Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


II BOB. BIBLIOGRAFIK ISH TUSHUNCHASI, UNING KELIB CHIQISHI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI



Download 75,24 Kb.
bet16/23
Sana31.12.2021
Hajmi75,24 Kb.
#219846
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
nargiza kurs ishi

II BOB. BIBLIOGRAFIK ISH TUSHUNCHASI, UNING KELIB CHIQISHI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI.

2.2 Bibliografiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot.


„Bibliografiya“ so‘zi birinchi marta Qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda biblion—„kitob“, grapho—„yozaman“ degan ma’noni anglatadi. Kitob nashr etish ishi boshlangunga qadar bu tushuncha kitobni yozish,

ko‘chirib yozish ma’nosida qo‘llanilgan. U vaqtlarda kitobni yozish va ko‘chirib yozish qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan. Bu ishni bajarganlarni bibliograflar deb atashgan. O‘sha paytda bibliograflardan alohida mukammal bilim talab etilmasdan, faqat yozishni va o‘qishni bilish talab qilingan bo‘lsa-da, bu ish juda

yuqori malakali va istiqbolli ish hisoblangan. Qog‘oz kashf bo‘lgunga qadar O‘rtayer dengizi mamlakatlarida papirus, Mesopotamiyada loy plastinkalardan, Xitoyda iðakdan, Hindistonda palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning qo‘lyozma shakllarini tarqatishgan.

Ikkinchi darajali axborotning qadimgi shakllari yozma madaniyat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, Vizantiyaning bibliografik yodgorliklari, Shumerning bibliografik matnlari, amerikalik tadqiqotchi S. N. Kramerning va boshqa Assuriya madaniyati

namoyandalarining asarlarida tasdiqlangan. Eramizdan oldingi uchinchi ming yillikda yer yuzidagi birinchi kutubxonalar Qadimgi Shumerda paydo bo‘lgan. Shumer xonligidagi kutubxona xodimlari loy-tablichkalardagi klin yozuvlarini katta yopiq qutilarda va savatlarda saqlaganlar. Nishopur saroyida Lagash arxeologlari tomonidan minglab (20000 dan ko‘p) ana shunday loy-tablichkalar topilgan. Ana shunday katta fondga ega bo‘lgan kutubxonalar jamg‘armasidan o‘ziga kerakli tablichkani topishning o‘zi bo‘lmagan. Qadimgi Shumer kutubxonachilari bunday holatdan chiqa bilganlar. Ular har bir qutini yoki savatni alohida o‘ziga xos va undagi materiallar mazmuniga muvofiq nomlar bilan ataganlar. Bunday tartibga solish kutubxonachilik ishidagi birinchi kataloglardir. Bu foydalanuvchiga kutubxonada mavjud hujjatni qidirishga va oson topishga

yordam bergan. Shunday qilib, kutubxona xodimi birinchi bo‘lib kutubxona katalogi ko‘rinishida o‘z kutubxonasida maxsus tablichka-ko‘rsatkichlarni qo‘llash bilan katalog shaklidagi bibliografik axborotni kashf etdi. Keyinchalik kataloglar bibliografik axborotning manbasi sifatida anchagina qadimgi yirik kitob saqlash muassasalariga bo‘ysungan. O‘sha vaqtda Jenevada mavjud bo‘lgan kutubxona katalogi haqidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. U Assuriya shohi Ashshurba Niðalga qarashli bo‘lgan. Bu eramizdan oldingi VI asrga oid juda katta bir qancha

o‘n ming dona loy-tablichkalaridan iborat kutubxona bo‘lib, adabiyotlar, asosan, o‘sha davrga xos grammatika, she’riyat, tarix, huquq, tabiat haqidagi fan, geografiya, matematika va dinga oid edi. Kutubxonaning sistemali katalogi unda ishlaydigan juda katta olimlar va yozuvchilar (xattotlar) guruhi tomonidan

yaratilgan.

Qadimgi Misrdagi Edfu shahrida „Papirus uyi“ nomli kutubxona bo‘lgan. Uning binosi hozirgacha saqlanib qolgan va qo‘lyozmalarning birortasi ham yo‘qolmagan. Bizgacha yetib kelgan katalog yordamida kutubxona fondi haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin. Katalog 2 qismdan iborat: har ikkala qismda turli masalaga oid adabiyotlar ro‘yxati berilgan. 1- qism 12 ta quti, 2- qism 22 ta qutidagi adabiyotlar mazmuni haqida ma’lumot beradi.

Miloddan avvalgi III asrda Ellinistik Misrda Aleksandriya kutubxonasi turli tildagi milliondan ortiq hujjatlar to‘plangan zamonasining gullab-yashnagan kutubxonasi edi. Uning kutubxonachisi olim va shoir Kallimax hajmiga ko‘ra tarixiy-adabiy va bibliografik ish deb tan olingan va mashhur bo‘lgan, ammo

bizgacha saqlanmagan „Bilimning hamma sohasida sharaf topganlarning jadvali“ni tuzgan edi. U haqda materiallar yetib kelgan. Unga ko‘ra, bu bir tomondan Aleksandriya kutubxonasining 8 dan 1 qismini aks ettirgan, ikkinchidan, Kallimaxga ma’lum bo‘lgan o‘sha vaqtdagi birinchi manbasining qayerda

saqlanishidan qat’i nazar grek adabiy asarlari va mualliflar haqidagi biografik ma’lumotlarni bergan. Kallimax jadvali o‘zida bibliografik axborot rivojining 2 ta asosiy yo‘nalishini aks ettirgan:

1. Tarixan birinchi va bibliografik axborotning aniq kutubxona fondi bilan bog‘liq katalogi.

2. Tasvirlangan hujjatlarning aniq saqlanish joyiga bog‘liq bo‘lmagan hujjatlar haqida (bu yo‘nalish shu vaqtgacha alohida izohli ma’noga ega emas edi).

Tadqiqotchilarning e’tiroficha, dastlabki bibliografik qo‘llanma sifatida bu jadval bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, shu ish bilan bibliografiya tuzish boshlangan. Xuddi shunga o‘xshagan bibliografik ko‘rsatkich kechroq, eramizdan oldingi I

asrda Xitoyda „Si lyue“ („Yetti rezyume“) nomi bilan paydo bo‘ldi. Bu ishlar bizga qadar nazariy va amaliy ahamiyatini saqlab qolgan. Qadimgi dunyoda va o‘rta asrlarda Yevropada kitob bosish ishi ixtiro qilingunga qadar bibliografiya tarixi haqida to‘g‘ri ma’lumotlarni Rossiya davlat kutubxonasining bibliografiya

bo‘yicha ilmiy tadqiqot bo‘limining bosh ilmiy xodimi, mashhur bibliograf va vizantiyashunos B. A. Semyonovning tadqiqotlaridan olish mumkin. Uning 1979 — 1982-yillarda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra:

1. Vizantiyada aniqlangan barcha yodgorliklarni to‘la yoki qisman bibliografik apparatga ega bo‘lgan qo‘llanma deb hisoblash mumkin.

2. O‘rta asr grek bibliografiyasi muntazam rivojlangan bo‘lib, o‘sha davrdagi bibliografiya qadimgi grek va ellinistik bibliografiyaning yangi tarixiy jarayondagi davomi edi.

3. O‘sha davr bibliografiyasi uchun keyinchalik kitob bosish ishi paydo bo‘lgandan keyin ham rivojlangan unifikatsiya xarakterli bo‘lib qoldi.

4. Bibliografik matnlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, bibliografik yo‘llanmalar (ssilkalar) mualliflarni ko‘rsatishda va aniq bir asarga taalluqli masalalarni ko‘rsatishda qo‘llanilgan.

5. Birinchi rus bibliografik yodgorligi 1073- yil yaratilgan yolg‘on va haqiqiy kitoblarning 3 ta ro‘yxati edi.

Antik madaniyat o‘lishi bilan bibliografiya tushunchasi ham yo‘qolib ketdi va keyin yana qaytadan boshqacha sharoitda, boshqacha ma’noda, ya’ni kitob boyliklarini tavsiflash ma’nosida qo‘llanila boshlandi. Bibliografiyaning keyingi taraqqiyoti Yevropada kitob bosishning boshlanishi va axborot madaniyatining

poligrafik davri bilan bog‘liq. Bu vaqtli matbuot nashrlari, bibliografik materiallar, maxsus gazeta va jurnallar, davlat bibliografiyasi manbasi bo‘lmish majburiy nusxalar va to‘plamlar, nashriyot va kitob savdosi tashkilotlarining bosma kataloglari va boshqa bibliografik mahsulotlarning paydo bo‘lishida ko‘rinadi.

Bibliografiya fani hayot taqozo etayotgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan amaliy ehtiyojlar tufayli vujudga keldi va rivojlandi. Bibliografik nazariya va amaliyot uzviy bog‘liq, bir-birini boyitadi va nisbatan o‘z mustaqilligini himoya qiladi.


Download 75,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish