Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi.
Uzluksiz ta’lim tizimining mazkur bosqichi oliy o‘quv yurtlari va muayyan yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik asosi)da tashkil etiladi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlari (aspirantura, doktorantura) tanlangan ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. Mutaxassislar yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‘ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi va mazkur darajani tasdiqlovchi davlat tomonidan tasdiqlangan diplomga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |