Qadimgi Xorazm hududida paydo bo’lgan zardushtiylik dini bilan bog’liq bo’lgan afsona va rivoyatlar ham bevosita turkiy xalqlarning qadimgi o’tmishiga aloqadordir. Ayniqsa, bu dinning muqaddas kitobi bo’lgan “Avesto”dan bizgacha yetib kelgan parchalar madaniyatimiz tarixi juda boy va rang – barang bo’lganidan darak beradi. Zarina, Rustam, Siyovush haqidagi afsonalar ham turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Qadimgi qipchoqlarning ham o’ziga xos madaniyati va folklori bo’lgan. Bu borada ham hozir katta tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Yevro–Osiyo materigining juda katta hududida ko’chmanchi chorvador bo’lib yashagan qadimgi qipchoq madaniyati hozirgacha fanga noma’lum bo’lib keldi. Shuning uchun uning ko’plab obidalari o’z tadqiqotchilarini kutib yotibdi. Bu sohada I.Stebleva, N.Gumilyov, Adjumurod kabi olimlarning dastlabki ilmiy kitoblar e’lon qilindi. - Qadimgi Xorazm hududida paydo bo’lgan zardushtiylik dini bilan bog’liq bo’lgan afsona va rivoyatlar ham bevosita turkiy xalqlarning qadimgi o’tmishiga aloqadordir. Ayniqsa, bu dinning muqaddas kitobi bo’lgan “Avesto”dan bizgacha yetib kelgan parchalar madaniyatimiz tarixi juda boy va rang – barang bo’lganidan darak beradi. Zarina, Rustam, Siyovush haqidagi afsonalar ham turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Qadimgi qipchoqlarning ham o’ziga xos madaniyati va folklori bo’lgan. Bu borada ham hozir katta tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Yevro–Osiyo materigining juda katta hududida ko’chmanchi chorvador bo’lib yashagan qadimgi qipchoq madaniyati hozirgacha fanga noma’lum bo’lib keldi. Shuning uchun uning ko’plab obidalari o’z tadqiqotchilarini kutib yotibdi. Bu sohada I.Stebleva, N.Gumilyov, Adjumurod kabi olimlarning dastlabki ilmiy kitoblar e’lon qilindi.
Xullas, qadimgi turk madaniyati juda boy va rang – barang bo’lib, u barcha turkiy millatlar madaniyati tarixiga bevosita taalluqlidir. Bularni bir butun holda qiyosiy o’rganish turk ellari madaniyati aloqasini mustahkamlaydi va bir – biriga yaqinlashtiradi. Ko’rinib turibdiki, turk qavmlarinig ajralib ketishi natijasida ularning boshiga katta fojialar tushgan. Shundan keyin Bilga hoqon, Kultegin va Tunyuquqlar boshchiligidagi ozodlik harakati tufayli yana turk davlati qaddini tikladi. Sharqiy Turkistonda topilgan “Ta’birnoma” nomli asar ham Urxun – Yenisey yozuvida bo’lib, u qog’ozga bitilgan edi. Bu yodgorlikning ham tarixiy – badiiy qimmati nihoyatda kattadir.Arablar islom dinini turkiy xalqlar orasiga VIII asrdan boshlab tarqata boshlagan. Kavkaz va O’rta Osiyodagi turkiy xalqlarga islom dini juda katta kurashlar, urushlar bilan majburiy ravishda o’tkazildi. Keyinchalik esa ko’pgina turk elatlari bu dinni ixtiyoriy ravishda qabul qildi. Hozirgi turkiy xalqlarning ko’pchiligi islom diniga e’tiqod qiladi.Chuvash, gagauz kabi turkiy xalqlar esa xristian diniga; yoqut, oltoy kabi turkiy xalqlar esa budda diniga e’tiqod qilishadi. - Xullas, qadimgi turk madaniyati juda boy va rang – barang bo’lib, u barcha turkiy millatlar madaniyati tarixiga bevosita taalluqlidir. Bularni bir butun holda qiyosiy o’rganish turk ellari madaniyati aloqasini mustahkamlaydi va bir – biriga yaqinlashtiradi. Ko’rinib turibdiki, turk qavmlarinig ajralib ketishi natijasida ularning boshiga katta fojialar tushgan. Shundan keyin Bilga hoqon, Kultegin va Tunyuquqlar boshchiligidagi ozodlik harakati tufayli yana turk davlati qaddini tikladi. Sharqiy Turkistonda topilgan “Ta’birnoma” nomli asar ham Urxun – Yenisey yozuvida bo’lib, u qog’ozga bitilgan edi. Bu yodgorlikning ham tarixiy – badiiy qimmati nihoyatda kattadir.Arablar islom dinini turkiy xalqlar orasiga VIII asrdan boshlab tarqata boshlagan. Kavkaz va O’rta Osiyodagi turkiy xalqlarga islom dini juda katta kurashlar, urushlar bilan majburiy ravishda o’tkazildi. Keyinchalik esa ko’pgina turk elatlari bu dinni ixtiyoriy ravishda qabul qildi. Hozirgi turkiy xalqlarning ko’pchiligi islom diniga e’tiqod qiladi.Chuvash, gagauz kabi turkiy xalqlar esa xristian diniga; yoqut, oltoy kabi turkiy xalqlar esa budda diniga e’tiqod qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |