Urganch davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


Respublika “Talaba” sport uyushmasi faoliyatlari



Download 37,05 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2021
Hajmi37,05 Kb.
#69806
1   2   3   4   5
Bog'liq
Saidmaxmudov Z

Respublika “Talaba” sport uyushmasi faoliyatlari

O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonuni 2000-yil yangi tahrir va Respublika hukumatining «Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (27 - may 1999 - y) qarori asosida 2001 - yil 31-martda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshida Respublika «Talaba» sport uyushmasi tashkil qilindi. Bu o‘z navbatida mamlakatda olib borilayotgan tub islohotlarning tarkibidagi markaziy «Burevestnik» sport klubining o‘rniga davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining nufuzli sport uyushmasiga aylantirildi mazkur qonun va huquq talablari hamda erishilgan tajribalar qonun ustavida tashkilotlarining namunaviy faoliyatlari asosida Respublika «Talaba» sport uyushmasining nizomi ishlab chiqarildi va tasdiqlandi. Nizom qoidasi bo‘yicha uning ijrochi direktori tomonidan olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni (1997 yil) kadrlar tayyorlash milliy dasturi va sog‘lom avlod dasturi talablarini amalga oshirish hamda ularni hayotga chuqur singdirishida ma’naviy Respublika «Talaba» sport uyushmasi quydagi vazifalarni amalga oshiradi: 1. «Talaba» sport uyushmasi ijrosida faoliyatini nizom va davr talablari asosida tashkil qilish va boshqarish. 2. Oliy ta’lim vazirligi nufuzidagi o‘rta maxsus (kollejlar ham) va oliy o‘quv yurtlarida sport klublarni tashkil qilish, ularning faoliyatlarini nazorat qilish hamda amaliy yordam berish. 3. Zamonaviy va milliy sport turlarini rivojlantirish yo‘lida maxsus sport musobaqalarini o‘tkazish. 4. O‘quvchi va talaba yoshlarning sport turlari bilan ommaviy ravishda shug‘ullanishlarini ta’minlash. 52 5. «Alpomish va Barchinoy» maxsus test sinov talablarini talabalar o‘rtasida chuqur singdirish 6. Belgilangan tartib va talablar asosida «Barkamol avlod» (kasb-hunar kollejlari) hamda oliy ta’lim muassasalarining Universiadalarini bosqichma-bosqich (jamoa, shahar, viloyat va Respublika miqyosida) o‘tkazib borish. 7. Uyushmaning moddiy texnik va moliyaviy manba’larini ta’minlash va h.k. Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri S.S.G‘ulomov birinchi masala yuzasidan so’zga chiqib, mamlakatda 63 ta oliy ta’lim muassalarining ish faoliyatlari va unda jismoniy tarbiya va sportning mohiyati haqida dalillar keltirdi. O‘zRVMning 1999 - yil 27 - martdagi qarorini amalga oshirish Universiadalarning dastlab 1-2 bosqichlarini (ichki va oliy o‘quv yurtari orasida) tashkil qilib talabalar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirishi va bunda tashkiliy ishlarni olib borishida «sport klublarni» tashkil qilish, Respublika miqyosida boshqaruv ishlarini har bir ta’lim muassasida «Talaba» sport uyushmasini tashkil etish zarurligini uqtirdi. Vazirning taklifi Respublika davlat sport uyushmasining raisi B.M. Maxsitov, vazirlikning yetakchi mutaxassisi E.K.Kozimov, xizmat ko‘rsatgan murabbiylar A.A.Istomin, R.A.Abduraxmanov, taniqli olimlar L.N.Donchenko, T.X.Xoltarov, T.T.Yunusov va boshqalar ma’qul deb topdi. Majlisda bu masala bir ovozdan tasdiqlandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazir S.S.G‘ulomov uyushmaning prezidenti, A.A.Istomin va E.Karimovlar vitseprezident hamda ijrochi direktor lavozimiga T.X.Xoldarovlar saylandi. Ta’sis majlisi «Talaba» sport uyushmasining ustavi (nizom) ham bir ovozdan tasdiqlandi. Ta’kidlash lozimki, «Talaba» sport uyushmasining tashkil etilishi nafaqat uning quyi tarmoqli (viloyat bo‘limi, shahar, o‘quv yurti, sport klubi) ish faoliyatini jonlantirish, hatto talabalar, professor-o‘qituvchilarning jismoniy tarbiya ta’limini takomillashtirishiga ham qaratildi. Bunda «jismoniy tarbiya» 53 davlat o‘quv dasturlarini mukammallashtirish va zamonaviy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyanomalarni ham yangidan ishlab chiqishga asos solindi. Ma’lumki har bir sohaning o‘ziga xos ish faoliyati va tartib qoidalari bo‘ladi. Respublika «Talaba» sport uyushmasining nizomi (Ustav) asosan 2000- 2001 - yillarda ishlab chiqildi bunda asosan 2000 - yil Namangan shahrida o‘tkazilgan birinchi Universiadaga tayyorgarlik va uni o‘tkazishdagi talablar, tajribalarga tayanib shuningdek, Respublikada avvaldan faoliyat ko‘rsatib kelgan «Burevestnik» sport jamiyatining nizomi asos qilib olindi. Mazkur nizomda quyidagi faoliyatlar ifoda etilgan, ya’ni:

 Tashkiliy masalalar;

 Maqsad va vazifalar;

 Tashkiliy tuzilish va rahbarlik faoliyatlar;

 Talaba sport uyushmasi a’zolarining huquq va burchlari;

 Jamoatchi va ko’maklashuvchi tashkilotlar, idoralar;

 Uyushmaning moliyaviy va iqtisodiy faoliyatlatlari;

 Ijroni nazorat qilish va hisobga olish tartiblari Ta’kidlash lozimki mazkur yo’nalishlardagi barcha faoliyatlar nizom mazmunida aniq, mufassal ravishda ifodalangan. (Nizom ilova qilinadi) Shu asosda barcha o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlarida “Talaba” sport klubi tashkil etilib ularning yagona nizomi ham mavjuddir. Nizomlarga o‘zgartirish kiritish faqat uyushmaning yalpi majlisida (plenum) yoki Respublika anjumanlarida (Konferensiya) amalga oshiriladi.

«Talaba» sport klubining ish faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining (O‘zRVM) O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida» (1999), sog‘lom avlod davlat dasturi, kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Respublika «Talaba» sport uyushmasining nizomi (ustav) asosida barcha oliy o‘quv yurtlarida yagona tartib «Talaba» sport klubi faoliyat 54 ko‘rsatmoqda. Har bir sport klubning puxta ishlab chiqilgan nizomi (ustav) mavjud. Sport klubdagi faoliyotlarni yuritishda mazkur nizom va oliy ta’lim muassasasi rahbarining ko‘rsatmalari va topshiriqlari hamda buyruqlariga asoslanadi. Sport klublarning asosiy maqsad va vazirlari quyidagilardan iborat:

1. Darsdan tashqari ommaviy sog‘lomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilish yo‘li bilan talabalarni jalb etish ularda sportga bo‘lgan qiziqishlarni kengaytirish va sport mashg’ulotlarini tarbiyalash.

2. Jismoniy tarbiya va sportning ishtimoiy tarbiyaviy xususiyatlarini talabalar ongiga sindirish asosida ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va takommilashtirish.

3. Ixtisosliklar bo‘yicha kasbiy amaliy jismoniy tarbiya vositalari, ularni tashkil qilish tadbir hamda usullarini o‘rgatish.

4. Guruhlar kurslar, fakultetlararo sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazishida ammaliy jarayonda ko‘maklashish

5. Sport turlari bo‘yicha muassasa birinchiliklarini o‘tkazish yo‘li bilan Respublika musobaqalari va Universiadalar uchun terma jamoalarini tuzish, tayyorlash.

6. “Alpomish va Barchinoy” maxsus testlari bo‘yicha tayyorgarlik mashg‘ulotlari va musobaqalarini ommaviy ravishda tashkil qilish.

7. Boshqarish tamoyillariga (prinsip) to‘la amal qilish

8. O‘zini - o‘zi boshqarishi, moddiy texnik va maoliyaviy manba’lariga ega bo‘lish, ulardan maqsadli foydalanish

9. Talabalar, professor, o‘qituvchilar va texnik xodimlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish. Nufuzli sport musobaqalarining g‘oliblarini rag‘batlantirish, taqdirlash

10. Respublikadagi “Talaba” sport klubining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni qo‘llash

11. Bolalar sportiga ko‘maklashish, bunda iqtidorli bolalarni tanlab sport klub qoshida to‘garak tashkil qilish yo‘li bilan ularni tarbiyalash

12.Murabbiylar hakamlarning nazariy bilim va kasbiy mahoratlarini oshirishda yordamlashish Sport klub tuzilishi Ularning faoliyatlari haqida ba’zi tushunchalar quyidagicha bo‘ladi:

 Sport klub raisi barcha faoliyatlarni olib borishga rahbarlik qiladi;

 Raisning o‘rinbosari va kotibi ham barcha faoliyatlarni olib borib bir qator hujjatlarga ega bo‘ladi (hujjatlarni rasmiylashtirish, hisob-kitob olib borish va h.k.)

Shiddatli sport klubida bugalteriyani (xo‘jalik va moliyaviy ishlar) tashkil qilishadi;

 Jismoniy tarbiya va sport kadrlari talabalarning musobaqalarda ishtiroki ta’minlanib o‘qituvchilarni bunga mas’ul qiladi.

 Har bir fakultet sport turlari bo‘yicha jamoalarni tuzish va ularning musobaqalardagi ishtirokini ta’minlash uchun mas’ul (dekan, guruh, kurs tashkilot)  Jismoniy tarbiya fakulteti mavjud bo‘lgan va yirik kafedralarda fanlar hamda sport turizm bo‘yicha uslubiy uyushma (metod,komissiya) bo‘lib, ular sport klub faoliyatiga ko‘maklashadi.

 Ish yo‘llarini yaxshi bilgan va katta tajribalarga ega bo‘lgan sport klub rahbari kasaba uyushmasi turli xayriya jamg‘armasini uyushmalarining tashkilotchilik, moddiy-moliyaviy yordamlaridan maqsadli foydalaniladi.



Murabbiylar, hakamlar va sport bilan shug‘ullanuvchi talabalarning ishtirokisiz sport klub o‘z faoliyatini yaxshi yo’lga qo’yolmaydi. Shu sababdan turli komissiyalar (bo‘lim) tashkil qilishadi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni sportga jalb etish turli xil musobaqalarda ularning faol ishtirokini ta’minlash, moddiy texnik va moliyaviy ta’minot masalalari oson ish emas ularni sport klub nizomi assosida ijro etish boshqarish ishlarida peshqadamlik qilish tashabbus va rahbarlar, mutassadi xodimlar bilan muloqotlarda bo‘lish, talabchanlik asosida huquqiy assoslardan foydalanish lozim bo‘ladi. Bu jihatlar T.K.Xoldarovning “Talaba” sport klubi uslubiy qo‘llanmasida (T.,2005) to‘lig‘icha bayon etilganligini qayd qilish lozim bo‘ladi ya’ni yosh mutaxasislar undan maqsadli foydalanishlari lozim deb o‘ylaymiz. Sport klublarning eng assosiy vazifasi va burchlari asosan o‘z jamoasida sport turlari “Alpomish va Barchinoy” maxsus testlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib Universiadaning birinchi bosqichini tashkil qilishga zamin tayyorlashdir. 57 Oliy ta’lim muassasasining sportdagi salohiyati Universiadani o‘tkazish va terma jamoalarning Respublika final bosqichida muvafaqqiyatli ishtiroki, erishgan natijalari bilan o‘rganiladi. Bu jarayonlar kunlik yoki oylik davrni emas balki yillab (3 yil) tayyorgarlik ko‘rishni taqazo etadi. Bu yilda Universiadalarga (2000-2010) bag‘ishlab o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanlari (Namangan, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Andijan 2010) ilmiy to‘plamlarida bayyon etilgan maqolalardan maqsadli foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ulardagi ba’zi bir muammolar va amaliy takliflarni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 2002 - yil Buxoroda o‘tkazilgan Universiada yakunlari va Respublika ilmiy amaliy anjumanidagi olimlar bahsida talabalar o‘rtasida milliy kurash, xotin-qizlar sportini rivojlantirish va eng muhimi sevimli sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazishga e’tibor qaratilgan. Bunda professorlar A.K.Atoyev, X.A.Botirov (Buxoro DU) A.Istomin (Toshkent Iqtisod Universiteti), R.Q.Qudratov (O‘zDJTI) va boshqalar faol ishtirok etishgan. 2004-yil Samarqandda o‘tkazilgan Universiada ham Respublika ilmiyamaliy anjuman qatnashchilari M.Axmatov, T.Sh.Shirinov, X.T.Rafiyev, J.E.Eshnazarov, I.A.Qoshbaxtiyev, K.D.Yarashev, R.Abdumalikov, T.X.Xoldarov kabilarning ilmiy maqolalari e’tiborga sozovordir. Ular uzluksiz ta’lim tizimida jismoniy tarbiya ta’limi, ommaviy sport, milliy qadriyatlar va ular bilan bog‘liq muammollar xususida tadqiqot natijalaridan namunalar keltirgan. Sport uyushma tashkil qilingan dastlabki kunlardagi har bir viloyatda uning bo‘limlari (tarmoq) hamda tayanch maskanlari (Oliy ta’lim muassasasi sport klublari) bo‘lishi, ularning ish faoliyatlarini nizomlar asosida yuritishga e’tibor qaratildi. Natijada Respublikadagi 65 ta oliy ta’lim muassasasidan 34 tasida sport klub tashkil etildi va ular viloyatdagi “Talaba” uyushmasi bo‘lishi vazifasini ham bajarmoqda. Ular orasida o‘zlarining astoyidil va tashabuskorlik hamda katta tajribalari bilan alohida namuna ko‘rsatayotganlari ko‘p. 58 Masalan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (klub raisi A.Tamziev), Toshkent davlat texnika universiteti (klub raisi Toshmatov), Toshkent davlat pedagogika universiteti (klub raisi Salimov M.S.), Farg‘ona davlat universiteti (klub raisi Azimov A.M.), Buxoro davlat universiteti (klub raisi Salimov F), Jizzax davlat pedagogika universiteti (klub raisi Komilov X.K), Qoraqolpog‘iston davlat universiteti (klub raisi Kulakov Yu.I.), Samarqand davlat universiteti (Klub raisi Isaev N.) va boshqalar ichki faoliyati (oliy ta’lim muassasasi) va tashqi (shahar, viloyat) faoliyatlarida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Umuman olganda o‘z-o‘zini boshqarish, moddiy-texnik hamda moliyaviy ta’minot ishlarini hozirgi davr talablari asosida olib borayotgan sport klublarning barcha ishlardagi natijalari taxsinga sozovordir. O‘z vaqtida a’zolik badallarini yig‘ish, moliyaviy ishlarni rivojlantirish ulardan mas’uliyat bilan foydalanish masalalari, sport klublarning zimmasidagi bosh masalalardan biridir. Oliy ta’lim muassasasi rahbarlari (rektor, uning yordamchilari) va moliyaviy ishlar bilan shug‘ullanuvchi (bugalteriya) mutaxassislar bilan muloqotlar qilinishi zarur bo‘lgan ishlarga iqtidor hosil qilishda sport klubning faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi sport klublar, oliy ta’lim muassasalari klublari va “Talaba” sport klublari raislari ro‘yxati 2- jadvalda keltirildi. Sharoitlari va imkoniyatlari yetarli bo‘lmagan boshqa oliy o‘quv muassasalaridagi sport klublar jamoatchilik asosida ish olib bormoqda, ya’ni jismoniy tarbiya kafedrasi va murabbiylarning hamkorligida barcha tashkiliy va boshqaruv ishlari amalga oshiriladi. Respublika “Talaba” sport uyushmasi tashabbusi va bevosita rahbarligida 2001-2011 - yillar davomida asosan Universiada dasturidagi sport turizm bo‘yicha eng avvalo har bir oliy ta’lim muassasalari, keyin esa shahar-viloyat miqyosida turli tuman musobaqalar tashkil etilib bosqich final ham o‘tkazib kelindi. 59 Ta’kidlash lozimki, deyarli barcha oliy ta’lim muassasalarida voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi, mini futbol kabi sport turlari bilan shug‘ullanuvchi talabalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shu sababdan har yili an’anaviy ravishda Respublika “Talaba” sport uyushmasining sovrinlari uchun (birinchilik, kubok va h.k) Sport musobaqalarining finali o‘ta keskin hamda qiziqarli ravishda olib borildi. Bunda Samarqand, Buxoro, O‘zMU, Jizzax, Toshkent Texnik davlat universiteti, Nukus, Urganch, Qarshi shaharlari tashkiliy jihatdan yuqori saviyada xizmat qilib keldi. Aynan shu oliy ta’lim muassasalari yuqorida ta’kidlangan sport turlari bo‘yicha yuksak natijalarga erishdi. Bu ilg‘or tajribani ommalashtirish maqsadida 2007 - yil o‘tkazilgan bosqichma bosqich sport musobaqalarining birinchi, ikkinchi davralari Guliston, (voleybol), Navoiy (voleybol) va Farg‘ona vodiysi, Xorazm vohasida ham tashkil etildi. Final musobaqalari asosan ko‘pincha Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining sport markazlarida tashkil etildi. Umuman olganda sport musobaqalarining tashkil etilishi va ularning yakunlarini tahlil hamda muhokama qilib, talabalar sportini davr talabalari asosida takkomillashtirishda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bevosita e’tibori, rahbarligi e’tiborga molikdir. Ma’lumki, sport turlari bo‘yicha o‘tkazib borilayotgan musobaqalar mazmunida “Alpomish va Barchinoy” maxsus testlarining o‘z o‘rni va mohiyati bor. Bu sohada Toshkent shahridagi 28 ta oliy o‘quv yurtlarining faoliyati ko‘zga tashlanadi. Farmaseftika instituti (96,6%), Agrar Universiteti (96,3%) Tibbiyot akademiyasi (94,24%), Aviatsiya (82,6%), Yuridika (82,6%) institutlarining ko‘rsatkichlari olqishga sazovordir. 2000 - yildan to 2010 - yilgacha o‘tkazilgan Universiadalarga tayyorgarlik sport musobaqalarining turlari, shakllari, maqsad va vazifalari xilma-xil bo‘lib, ular haqida batafsil hisobotlar tuzilgan. Bunda murabbiylar, jamoa uchun mutasaddilar va rahbar xodimlarning fikr-mulohazalari chuqur tahlil qilingan. Bu ishlarda Respublika “Talaba” sport uyushmasi ijrochi, rahbarlari ijodiy jihatdan yondashganligini qayd etish lozim bo‘ladi. 60 Har yilgi tuzilgan yozma hisobotlarga nazar solinsa eng avvalo quyidagi ma’lumotlar, dalillar ko‘zlaniladi ya’ni: 2003 - yil Universiada dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha 18 ta oliy ta’lim muassasida “Talaba” uyushmasi birinchiliklari, chempionatlari, turnirlar, turli sport musobaqalari tashkil etilgan. Ishtirokchilarning umumiy soni 3 minga yaqin bo‘lgan. Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, qulay sharoitlarga ega bo‘lgan sport inshootlarini tanlash va o‘yin musobaqalarni o‘tkazishga alohida e’tibor berilgan. Bu o‘z navbatida joylarda sportni yaxshilash, tayyorgarlik faoliyatlarini kuchaytirishi, tajribalarning keng bo‘lishiga qaratilishi bilan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, voleybol bo‘yicha Samarqand, Buxoro, Jizzax, Toshkent shaharlarida turli xil toifadagi musobaqalar tashkil etilgan. Basketbol, qo‘l to‘pi, mini-futbol kabi o‘yin turlari bo‘yicha musobaqalar asosan O‘zMU, TDTU, Namangan, Farg‘ona, Samarqand shaharlari qulay bo‘lgan. O‘zbek kurashi, Dzyudo bo‘yicha Nukus va Urganch shaharlari yuqori darajada xizmat vazifasini o‘tagan. 2004-2006 - yillardagi tayyorgarlik sport musobaqalari zo‘r ko‘tarinkilik bilan tashkil qilinganligi va o‘tkazilganligining guvohi bo‘lish mumkin. Bunda ayniqsa sport o‘yinlari bo‘yicha xotin-qizlar orasida “Talaba”larning sport xaftaligi, ”Oliy ta’lim muassasalari musobaqalari, Respublika birinchiligi, ”Talaba” RSUning “Kubok” musobaqalari “Talaba” RSUning chempionati kabi shakldagi sport tadbirlari e’tiborga molikdir.


Download 37,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish