Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi


O’zbekiston Respublikasida 2016-2021-yillar oralig’ida bandlik darajasi



Download 90,1 Kb.
bet9/14
Sana10.07.2022
Hajmi90,1 Kb.
#769597
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
davlatyorboyjanov

O’zbekiston Respublikasida 2016-2021-yillar oralig’ida bandlik darajasi

Hududlar

2016

2017

2018

2019

2020

2021

O’zbekiston Respublikasi

68,7

69,2

67,4

68,1

66,0

66,9

Andijon

58,1

58,3

62,9

62,9

62,0

60,9

Buxoro

72,3

73,0

69,6

70,1

66,5

68,2

Jizzax

72,9

72,5

70,7

69,3

68,3

67,3

Qashqadaryo

59,1

60,0

61,6

67,1

66,2

67,5

Navoiy

64,3

65,4

64,8

63,9

60,9

62,2

Namangan

72,8

72,4

69,2

69,5

66,8

68,3

Samarqand

61,9

63,4

63,8

66,4

65,0

65,5

Surxondaryo

68,7

69,7

66,3

65,3

63,2

63,7

Sirdaryo

71,1

71,7

70,5

68,9

67,8

63,7

Toshkent

75,4

75,2

71,4

71,4

68,2

70,3

Farg’ona

69,6

69,9

64,6

67,5

65,1

66,2

Xorazm

66,3

66,9

64,6

66,1

63,7

64,0

Toshkent sh.

81,0

80,8

77,5

80,1

81,7

83,3

Hududlar

2016

2017

2018

2019

2020

2021

O’zbekiston Respublikasi

5,2

5,8

9,3

9,0

10,5

9,6

Andijon

5,6

6,0

9,6

9,2

10,9

9,9

Buxoro

5,4

5,5

9,0

8,9

10,6

9,8

Jizzax

5,4

5,0

9,4

9,2

11,0

10,1

Qashqadaryo

5,3

6,1

9,7

9,3

11,1

10,2

Navoiy

5,0

5,2

8,7

8,5

9,4

8,8

Namangan

5,3

5,8

9,5

9,1

10,6

9,7

Samarqand

5,7

6,5

9,7

9,3

11,0

9,9

Surxondaryo

5,6

6,7

9,5

9,3

11,1

10,2

Sirdaryo

4,4

5,1

9,6

9,3

11,0

10,2

Qoraqalopog’iston

5,4

6,0

9,5

9,1

10,5

10,1

Toshkent

4,1

5,2

9,0

8,9

10,5

9,4

Farg’ona

5,5

6,4

9,7

9,3

10,9

10,0

Xorazm

5,5

5,7

9,5

9,1

10,9

9,9

Toshkent sh.

3,6

4,5

7,9

7,4

8,0

7,0

O’zbekiston Respublikasida 2016-2021-yillar oralig’ida ishsizlik darajasi

II BOB. Bozor iqtisodiyoti va O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li.
2.1.Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishningggtamoyillari Bozor iqtisodiyoti deganda, tovar pul munosabatlarigi asoslangan va ularga
xos iqtisodiy qonunlar, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillari asosida boshqarila
digan iqtisod tushuniladi.Bozor iqtisodiyoti azaldan mavjud. U bir necha ming 
yillardan beri rivojlanib, turliiqtisodiy ijtimoiy tizimlar doirasida saqlanib keladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bu shunchaki maqsad emas, balki iqtisodda 
bozor munosabatlarini shakllantirish,jamiyatni yangilash yo‘lidir ya’ni iqtisodiy faoliyat erkinligiga,mulchilikning xilma xilligiga narx erkinligiga,raqobat qurashiga,shaxsiy huquq va erkinliklarning qaror 
topishiga, daromadning cheklanmaganligiga erishish demakdir. Faqat bozor munosabatlari zaminidagina ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, ko‘plab sifatli mahsulotlar yaratish, ularga bo‘lgan talabni qondirish, tejamli xo‘jalik yuritish to‘kinchilik yaratib, xalqning farovon turmushini ta’minlash, halol va 
samarali mehnatni qadrlash, adolat o‘rnatish mumkin. Bozor iqtisodiyoti jamiyat taraqqayotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalarggmajmuidir.Tarixan,bozor iqtisodiyotiga o‘tish eng so‘nggi navbatdaggsotsialistik mamlakatlar o‘tmoqda. Xalqaro tajribada bozor iqisodiyotiga o‘tishning bir qancha modellari mavjud bo‘lib, ularni umumlashtirib, bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishning uch turga yoki modelga bo‘lishimiz mumkin: 
1.G‘arbiy Evropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar 
yo‘li. 
2. Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirib rivojlanayotgan Osiyo,Afrika,Login Amerika mamlakatlarining yo‘li. 
3. Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligi mamlakatlari,boshqacha aytganda, «sotsialistik» rivojlanish yo‘lidan borgan va hozirda 
bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlagan mamlakatlar yo‘li. 
Sobiq sotsialistik mamlakatlarda,jumladan O‘zbekistonda davlatlashtirilgan, o‘ta markazlashtirilgan va yagona bir markazdan boshqariluvchi iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotga o‘tish zarurligi quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni taqozo etdi: 
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning huquqiy asoslarini yaratish ya’ni uni ta’minlovchi yuridik qonunlar tizimini yaratish. 
2. Bozor infrastrukturasini shakllantirish. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni o‘rnatishga ko‘mak beruvchi, ya’ni bozorga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni yaratish. 
3.Mulkchilik va xo‘jalik yuritish usullarini privatizatsiyalash
4. Narx navoni liberallashtirish, narxlarni erkin qo‘yib yuborish, narx ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va takomillashtirishda talab,taklif qoidalarining bir xilligi bo‘lishi bilan bir qatorda har bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi yo‘li mavjuddir.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir.
Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshirilu-vchi tarixiy davr tushuniladi.
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazari-yalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi- yotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning ta- jribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va xususiy to-monlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi:
rivojlangan mamlakatlar yo'li;
rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li;
sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li;
sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xi-toy, Vetnam).
Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun- qoidalari, amal qilish mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan birga har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o'tishning rivojlangan mamlakatlar yo'lida oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyofiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq, an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy
— buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan bir- birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub is-lohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi. Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Tslohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy"" Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.'
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega. Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ik-kinchi kamchilik bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish turli mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqaror- lashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi.



Download 90,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish