yangilanib borish imkoniyatlari, ya`ni ta`lim mazmunini modernizatsiya qilishni ham e`tiborga olish lozim. Belgilangan mazmun asosida o`quv fanlari, o`quv soatlari, mashg`ulot turlari aniqlanadi va bunda ta`lim mazmuni tomoyillariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |