Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazani modernizatsiya qilish, shu jumladan ular uchun yangi o‘quv binolari va talabalar turar joylarini qurish.
1. Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish.
2023-yil 1-fevral
Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari, Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar
2. Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish.
2023-yil 1-mart
3. Xatlov natijalariga ko‘ra moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatgan holda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
2023-yil 1-aprel
21.
Ta’lim jarayonida IT-texnologiya infratuzilmasini rivojlantirish.
1. Mavjud lokal va optik tolali tarmoqlarni xatlovdan o‘tkazish.
Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov)
2. Xatlov natijalaridan kelib chiqib hamda texnik topshiriq asosida tarmoq jihozlarini xarid qilish va o‘rnatish.
2023-yil 1-mart
3. O‘quv jarayonida foydalanish uchun litsenziyalangan dasturiy ta’minot mahsulotlarini xarid qilish.
2023-yil 1-aprel
22.
Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv binolarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash.
1. Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari binolarining texnik holatini o‘rganib chiqish.
2023-yil 1-yanvar
Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari, Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(A. Boboyev), Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari
2. Olingan texnik xulosalarga asosan pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining binolarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
2023-yil 1-fevral
3. Obyektlarni rekonstruksiya qilish ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
2023-yil 1-mart
4. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan ishlarni O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taklif kiritish.
2023-yil 1-aprel
23.
Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv laboratoriyalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi talablarga muvofiq tashkil etish.
1. Laboratoriya xonalarini tayyorlash va jihozlash.
2023-yil 1-aprel
Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari
Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov), Xalq ta’limi vazirligi
(B. Saidov)
2. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish.