1. Ko‘rsatmalilik tamoyili — Komenskiy ko‘rsatmalilik tamoyilini nazariy jihatdan isbotlab, mufassal bayon qilib berdi. U bu prinsipni faqat ko‘rsatib o‘qitish usuli tariqasidagina emas, balki barcha sezgi organlarini narsa va hodisalarni asosli va yaxshi o‘zlashtirib olishga jalb etish vositasi tariqasida keng ma’noda to‘g‘ri tushunadi.
Ko‘rsatmalilikni o‘qitishning «Oltin qoidasi» deb ataydi. Ko‘rsatmalilik prinsipida: a) bolaga real narsalarni ko‘rsatish, b) dunyoni rasmlar orqali tushuntirish, v) narsalar modelini ko‘rsatish, g) o‘qituvchining so‘zi. Komenskiy «Mir chuvstvenno‘x vehey v kartinkax», ya’ni «Dunyodagi narsalarning rasmlarda aks etishi» asarida o‘qitilayotgan, o‘rganilayotgan narsalarni ushlash, ko‘rish, eyish, hidlash kerakligini aytib, bu o‘rganilayotgan materialni chuqur bo‘lishga va esda uzoq vaqt saqlanishiga olib keladi, deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |