Mikroiqlimning inson organizmiga ta’siri Mikroiqlimning inson organizmiga ta’siri - Yuqori harorat ovqatlanish a’zolariga va vitamin almashuviga ham yomon ta’sir qiladi. Kishilar juda issiq muhitda uzoq muddat ishlashi natijasida ular organizmi qizib ketishi, ya’ni issiq urushi mumkin. Butun organizmning ortiqcha qizib ketishidan paydo bo‘lgan issiq urushidan oftob urushini farq qilish kerak. Oftob urushi issiqlik nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshga ta’sir qilishidan va bosh miyaning 40-42 gradusgacha isishida paydo bo‘ladi. Bunda tana harorati normal holda qolishi yoki salgina ko‘tarilishi mumkin. Ba’zida oftob-issiq urishining aralash formalari uchraydi.
Sovuq havoning organizmga ta’siri natijasida organizmlarning har xil bakteriyalarga bo‘lgan qarshiligi susayadi. Natijada kishilar gripp, nafas olish yo‘llarini shamollashi, o‘pka shamollashi, nerv va bosh miyaning shamollashi kasali bilan kasallanadilar. Shuning uchun ham bu kasalliklar shamollanish kasalligi deb ataladi. - Sovuq havoning organizmga ta’siri natijasida organizmlarning har xil bakteriyalarga bo‘lgan qarshiligi susayadi. Natijada kishilar gripp, nafas olish yo‘llarini shamollashi, o‘pka shamollashi, nerv va bosh miyaning shamollashi kasali bilan kasallanadilar. Shuning uchun ham bu kasalliklar shamollanish kasalligi deb ataladi.
Infraqizil nurlarning organizmga ta’siri issiq havo ta’siridan farq qilib, avvalo maxalliy ta’sir ko‘rsatadi. Infraqizil nurlarning mahalliy ta’siri organizmning nurlanayotgan qismida issiqlik sezilishi bilan ifodalanadi. Nurlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa issiqlik sezishi ham shuncha yuqori bo‘ladi, hatto kuyishgacha borib etadi. Infraqizil nurlar ta’sirida tana harorati ko‘tariladi, tomir urushi va gaz almashuvi tezlashadi, ba’zida esa qon bosimi pasayishi va nafas olishning tezlashishi kuzatiladi - Infraqizil nurlarning organizmga ta’siri issiq havo ta’siridan farq qilib, avvalo maxalliy ta’sir ko‘rsatadi. Infraqizil nurlarning mahalliy ta’siri organizmning nurlanayotgan qismida issiqlik sezilishi bilan ifodalanadi. Nurlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa issiqlik sezishi ham shuncha yuqori bo‘ladi, hatto kuyishgacha borib etadi. Infraqizil nurlar ta’sirida tana harorati ko‘tariladi, tomir urushi va gaz almashuvi tezlashadi, ba’zida esa qon bosimi pasayishi va nafas olishning tezlashishi kuzatiladi
- Ultrabinafsha nurlar ko‘zga ta’sir qiladi, ko‘z unga qum kirganga o‘xshab og‘riydi, ko‘z yorug‘likdan qo‘rqadi, qizaradi va bir oz shishadi. Bular hammasi elektrooftalmiya kasalligiga xos bo‘lib, ultrabinafsha nurlar ta’sir qilgandan 6-8 soat keyin bilinadi, gohida ikki sutkagacha davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |