O‘qitishning texnik vositalari - ikkita tushunchaga ega:
texnik qurilmalar (apparat) va o‘qitishning didaktik vositalari (axborotlarni ifodalash),
Ingliz tili manbalarida O‘TV nomi audiovizual vositalar, ba’zan qattiq (hardvare) va yumshoq (softvare) ifodalanadi.
O‘TVlarini shartli tasniflanishi
1.2.1-chizma
O‘qitishning texnik vositalarining tasnifi
O‘qitishga oid axborotlarni uzatishning texnik vositalari ,bilimlarni nazorat qilish, O‘qish va mustaqil o‘qish, trenajyor, ko‘makchi, kombinatsiya qilingan.
O‘qitishga oid axborotlarni uzatishning texnik voitalari
diaproektorlar, grafoproektorlar, epiproektorlar, magnitofonlar, radioqurilmalar, musiqiy markazlar (audiosistemalar), proigrivatellar, radiouzllar, kinoproektorlar va kinoustanovka, televizorlar, videomagnitofonlar, SHEHM va boshqalar.
Ba’zi chet el pedagoglari o‘quv jarayonida o‘qitishning texnika vositalaridan keng ko‘lamda foydalanish o‘qituvchining mashina va uni boshqaruvchi muhandis bilan almashtirilishiga olib boradi, deb hisoblaydilar. Bunda o‘qituvchi tashkilotchi rolini bajaradi, o‘qitish vazifasi esa texnika vositalariga yuklanadi. Ammo o‘qitish jarayonida faqat bilim berilibgina qolmay, o‘qituvchi shaxsining murakkab ta’siri amalga oshiriladi hamki, buning natijasida o‘quvchining dunyoqarashi, xulq – atvor normalari shakllanadi, shaxsning kamol topishi sodir bo‘ladi. Bunga esa o‘qituvchining ishtirokisiz erishib bo’lmaydi: uning axloqiy prinsiplari chuqur bilimlar hamda keng saviya bilan birgalikda har gal takrorlanmaydigan intellektual aloqaning shunday sharoitini yaratadiki, bunday sharoitsiz oqibat natijada o‘qitish va tarbiyalashda muvaffaqiyat qozonish mumkin bo’lmaydi.
Darslarda yangi materialni bayon etishda o‘qituvchi go‘yo eshittirib fikrlaydi, bunda u o‘quvchilarga bilim beribgina qolmasdan, ularga mantiqan fikrlash, fan muammolarini hal qilishga ijodiy yondoshish uquvlarini singdiradi. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun bilimlar manbai va o‘quv jarayonini rahbarigina emas, balki taqlid qilish uchun namuna hamdir. O‘qituvchini o‘qitishning texnika vositalari bilan almashtirish o‘quv jarayonida juda muhim narsani – o‘quvchiga pedagog shaxsning ta’sirini chiqarib tashlaydi, bu esa o‘quv jarayonini juda kambag’allashtirib yuboradi. Barcha texnika vositalarining, shu jumladan, o‘qitish mashinalarining xam imkoniyatlari cheklangan – ular faqat o‘qituvchining o‘quvchilarga ko’rsatadigan ta’sirini oshiradigan quroldir.
Kasb – hunar maktablarida yuqori malakali usta va o‘qituvchilar, boy texnikaviy imkoniyatlar, o‘quvchilarning texnikaviy ijodiyoti keng rivojlanganligi tufayli o‘quv xonalarini o‘qitishning texnika vositalari bilan jixozlashga, bu vositalarni bilim yurtlarida tayyorlashga, sanoatda ishlab chiqarilgan texnika vositalarini takomillashtirishga katta e’tibor berilmokda. Xonalarni o‘qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak:
1. O‘quv kabinetlarini o‘qitishning texnika vositalari bilan jihozlashda o‘quv jarayonida ulardan komleks tarzda foydalanishini hisobga olishi zarur.
2. O‘quv xonasining istagan joyida qurish va eshitish uchun yaxshi sharoit ta’minlash lozim.
3. O‘quv xonalarida o‘qitishning texnika vositalari ishlatilganda shovqin manbalarini yo‘kotish kerak.
4. Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor.
5. Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bo‘lishi kerak.
6. O‘qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda oqilona foydalanish lozim.
7. Ishlatilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofik bo‘lishi zarur.
O‘quv kinosi – o‘qitishning eng ko‘p tarkalgan texnika vositasi bo‘lib, ob’ekt hamda hodisalarni harakatda va rivojlanishda namoyish qilishga, materialni tekshirish va umumlashtirishga, shuningdek, aniq idrok etishdan abstrakt idrok etishga utishga imkon beradi. O‘quv filmidan o‘qituvchi o‘quv materialini bayon etishida illyustratsiya sifatida, shuningdek, o‘quvchilar uni mutaqil o‘rganishi uchun foydalanishi mumkin.
Film bilan ishlashning so‘nggi bosqichida o‘quvchilar savollar berishiga imkoniyat yaratish kerak. Javob qaytarishga film materialni yaxshi bilib olgan o‘quvchilarni jalb etish lozim.
Diafilm va diapozitivlar, o‘quv kinosi kabi, ko‘rsatmalilik vositasi hamda o‘quvchilar bilimlarining dastlabki manbai bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha diafilmdan ko‘rsatmalilik vositasi sifatida foydalaniladi, bu holda yassi ko‘rsatma qo‘llanmalarga qanday talablar qo‘yilsa, diafilmlarga xam shunday talablar qo‘yiladi. Diafilm va diapozitivlarga qo‘yiladigan uziga xos talablardan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish kerakki, kasb-hunar maktablarida ularni tayyorlashda bu talablarni hisobga olish zarur.:
- diafilm va diapozitivlarning mazmuni, avvalo, tasvirlash yo‘li bilan berilishi kerak;
- subtitrlar (bayonlar, tushuntirish yozuvlari) o‘quvchilar ko‘zini charchatmasligi lozim;
- rangli diafilmlardan rang didaktik masalalarni hal qilishga yordam bera olgan taqdirdagina foydalanish darkor; qora-oq tasvirdagi diapozitivlar seriyalarini komlektlashda ularga rangli diapozitivlar kiritgan ma'qul.
Axborotni uzatish va qabul qilishda ishlatiladigan texnik vositalar vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi, uning odam sezgi organlariga ta‘siri, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida «qaytar aloqani» taminlashi va boshqa hususiyatlariga ko‘ra klassifikasiya qilinadi (1-jadval).
Axborot beruvchi texnik vositalar jumlasiga tovush texnikasi qurilmalari, turli diaproektorlar, kinoprektorlar, radio, televedenie, videomagnitafon, videoproigrivetellar xamda o‘quv plakatlari, namoyish qilish stendlari, laborotoriya qurilmalari, modellar, maketlar kiradi. Bundan tashqari, o‘quvchilarga ma‘lum o‘quv materiali bo‘yicha konsultativ ma‘lumotlar beradigan qurilmalar xam axborot beruvchi texnik vositalar jumlasidandir.
Barcha nazorat qiluvchi texnik vositalar aniq bir o‘quv materiali bo‘yicha o‘quvchi bilimini tekshirishga mo‘ljallangan. Bu apparatlar nazorat qilish va O‘z-o‘zini nazorat qilish vositalari turlariga bo‘linib, tanlash va yozma ravishda javob berish sistemalari asosida ishlaydi.
Nazorat qiluvchi texnik vositalar yordamida o‘quvchi bilimini sistematik ravishda tekshirib borib, yakuniy natija asosida sinov hamda imtihon olish mumkin.
Trenajyorlar, asosan, o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va turli jarayonlarni o‘rganishda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, maktabdagi ba‘zi murakkab elektron qurilmalarni ishga tushirish tartibini o‘rganish, ularni rostlash, texnologik jarayonlarni boshqarishni o‘rganish uchun ishlatiladi.
Kombinatsiyalashgan texnik vositalar axborot berish, nazorat qilish va Mashq qilish qurilmalarini o‘z ichiga oladi. Bunday vositalar jumlasiga avtomotlashtirilgan sinf xonalari va auditoriyalar, lingafon xonalar, elektron hisoblash mashinalari asosida tuzilgan ta‘lim sistemalari kiradi. Ta‘lim komplekslari elektron hisoblash mashinasi asosida tuzilgan bo‘lib, aniq programma asosida ta‘lim jarayonini amalga oshiradi.
Yordamchi texnik qurilmalarga o‘qituvchi va o‘quvchi mehnatini yengillashtiruvchi turli mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan klavishli hisoblash mashinalari, xonani qorong‘ilashtirish sistemasi, harakatlanuvchi sinf doskalari, sinf xonalarini telefon vositasida bog‘lovchi avtomot qurilmalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |