Urganch Davlat Universiteti Filologiya fakulteti 205-gurux “Filologiya tillarni o’qitish”


O‘zbek tilida so‘z yasalish tiplari va strukturasi



Download 318,05 Kb.
bet3/7
Sana04.03.2022
Hajmi318,05 Kb.
#483108
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shomurodova Mohira

1.1. O‘zbek tilida so‘z yasalish tiplari va strukturasi
Til lug‘at tarkibining yangi yasalgan so‘zlar hisobiga boyib borishi, so‘z
ma’nosining o‘zgarishi, uni boshqa ma’noda ishlatish yo‘li bilan yangi so‘z hosil
qilish – bular so‘z yasalishining leksikologiya bilan aloqasini ko‘rsatadi.
So'z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bolib, u yangi ma’noli so'z yasalishi, so'z yasash usullari, so'z yasalishiga aloqador bolgan hodisalarni organadi.
«so'z yasalishi» atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qollanadi: 1) tilshunoslikning so'z yasalishi bilan bogliq hodisalarni tekshiruvchi bolimini; 2) umuman so'z yasalishi, so'z hosil qilinishini bildiradi.
Nutqda so'zlar tub yoki yasama shaklda qo’llanadi.
Yasovchi affikslarga yoki yasovchi qismlarga ega bolmagan so'z tub so'z deyiladi: inson, xalq, millat, suv, non, havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, on, yigirma, biz hamma, ba’zi, bormoq, kelmoq, oqimoq, sekin, birga, hozir va h.k.
Tilda mavjud usullar bilan yangi hosil qilingan so’z yasama so’z deb yuritiladi. Masalan, tinchlik, bogbon, gulzor, jonlan, birlash, kokar, sezgir, zavqli so'zlari ozakka yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -li) qoshish usuli bilan yasalgan bolsa, Dilorom, Durbek, Oqtepa, bilakuzuk, sohibjamol, sofdil, erksevar so'zlari so'zlarni yoki so'z shakllarini qoshish, biriktirish usuli bilan hosil qilingan.
Tilda mavjud bolgan so’z (yoki so'zlar, so'z shakllar negizida ma’lum usullar bilan yangi ma’nodagi so’zlarni hosil qilish so'z yasalishi deyiladi.
O’zbek tilida so’z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, semantik, abbreviatsiya kabi usullari bolib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy va etakchi usullar hisoblanadi.
Affiksatsiya usuli. So’zga so’z yasovchi affiks qoshish bilan yangi so'z hosil qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, Paxtakor, sinfdosh, quvonch, dostlik, ochiq, tirishqoq, serjilo, ilmiy, oyla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan, oqilona, kopincha, ertalab va boshqalar.
so'z yasovchi affikslar ozbek tilida asosan suffiks tarzida qollanib, so'z o’zagidan so’ng qoshilib keladi. Ba’zan bunday affikslar o’zak oldiga prefiks tarzida qoshilib, yangi ma’nodagi so'z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, ba’mani, beminnat, begaraz, noo’rin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k.
Ozbek tilida so'z yasovchi affikslardan tashqari, oz xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi so'z-affikslar ham mavjud. Bunday so`z-affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona, qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, Yangiobod. Grammatika esa so‘z yasash jarayonini boshqaradi, yangi yasalgan so‘zlarning qaysi so‘z turkumiga tegishli ekanligini belgilaydi. Har bir turkum doirasida so‘z yasashning shakl yasash bilan aloqada ekanligi, so‘z yasalishi va shakl yasalishida ko‘pincha bir xil yoki bir-biriga yaqin affikslarning ishlatilishi esa so‘z yasalishi bo‘limining bevosita morfologiya bilan bog‘langanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, so‘z yasashning boshqa usullari bilan munosabatda ekanligini ham ko‘rsatadi. So‘z yasalishida qarindosh so‘zlarning tarkibi jihatidan aloqasi, o‘zaro
bog‘langanligi tahlil qilinadi. Shuning uchun so‘z yasalishi sistemasini o‘rganishda har bir konkret morfemaning (ham asos morfema, ham affiksal morfema) so‘z yasovchilik xususiyati aniqlanadi. Shuningdek, grammatik tarkibi turlicha bo‘lgan
so‘zlarning (tub va yasama so‘zlarning) yangi so‘z hosil qilishdagi rolini belgilash ham muhim ahamiyatga ega. Har bir yasalmada ikki narsa – yasash asosi va yasovchi vosita mavjud bo‘ladi. Masalan, bilim, hozirgi, yaxshilik so‘zlarida bil, hozir, yaxshi qismi yasash asosi bo‘lib, -im, -gi, -lik qismlari yasash vositasidir. So‘z qo‘shish orqali hosil bo‘lgan so‘zlarda esa ikki va undan ortiq yasovchi asos qatnashadi. Bu xil yangi so‘zning ma’nosi bir holatda yasovchi asos vazifasida kelgan qismlari ma’nosiga asoslanadi, shularning birlashuvidan kelib chiqadi: oqqush, tokqaychi, otboqar, temiryo‘l, asalari kabi. Ikkinchi holatda esa bunday so‘zning ma’nosi uning yasovchi asos vazifasidagi qismlari ma’nosidan kelib chiqmaydi, balki har ikki qismning qo‘shilishi natijasida ularning ma’nosidan farq qiladigan yangi ma’no ifodalanadi: oshqozon, qizilishton, qo‘lqop, gultojixo‘roz kabi.Demak, yangi yasalmani hosil qilishda qatnashadigan morfemalar yig‘indisi
so‘z yasalishi tarkibini tashkil qiladi. Masalan, bilim so‘zida bil – yasash asosi, -im yasovchi vosita – affiks; paxtachi so‘zida paxta – yasash asosi, -chi – yasovchi affiks.So‘z yasalishi tarkibi so‘zning morfema tarkibidan ham, so‘zning
morfologik tarkibidan ham farq qiladi. So‘zning morfema tarkibida har bir ma’noli qism – morfema ajratiladi. Jumladan, bilimdon so‘zi uch morfemaga bo‘linadi (bil- im-don). So‘z yasalish tarkibida esa bu so‘z yasash asosi va yasovchi affiks nuqtai nazaridan bilim-don tarzida ikki qismga ajratiladi. Shuningdek, bilimdonlik so‘zi morfemalarga bil-im-don-lik deb ajratilsa, so‘z yasalishi tarkibi bo‘yicha bilimdon-lik deb ajratiladi. So‘zning morfologik tarkibida asosan shakl yasash asosi va shakl yasovchi vosita aniqlanadi. So‘z yasash tarkibida esa so‘z yasash asosi va so‘z yasovchi affiks ajratiladi. Masalan, adabiyotshunoslikdan so‘zida adabiyotshunos
– so‘z yasash asosi, -lik – yasovchi affiks; adabiyotshunoslik – shakl yasash asosi,
-dan – yasovchi affiks. Demak, so‘z yasalish tarkibida so‘zning leksik ma’no
anglatadigan qismi, so‘zning morfologik tarkibida esa grammatik ma’no
ifodalovchi qism tahlil qilinadi. Tilda so‘z yasalishi uchun ham, shakl yasalishi uchun ham ko‘pincha affikslar xizmat qiladi. Har ikki holatda ham so‘z yasash asosi yoki shakl yasash asosi va so‘z yoki shakl yasash vositasi mavjud bo‘ladi. Ammo so‘zning tarkibini so‘z yasalishi asosi hamda shakl yasalishi asosi nuqtai nazaridan o‘rganish bir- biridan farq qiladi. «So‘z yasash» («so‘z yasalishi»). So‘z yasash birikmasi ikki ma’noga ega:
1) umuman, yangi so‘z hosil qilish; 2) til birliklari yordamida, ma’lum usul bilan
so‘z hosil qilish. Ana shu (ikkinchi) ma’nosi bilan «so‘z yasash» birikmasi
lingvistik termin hisoblanadi, lingvistik tushunchani bildiradi.
Bu birikmaning «so‘z yasalishi» shakli (-l affiksli nisbat shakli) ham keng
qo‘llanadi. Uning qaysi nisbat shakli ekanligiga e’tibor berish lozim. Chunki bu
narsa so‘z yasash (so‘z yasalishi, so‘z hosil bo‘lishi) bilan bog‘liq hodisalarning
mohiyatini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Mazkur qo‘shimcha yordamida fe’lning‘zlik va majhul nisbat shakli yasalishi ma’lum. Lingvistik termin bo‘lmish «so‘z yasalishi» birikmasidagi yasalish fe’li majhul nisbat shakli hisoblanadi. Bu termin (so‘z yasash) o‘zlik nisbat shakli va ma’nosida qo‘llanishi mumkin emas. Chunki «so‘z yasash» deganda, «maxsus til birikmalari yordamida, ma’lum bir usul bilan so‘z hosil
qilish» tushunilar ekan, bu hodisaning subyekt (bajaruvchi)ga aloqasi bo‘lmasligi
mumkin emas.
O‘zbek tili «so‘z yasalishi» deganda, «so‘z yasalishi» birikmasi, fonetika,
morfologiya terminlari kabi, o‘zbek tilshunosligining sohasini bildiradi. Demak,
so‘z yasalishi termini ikki ma’noga ega: 1) hozir qayd etilgan soha ma’nosi; 2) so‘z
yasash terminining majhul nisbat shakli va ma’nosi. So‘z yasalishi tilshunoslikning alohida sohasi (bo‘limi) sifatida, so‘z yasash va u bilan bog‘liq birliklar, hodisalar haqidagi, umuman aytganda, so‘z yasalishi tizimi haqidagi ta’limotdir. So‘z yasash termini til birliklari yordamida ma’lum usul bilan so‘z hosil qilishni bildirar ekan, birinchi galda, ana shu masalaga – so‘z yasash usuli masalasiga to‘xtalish lozim bo‘ladi. So‘z yasash usuli tushunchasi so‘z yasalishi bo‘limining asosiy tushunchalaridan biri, desak xato bo‘lmaydi. Uning mohiyatini to‘g‘ri anglamasdan, avvalo, so‘z yasashning qanday usuli yoki usullari borligini aniq belgilab bo‘lmaydi.
So‘z yasash usuli (usullari) bo‘yicha juda ko‘p ishlar qilindi, ko‘p fikrlar
bildirildi. Biroq o‘zbek tilshunosligida bu hodisaning mohiyati shu vaqtga qadar
aniq belgilangani, bu masalada bir fikrga kelingani yo‘q. Natijada, so‘z yasalishiga
oid juda ko‘p hodisalarning mohiyati to‘g‘ri yoritilmayotganligidan tashqari, so‘z
yasalishi bahsida bu tizimga aloqasi bo‘lmagan narsalar o‘rin olib kelyapti. Bu
ham yasama so‘z bilan bog‘liq masalalarni to‘g‘ri hal etishga o‘z salbiy ta’sirini
ko‘rsatib kelmoqda. Demak, so‘z yasash usuli masalasida to‘g‘ri va aniq bir
xulosaga kelish so‘z yasalishiga oid hodisalarni aniq belgilab olishga, ularning
mohiyatini to‘g‘ri yoritishga yo‘l ochadi. Bunda o‘zga tillarga oid qoidalar,17
ta’riflar asosida emas, bevosita o‘zbek tilining‘z materiallari asosida ish ko‘rish
talab etiladi.
O‘zbek tili so‘z yasalishi haqida fikr yuritilgan ishlarda so‘z yasalishining
bir necha usuli qayd etiladi. E’tibor bering: «…o‘zbek tilida so‘z yasashning
vositalari har xil bo‘lib, ularning tiplari shunday ko‘rinishlarga ega: morfologik tip
(so‘z yasashning leksik-semantik yo‘li), morfologik-sintaktik tip (so‘z yasashning
morfologik-sintaktik yo‘li), fonetik tip (so‘z yasashning fonetik yo‘li). Demak,
so‘z yasash: 1. Grammatik so‘z yasash (affiks yordamida so‘z yasash –
affiksatsiya, so‘z qo‘shish yo‘li bilan so‘z yasash – kompozitsiya, so‘zni bir leksik- grammatik kategoriyadan boshqa turkumga ko‘chirish, kategorial ko‘chish yo‘li bilan yasash - konversiya). 2. Leksik-semantik so‘z yasash (ma’no‘zgarishi orqali yangi so‘zning hosil bo‘lishi). 3. Fonetik so‘z yasash (fonetik vositalar – har xil fonetik o‘zgarishlar yordami bilan yasash) tusida bo‘ladi. Hozirgi zamon o‘zbek tilida so‘z yasashning keng qo‘llaniladigan, eng
unumli, yetakchi tiplari affiksal yo‘l va kompozitsiya – so‘z qo‘shish yo‘lidir…
Hamma tipdagi so‘z yasalish uchun umumiy belgi yangi leksema hosil
qilishdir». Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilida leksemalar qanday yo‘llar bilan yuzaga
keladigan bo‘lsa, ularning hammasi so‘z yasash usuli deb qaralyapti va har bir
«usul» so‘zning yuzaga kelish yo‘li bilan atalyapti. Boshqa ishlarda ham xuddi
shunday berilgan. So‘z yasash deganda, ma’lum bir lug‘aviy birlikdan so‘z yasovchi vosita yordamida yangi so‘z hosil qilish tushuniladi. Masalan, bilim so‘zi bil so‘ziga – (i)m qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilingan. Demak, bu usul – qo‘shimcha qo‘shish usuli. Har qanday yasama so‘z ana shunday tarkibiy qismdan – so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchidan iborat tarkibiy qismdan tashkil topgan bo‘ladi. Shunday qismlarni biriktirib, so‘z hosil qilish so‘z yasash usulini belgilaydi. So‘z yasash hodisasi va usuli shunday tushunilganda, so‘z yasash usuli deb ta’riflanayotgan usullarning ko‘pchiligi so‘z yasash usuli emasligi ma’lum bo‘lib qoladi.Har bir yasama so‘z so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchidan iborat tarkibga ega bo‘lishini ko‘rdik. Ana shu tarkib so‘z yasashning modeli hisoblanadi. Lekin
A.Hojiyev qo‘shma so‘z deb atalayotgan so‘zlarda esa so‘z yasash modeli yo‘q
deb ta’kidlaydi. So‘z yasovchilar o‘zbek tilida so‘z yasalish asosiga va so‘z oxiriga
qo‘shiladi, ya’ni suffiks, suffiksoid xarakterida bo‘ladi: ishchi, ishla, ishxona kabi.
O‘zbek tili so‘z yasovchilariga nisbatan ham, o‘rni bilan, umumlashtiruvchi «formant» so‘zini (so‘z yasovchi formant terminini) qo‘llash mumkin. Har qanday yasama so‘zning tarkibi ikki qismdan – so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchidan iborat bo‘lishini bilamiz. Yangi so‘z yasashda doim shu ikki komponent ishtirok etishi sababli ayrim ishlarda, ayniqsa, rus tiliga oid ishlarda, so‘z yasalish asosi ham so‘z yasovchi, «yasovchi» deyilaveradi. O‘zbek tilshunosligida bu haqda A.Berdialiyev «O‘zbek tilida so‘z yasovchi qo‘shma affikslar» nomli nomzodlik dissertatsiyasida, jumladan, quyidagicha fikrni bildiradi: «… o‘zbek tilida affiksal so‘z yasalishi sohasida yasovchi element deb, odatda faqat affiksning o‘zi qarab kelingan, o‘zak-negiz yasovchi element sifatida qaralmagan, shunga ko‘ra u semantik jihatdan keng tahlil qilinmagan, holbuki,
masalan, ipakchi so‘zining har ikki elementi ham yasovchilardir… ipakchi so‘zi
ipak va –chi elementlaridan hosil qilingan».
So‘z yasalishida ikki qism – so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchi ishtirok
etishi, yasama so‘z shu ikki qismning birikishidan hosil bo‘lishi to‘g‘ri. Lekin
faqat shunga asoslanib, mohiyatan bir-biridan farqli bo‘lgan so‘z yasalish
birliklarini (so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchini) bir xil nom bilan, ya’ni «so‘z
yasovchi» deb atash hech bir jihatdan maqbul emas. So‘z yasalishida ishtirok
etuvchi bu ikki komponent ma’nosi, vazifasi va boshqa xususiyatlari bilan bir-
biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra, bularning har birini, o‘z ma’no va vazifasi
asosida, alohida nom bilan atash lozim.
«So‘z yasalish asosi» termini yasama so‘zning shu komponentini umumiy
xususiyatiga ko‘ra ataydi. Bunda uning material jihatdan qanday birlik ekani aks
etmaydi. Masalan, terim so‘zining ter qismi (yasama so‘zning tarkibiy qismi
sifatida) so‘z yasalish asosi, material qism sifatida – leksema, tub so‘z, fe’l.
Terimchi so‘zining terim qismi – so‘z yasalish asosi, material qism sifatida –
yasama so‘z, ot. «So‘z yasovchi» termini ham yasama so‘zning ikkinchi tarkibiy qismini umumiy (asosiy) xususiyatiga ko‘ra ataydi va bu nomda uning material jihatdan
qanday birlik ekani aks etmaydi. Masalan, rangdor, qabulxona, kamchiqim
so‘zlaridagi -dor, -xona, kam- so‘z yasalish birligi sifatida – so‘z yasovchi.
Material birlik sifatida esa -dor – affiks, -xona – affiksoid, kam – yordamchi so‘z.
Demak, «so‘z yasovchi» deganda, so‘z yasalish asosiga nisbatan olinib,
unga qo‘shiladigan va yasama so‘zni hosil qiladigan komponent tushuniladi. Ana shunday tushunilganda, atalganda so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchi terminlari har bir birlikning (yasama so‘z komponentlarining) mohiyatini, ularning o‘zaro farqini aniq aks ettiradi va so‘z yasalish birliklarining atamasi hisoblanadi. So‘z yasalishi usullarida yasalgan yasama so‘zlar ma’lum tarkibga ega bo‘ladi. Yasama so‘zning tarkibi uni tashkil etuvchi qismlardan iborat bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, yasama so‘z so‘z yasalish asosiga so‘z yasovchini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Binobarin, har bir yasama so‘z ana shu ikki qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni so‘z yasalish tarkibi so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchidan tuziladi. Yasama so‘z tub so‘z, shuningdek, yasama so‘zdan hosil qilinishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham yasama so‘zning tarkibi ikki qism (komponent)dan iborat bo‘ladi. Masalan, terim so‘zining so‘z yasalish tarkibi ter (so‘z yasalish asosi) va –im (so‘z yasovchi)dan tashkil topgan. Terimchi so‘zining so‘z yasalish tarkibi terim (so‘z yasalish asosi) va –chi (so‘z yasovchi)dan iborat. So‘z yasalish asosi bilan so‘z yasovchining mohiyatini to‘g‘ri belgilash, umuman, so‘z yasalishining, yasama so‘zning mohiyatini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. O‘zbek tilshunosligida ancha vaqtlargacha so‘z yasalish asosi birligi qayd etilmas edi. Faqatgina so‘z yasovchi affikslarning u yoki bu so‘z turkumiga oid so‘zlardan (masalan, otdan, sifatdan yoki fe’ldan) so‘z yasashi qayd etilar edi. Lekin bu narsa so‘z yasalishi bilan bog‘liq biror hodisaning, jumladan, so‘z yasalish asosining mohiyatini aks ettira olmaydi. Chunki birinchidan, hech qaysi so‘z yasovchi biron turkumga oid so‘zlarning hammasidan so‘z yasamaydi. Ikkinchidan, so‘z yasalishiga asos bo‘ladigan so‘zni ot, sifat, fe’l deb atash so‘z
yasalish asosining material tomoninigina aks ettiradi va so‘z yasalishi nuqtai
nazaridan, so‘z yasalish asosining mohiyati nuqtayi nazaridan hodisani (so‘z
yasalishi birligini) aks ettira olmaydi. Shuningdek, so‘z yasalish asosiga nisbatan so‘z, leksema terminlari aralash qo‘llanib kelmoqda. Hatto, yasama so‘zning o‘zi ham «so‘z», «leksema» deb nomlanib kelmoqda. Bu ham lisoniy birlik va nutq birligini farqlamaslik bilan bog‘liqdir. Lekin bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda yasama so‘z tarkibiy
qismlarining va yasama so‘zning o‘z mohiyati belgilanmay qolaveradi. Oqibatda
so‘z yasalishi, yasama so‘z bilan bog‘liq boshqa hodisalarning mohiyatini
belgilash mumkin bo‘lmaydi. Keyingi vaqtlarda yaratilgan ishlarda (boshqa tillarga oid ishlar ta’sirida) so‘z yasalish asosi hodisasiga e’tibor berilla boshlandi. Lekin aytib o‘tilgan hodisalar bilan birga, so‘z yasalish asosining ham mohiyati aniq va to‘g‘ri talqinini topgani yo‘q. So‘z yasalish asosi so‘z yasalishi sathiga xos birlik ekan, uning mohiyati shu nuqtai nazardan belgilanishi lozim bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, yasama so‘zning mohiyatini belgilashga yo‘l ochadi. So‘z yasalishi asosi haqida gap borganida, birinchi navbatda, uning qanday birlik ekani, ya’ni lisoniy birlikmi yoki nutq birligimi, leksemami yoki so‘z ekanini aniq belgilash (u haqda aniq xulosaga ega bo‘lish) shart. Shundagina so‘z yasalishi bilan bog‘liq boshqa hodisalarni ham to‘g‘ri va aniq yoritishga yo‘l ochiladi. O‘zbek tilshunosligida so‘z termini «leksema» ma’nosida ham, «so‘z shakl» ma’nosida ham qo‘llanilib kelindi va hozir ham bu hol ma’lum darajada davom etyapti. Binobarin, yasama so‘zning asosi bo‘luvchi qismning mohiyatini shu nuqtai nazardan aniq belgilash kerak bo‘ladi. Shu asosda so‘z yasalishining
mahsuli qanday birlik ekani ham hal etiladi. «So‘z» deganda, umuman, lug‘aviy birlik emas, ma’lum bir (muayyan) grammatik shakldagi lug‘aviy birlik tushunilishi ma’lum. Shu nuqtai nazardan yondoshilsa, so‘z yasalish asosini so‘z deyish mumkin bo‘lmaydi. Chunki u yasama so‘z tarkibida grammatik shaklga ega bo‘lmaydi (So‘z yasalish asosiga so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishining o‘ziyoq shundan dalolat beradi). Demak, so‘z yasalish asosiga nisbatan «so‘z» atamasi (termini) xuddi shu ma’noda – «so‘z yasalish uchun asos bo‘luvchi lug‘aviy birlik» ma’nosida qo‘llanadi (so‘zshakl
ma’nosida emas) va bunday qo‘llanishga e’tiroz bo‘lishi mumkin emas.
Yasama so‘z – lisoniy birlik. So‘z yasalish asosi va so‘z yasovchining
tahlilidan ko‘rish mumkinki, so‘z yasovchi so‘z yasalishiga asos bo‘luvchi
leksemaning muayyan bir ma’nosi asosida undan yangi so‘z hosil qiladi. Yasama so‘zning ma’nosi so‘z yasalish asosining ana shu muayyan ma’nosi bilan so‘z yasovchining ma’nosi zaminida yuzaga keladi. Shuning uchun ham yasama so‘zning ma’nosini uning tarkibiy qismlari (so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchi) ma’nosi bilan asoslash mumkin bo‘ladi. Masalan, bokschi, futbolchi, xokkeychi so‘zlarining ma’nosiga e’tibor bering. Lekin bu holni yasama so‘zning ma’nosi uning tarkibiy qismlari ma’nosiga teng (shu qismlar ma’nosining oddiy
qo‘shiluvidan yuzaga keladigan ma’no) deb tushunmaslik kerak. Yasama so‘zning ma’nosi so‘z yasalish asosi ma’nosi bilan so‘z yasovchining ma’nosi sintezidan yuzaga keladi. Shuning uchun ham yasama so‘z ma’nosi (sememasi) tarkibida so‘z yasalish asosi yoki so‘z yasovchining ma’nosi tarkibida bo‘lmagan sema mavjud bo‘ladi. Masalan, pulemyotchi, buldozerchi, tankchi so‘zlarining hammasida –chi so‘z yasovchisi umuman shaxs ma’nosi bilan qatnashyapti. Shu bilan birga, bu so‘zlarning har birida bu shaxsning faoliyatini qayd etuvchi sema ham bor: buldozerchi – buldozerni boshqaruvchi (haydovchi) shaxs; pulemyotchi – pulemyot otuvchi shaxs; tankchi – tank ekipaji a’zosi. Bu narsa yasama so‘zning o‘ziga xos shakl (ifoda) va ma’no butunligiga ega bo‘lgan lisoniy birlik - leksema ekanini ko‘rsatadi. So‘z yasalishi umumtilshunoslikda derivatsiya (so‘z yasalishi) nomi bilan yuritilib kelmoqda. Hozir derivatologiya alohida soha bo‘lib, leksik va sintaktik derivatsiyaga ham ajratilib o‘rganilmoqda. Derivatsiya hodisasi diaxron (tarixiy) va sinxron (hozirgi) usullariga ega. Biz hozirgi sinxron yasalish masalasi bilan qiziqamiz. Chunki diaxron so‘z yasalishi til tarixining o‘rganish obyekti hisoblanadi.Aslida derivatsiya so‘z yasalishini ham (ishchi, ishla, kitobxon kabi), ichki imkoniyat asosida yangi leksema paydo bo‘lishini ham (kelinchak, ixtisoslashuv, o‘qigan, birov) kabilarni ham o‘rganadi. So‘z yasalishi bu sof nutqiy hodisa, nutqiy jarayon. U derivatsiyaning asosiy qismini tashkil etadi. Biroq uning lisoniy asosi ham bor. Shu bois u til va nutqqa birday daxldor hodisa sanaladi.
So‘z yasalishi atamasi ikki ma’noni anglatadi: a) so‘z yasash jarayoni atamasi; b) ushbu jarayonni o‘rganuvchi soha. Aslida so‘z yasalishi deganda qanday usul bilan bo‘lsa ham yangi so‘z hosil qilish tushuniladi. Masalan, affiksatsiya usuli bilan: o‘quvchi, bemaza, paxtakor kabi; kompozitsiya usuli bilan: bilakuzuk, gultojixo‘roz kabi.
O‘zbek tilida so‘z yasalishining asosan quyidagi usullari mavjud:
affiksatsiya usuli (asosga yasovchi qo‘shimcha qo‘shish yordamida): bil+im, tilak; kompozitsiya usuli (ikki va undan ortiq so‘zning qo‘shilishi orqali so‘z yasash): qora+qurt, oltingugurt; abbreviatsiya usuli (qisqartma qo‘shma so‘zlar):
pedkengash, ijroqo‘m. Lekin so‘z yangi ma’no kasb etishi natijasida ham hosil bo‘lishi mumkin. Masalan: ishbilarmon so‘zi hozir yangi ma’no kasb etmoqda. Ya’ni, tadbirkor ma’nosida qo‘llaniladi. Lekin bu yerda yangi so‘z hosil bo‘lgani yo‘q. Demak, so‘z yasalishi, yasama va yangi ma’no kasb etgan so‘zlarning leksemalashuvi hodisasini farqlash kerak ekan. Derivatsiya hodisasida ham tarixiy va zamonaviy so‘z yasalishni farqlash kerak.Hozirgi (sinxron) derivatsiyada yasama so‘z bilan derivatsion (so‘z yasash) qolipida aloqa mavjud. Qolipning shakliy va mazmuniy tomoni hosila so‘zda o‘z izini qoldirgan bo‘ladi. Masalan: kitobchi yasama so‘zida kitob (ot) + chi – kasbi
bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti yasalgan. Tarixiy derivatsiyada yasama so‘zning shakliy va mazmuniy tomoniga mos qolip bo‘lmaydi. Masalan: qishloq, ovloq kabi so‘zlar anglatgan ma’noni ularni tashkil etuvchi derivatsion qolip asosida aniqlab bo‘lmaydi. Chunki ular tarixiy yasalish asosida yuzaga kelgan. Masalan, qorovul, yasovul, bakovul so‘zlarida ham xuddi shu holatni ko‘ramiz. So‘z yasash (derivatsion) qolip mavjud bo‘lib, har qanday yasama so‘z shu qolip asosida paydo bo‘ladi. Hosila so‘z lisoniylashib, o‘z qolipidan uzilib ketsa ham, ular bilinar-bilinmas qolip bilan bog‘lanib turadi.
So‘z yasash qolipi 2 uzvdan tashkil topadi:
a) qolipning shakliy tomoni;
b) qolipning mazmuniy tomoni.
Yasama shakl va mazmun biror qolipga muvofiq kelsa, unga shu qolip
hosilasi deb qarash mumkin. Masalan: narsa-qurol otini yasovchi affikslardan hosil
bo‘lgan qolip: o‘roq, taroq, kurak kabi. Lekin so‘roq, bilak, tilak bu qolipga ziddir.
So‘z yasash qolipining shakliy tomoni ikki qismdan tashkil topadi:
1) yasovchi asos; 2) yasovchi vosita. Masalan: taroqchi otida shu kasb bilan
shug‘ullanuvchi shaxs ma’nosini anglatuvchi asos taroq bo‘lib, bu yasovchi asos, -
chi esa yasovchi vosita sanaladi. Derivat-operant kabi. Asos mustaqil leksema,
yasovchi vosita affiks bo‘ladi.
Qolipning yasovchi asosi, albatta, mustaqil so‘z, yasovchi vosita qismi esa
so‘z ham, qo‘shimcha ham bo‘lishi mumkin. Masalan, qo‘shma (otboqar), juft
(qozon-tovoq) so‘z yasash qoliplarida asos ham, vosita ham so‘z.
Yasovchi affikslarning so‘z yasash darajasi bir xil emas. Ayrim affikslar
juda ko‘p miqdorda yangi so‘zlar yasash uhun xizmat qilsa, ba’zilari miqdor
jihatdan kamroq so‘z yasaydi yoki so‘z yasash xususiyatini hozir umuman
yo‘qotgan. Yasovchi affikslar shu jihatdan uch turga bo‘linadi:
1) unumli affikslar. Juda ko‘p so‘z yasashga xizmat qiladi: -chi (ish-chi, jang-chi, bo‘yoq- chi), -li (aql-li, bola-li, g‘ayrat-li), -la (tuz-la, oq-la, joy-la), -ma (bo‘l-ma, mosla- ma, qatla-ma), -lik (bola-lik, yosh-lik, tinch-lik, do‘st-lik) kabi; 2) kamunum

Download 318,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish