Kompaniyalar o ‘z faoliyatida qanday hajmdagi axborotga
m uhtojlik sezishadi?
Bu ham firma faoliyatida muhim masalalardan
biri hisoblanadi va quyidagicha ifodalanadi:
• Amaliyotchi marketologlar odatda yetarli marketing axborotlarini
to ‘plashda yoki yetarlicha aniq va ishonchli axborotga ega bo‘lishda
qiyinchilik sezishadi. Qaror qabul qilishda bu axborotlar juda muhim
hisoblanadi, lekin amaliyotda bu jarayon quyidagicha yuz beradi:
- ko ‘pgina marketing qarorlari to ‘liq b o ‘lmagan va ishonchsiz
m a’lumotlarga asoslanadi. Chunki barcha to ‘plash mumkin bo‘lgan
m a’lumotlar mavjud emasligi; m a’lum bir hodisa yoki jarayon bo‘yicha
axborot to ‘plashning b a ’zi hollarda ko ‘plab xarajat yoki vaqt talab
qilishidir.
46
Kompaniya yoki biznes tashkilotlari o ‘z faoliyatini samarali tashkil
qilish va yuritishda zarur bo ‘lgan axborotlami qay tarzda qo'lga
kiritishadi?
3 3 . M arketing axborot tizimi va uning xususiyatlari
Marketing axborot tizimi - marketing bo ‘yicha barcha masalalarda
qaror qabul qiluvchiga barcha zarur m a’lumotlami va axborotlami
taqdim etuvchi mexanizmdir; tovarlar yoki xizmatlar, narx, reklama,
sotish, tanlov va boshqalar haqida muntazam axborot oqimini beradigan
tizim hisoblanadi. Tashqi atrof-muhit komponentlarini tekshirish va
monitoring qilishning muhim texnologiyasi marketing axborot tizimidir.
K o‘pgina adabiyotlarda marketing axborot tizimi marketingning hayot
qoni ham deyiladi, chunki marketing axborot tizimi turli manbalardan
muhim m a’lumotlami to ‘playdi, tahlil qiladi va qaror qabul qiluvchiga
tarqatadi.
Marketing menejerlari mijozlaming o ‘zgaruvchan istak va ehtiyoj-
lami aniqlash uchun muntazam m a’lumotga muhtojlik sezishadi. Bun-
dan tashqari, raqobatchilaming kuchli va zaif tomonlarini bilish va taq-
simlash kanalini samarali amalga oshirish uchun axborot zarurdir. Haqi-
qatan ham, menejer nima bo‘lishidan qat’iy nazar, faqat aniq va ishonch-
li m a’lumot yordamida samarali faoliyatini amalga oshiradi. Axborotsiz
biron bir masala bo ‘yicha qaror qabul qila olmaydi. Shunday qilib,
ratsional va samarali qaror qabul qilish uchun biznesni tashkil qilishda
marketing axborot tizimi ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Faktlar, baholashlar, fikr va boshqalar marketing axborotlari tarkibi-
ga kiradi. Bu axborotlar asosida muhim qarorlar qabul qilinadi, lekin
axborot albatta to ‘liq, aniq va yangilangan b o ‘lishi kerak. Umuman
olganda, biznes tashkilotlari yoki kompaniyalar marketing axborot tizimi
orqali iste’m olchilaming tovam ing o ‘ziga xos xususiyati (hajmi,
dizayni, turi, sifati); m a’lum vaqtdagi talab miqdori; iste’molchilar
tomonidan afzal ko‘rilgan mahsulot yoki xizmat narxi; iste’molchilar
tomonidan
tanlangan
kanal
taqsimoti;
xaridorlarning
motivlari;
raqobatning mavjud darajasidagi dilerlaming xatti-harakati; hukumat
siyosatining bozorga ta ’siri haqida m a’lumot olishni xohlashadi.
Marketing axborot tizimi muntazam ravishda amalga oshiriladigan, hech
qachon to ‘xtab qolmaydigan jarayon hisoblanadi, chunki marketing
47
menejerlari uning yordami bilan rejalar, dasturlar, siyosat, strategiyalar
va
boshqalami
ishlab
chiqishadi.
Inson
faoliyati,
mashinalar,
texnologiyalar va boshqalar shunga o ‘xshash narsalar marketing axborot
tizimining ajralxnas qismidir. Kompaniyadagi maxsus xodimlar har
qanday marketing qarorlarini qabul qilish uchun muntazam ravishda
marketing axborot tizimidan foydalanishadi. Turli xil olimlar va
marketing mutaxassislari marketing axborot tizimi haqida turlicha
ta ’riflashadi:
Filipp Kotler marketing axborot tizimini quyidagicha ta ’riflaydi:
"...marketing axborot tizimi - odamlar, uskunalar va jarayonlardan
iborat b o ‘lib, marketing qaror qabul qilish uchun kerakli, o ‘z vaqtida va
to ‘g ‘ri m a’lumotlarini saralaydi, tahlil qiladi, baholaydi va tarqatadi.”22
Uilyam Stantonning fikriga ko ‘ra, "Marketing axborot tizimi mar
keting qarorlarini qabul qilishda foydalanish uchun axborotni yaratish,
tahlil qilish, tarqatish, saqlash va olish bo'yicha muntazam ravishda
tashkil etiladigan jarayondir.”23
Busch va Xyustonning fikriga k o ‘ra, "Marketing axborot tizimi
marketing qarorlarini qabul qilishda foydalanish uchun axborot manba-
larini yaratish va tartibga solish uchun yaratilgan tuzilmalar, shaxslar,
mashinalar va jarayonlardan iborat.”24
Korxonalarda axborot tizimi ichki va tashqi axborotlarga bo'linadi.
Korxona ichki axborot tizimi muayyan faoliyatining joriy xarajat-
lari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig'i, mavjud va kelishi kutila-
yotgan xaridorlar, ta ’minlovchilar ко Tam i va boshqa marketing faoliya-
tiga bog'liq bo'lgan axborotning o ‘z vaqtida jam lanishini, qayta ishla-
shini va undan foydalanishni nazarda tutadi. Bu yerda muhim o'rinni
axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida y ig ‘ilishi, umumlashtirilishi
egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali
ahamiyat kasb etadi. Demak, axborotga bo'lgan ehtiyojni o ‘z o ‘rnida va
aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini
a w alro q belgilab olish lozim.
22 K otler, P.,
M a rketin g M a n a g em en t
(M illennium E dition), C ustom E dition for U niversity o f
Phoenix, Prentice H all, 2000, p. 9; Q uelch, J .A. a n d Jocz, K .E.,
A ll B usiness is L o ca l: W hy P lace
M a tters M o re than E ver in a G lobal, Virtual World,
Penguin, 2012, p. 4
23 Stanton, W illiam J (1984).
F undam entals o f m arketing.
M cG raw -H ill.
24 Paul S. B u sch. M ichael J. H ouston. M arketing: S trategic Foundations. R.D . Irwin, 1985. ISBN
0 256028435, 9780256028430. 903 pages.
48
Marketing tashqi xabamoma - axborot tizimi marketing va tijorat
faoliyatiga xos bo‘lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar
natijalaridan tashkil topadi. Kundalik matbuot (ro'znom a va maxsus
jum allar), ta ’minotchi va iste’molchilar bilan b o‘lgan muloqot natijalari,
reklama e ’lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai b o ‘li-
shi mumkin. Marketing axborot tizimining asosiy xususiyatlari uzluksiz
jarayon, aniqlik, ishonchlilik va to ‘liqlik, barqarorlik va mavjudlik, o ‘za-
ro bog‘liq komponentlar, to ‘g‘ri vaqt va hokazolardir. Ular quyidagi
3.3.1 -chizmada aniq k o ‘rinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |