O‘quv - o‘qitish ishlari 10-“D” sinfda matematika fanidan darslarni reja asosida o’lib bordim. Innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni o‘tdim. Maktabning 10-“D” sinfiga rahbarlik qildim. Sinfdagi o‘quvchilar bilan ta’lim va tarbiya ishlarini olib bordim.
Maktabda amaliyot paytimda maktabning kutubxonasiga kirib kerakli kitoblarni olib foydalandim. Amaliyot paytimda maktab jamoasi bilan yaqindan tanishib malakali kadrlardan o‘zimga kerakli bilim va ko‘nikmalarni o‘rganib bordim. M. Avezova, R.Miskinova boshqa o‘qituvchilarning dars o‘tish jarayonlarini kuzatib bordim va o‘zimga kerakli bo‘lgan zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Ularning dars o‘tish metodikalarini o‘rganib bordim. Shu bilan birga ulardan o‘zimga kerakli bo‘ladigan bilimlarni ta’lim texnologiyalarini o‘rganib oldim. Har kungi dars jarayonlarini o‘qituvchi va o‘quvchilarning darsga munosabatlarini intilish va qiziqishlarini o‘rgandim. O‘qituvchilarning darsga tayyorlanib kelishi va dars mashg‘ulotlarini qiziqarli o‘tishlari meni qiziqtirdi. Ayniqsa ingliz tili o‘qituvchisi ingliz tili darslarida har xil qiziqarli o‘yinlar, tarqatma materiallar va elektron darsliklardan ko‘plab foydalanib o‘quvchilarni fanga qiziqishini orttirib ingliz tili fanini o‘quvchilarga tushunishi va o‘rganishida ijobiy va samarali metodlardan foydalandi.
Men matematika darsini o‘tishda maktabdagi o‘qituvchilarni maslahatlariga tayanib qiziqarli dars o‘qitish metodlarini o‘rgandim va amalda foydalandim. O‘quvchilarni matematika fanidan qanday bilim o‘zlashtirishganini bilib olish uchun har darsda 5 daqiqa qisqa savol javob o‘yinlarini o‘tkazdim.
O‘qituvchilar talablariga ko‘ra menga berkitilgan 10-“D” sinfida matematika fanidan ochiq darslar o‘tkazdim. Maktabdagi katta o‘qituvchilar ochiq darslarimga kirib xato va kamchililarimni aytishdi. Ularning fikrlarini maslahatlariga quloq solib keyingi darslarimni yangicha usullar bilan olib borishni o’rgandim .
Maktabdagi matematika fanidan olimpiadalar va musobaqalarga qatnashadigan o‘quvchilar bilan darslardan keyin haftada ikki kun qo‘shimcha darslar olib bordim. Qo‘shimcha darslarda o‘quvchilarga mantiqiy masalalarni yechishning qulay usullarini o‘rgatdim. Matematika fanining turli qiyinchilikdagi masalalarini o‘rgatdim. Maktab ma’muriyati ijodiy ishlarimni va o‘quvchilar bilan qayta o‘zlashtirish uchun o‘tilgan qo‘shimcha darslarimni ma’qullashdi va ijobiy baho berishdi va keyingi ishlarimda bundanda shijoat bilan ishlashimni tavsiya etishdi.