I BOB.ADABIYOTLAR TAHLILI 1.1 Fanlarni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalar va ularning qo’llanilishi Hozirgi kunda ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, ularning ish jarayonida raqobatga asoslangan muhitni yuzaga keltirish, o’quv-tarbiya jarayonini sifatli o’quv adabiyotlari bilan va ilg’or pedagogic texnologiyalar bilan ta’minlash kabi masalalarni amalga oshirish dolzarb masaladir. Fan – texnikaning rivojlanishi va axborot texnologiyalari sohasidagi erishilgan yutuqlar insoniyat oldida turgan turli-tuman yangidan yangi muammolarni echishga imkon beradi. Ta’lim tizimida o‘quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon andozalari darajasiga ko‘tarish,zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini yurtimizda keng joriy etish metodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi.
Dasturlarni ommalashtirish maqsadida va talabalarga dars jarayonida o‘tiladigan multimedia ma’ruzalarini oldindan ularga taqdim etish maqsadida “Ta’limga yangi nigoh” shiori ostida sayt yaratildi. Bu saytlardan talaba va o‘qituvchilar fizika fanidan ma’ruzalarning elektron ko‘rinishini ko‘chirib olishlari va virtual laboratoriya ishlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri on line rejimda bajarishlari mumkin bo‘ldi. Ta’lim jarayoniga xususan O‘zbekiston Respublikasida aniq fanlarni o‘qitishda inqilobiy burilishga sabab bo‘ladigan dasturiy ta’minotlar xususida to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Bu an’anaviy uslubda o‘quvchi (talaba) nazariy materialarni o‘rganib chiqib, o‘rgangan bilimini mustahkamlash uchun masala echadi va laboratoriya ishlarini bajaradi. Bunda o‘quvchi nazariy va amaliy bilimga ega bo‘ladi. Bu an’anaviy uslubda fizika fanini o‘rganish albatta o‘z samarasini beradi. Lekin fizika fani misolida bir jarayonni keltirib o‘taman. Ko‘pgina fizikaviy masalalarni echishda o‘quvchi (talaba) masaladan kelib chiqqan holatda fizika qonuniyatlarining matematik formulasini yozadi va hosil bo‘lgan tenglamalar sistemasidan masala shartida so‘ralayotgan fizik kattalikni keltirib chiqaradi, kerak bo‘lsa, tahlil qiladi. Manashu bilan masala echish jarayoni tugaydi. Lekin o‘quvchi shu ishlagan masalasini tajribada tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Odatda pedagogik texnologiyalarni uchta darajasi mavjud deb aytiladi.
Umumiy metodik daraja. Umumiy pedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) darajada pedagogic texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, konseptual asoslari, o’qituvchii va o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi.
Xususiy metodik daraja. Bu darajada muayyan bir o’quv fani yoki kursini o’qitish jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta’lim mazmunini o’quvchilar onggiga singdirshda foydalaniladigan o’qitish metodlari, vositalari va shakllarining majmuasi tushuniladi.
Local (modul) daraja. Bu darajada ta’lim tarbiya jarayonining ma’lum bir qismida yoki bosqichida xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadni hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi.