Ammo bu sharafli loyiha qatnashchilari oldida o‘ta murakkab vazifalar va muammolar borki, bu muammolarni ham ilmiy jamoatchilik yordamida hal qilish mumkin. 1.Entsiklopediya (qomus) “janr”ining qonun-qoidalariga ko‘ra, adibning ota-onasi, zamondoshlari, tadqiqotchilari va boshqa shaxslarga bag‘ishlangan maqolalarda ularning tug‘ilgan, vafot etgan sana va joylari qayd etilishi lozim. Baxtga qarshi, Abdulla Qodiriyning aksar qarindosh-urug‘lari, mahalladoshlari, yor-do‘stlari, turli sohalarga mansub zamondoshlarining tug‘ilgan va vafot etgan sanalarini aniqlash oson emas. - 1.Entsiklopediya (qomus) “janr”ining qonun-qoidalariga ko‘ra, adibning ota-onasi, zamondoshlari, tadqiqotchilari va boshqa shaxslarga bag‘ishlangan maqolalarda ularning tug‘ilgan, vafot etgan sana va joylari qayd etilishi lozim. Baxtga qarshi, Abdulla Qodiriyning aksar qarindosh-urug‘lari, mahalladoshlari, yor-do‘stlari, turli sohalarga mansub zamondoshlarining tug‘ilgan va vafot etgan sanalarini aniqlash oson emas.
- 2.Abdulla Qodiriy qalamiga mansub birorta asar matni bizgacha yetib kelmagani uchun (ular tintuv paytida olib ketilib, kuydirib tashlangan) ularni nashr nusxalari bilan solishtirish imkoniyati yo‘q. Ammo shu narsa aniqlandiki, adibning ayrim asarlari dastlab gazeta yoki jurnalda, keyin esa kitob shaklida nashr etilganida, ma’lum bir tekstologik (matniy) o‘zgarishlarga uchragan. Bu hol “qomus”da adib asarlari matni tarixini berishdan avval jiddiy tekstologik (matniy) tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi
3.Abdulla Qodiriy mashhur hajvchi adib sifatida 20 – 30-yillarda “Mushtum” jurnalida ko‘plab hajviy asarlarni e’lon qilgan va ularni turli taxalluslar bilan imzolagan. Adib istifoda etgan taxalluslarning mavjud ro‘yxatlarini to‘la va aniq deyish qiyin. Masalan, “Mushtum” taxallusidan 20-yillarda Qodiriyning ham, Cho‘lponning ham, G‘ozi Yunusning ham foydalangani ma’lum. Bu hol “Mushtum” jurnali va boshqa nashrlarda e’lon qilingan hamda adibga mansub deb kelingan hajviy asarlarni uslub nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. - 3.Abdulla Qodiriy mashhur hajvchi adib sifatida 20 – 30-yillarda “Mushtum” jurnalida ko‘plab hajviy asarlarni e’lon qilgan va ularni turli taxalluslar bilan imzolagan. Adib istifoda etgan taxalluslarning mavjud ro‘yxatlarini to‘la va aniq deyish qiyin. Masalan, “Mushtum” taxallusidan 20-yillarda Qodiriyning ham, Cho‘lponning ham, G‘ozi Yunusning ham foydalangani ma’lum. Bu hol “Mushtum” jurnali va boshqa nashrlarda e’lon qilingan hamda adibga mansub deb kelingan hajviy asarlarni uslub nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi.
- 4.Abdulla Qodiriy aksar asarlari matnida tasvir etilgan voqea yoki shaxsga oid fikr yoki ma’lumotdan tashqari boshqa pinhona fikrlar qatlami yo‘q emas. Masalan, adib hajviyalarida kimning ustidan kulish emas, balki kulgi vositasida ifodalangan boshqa maqsad ham bo‘lishi tabiiy. Ammo bu hol ko‘pincha qodiriyshunoslar e’tiboridan chetda qolib kelgan. “Qomus”da, katta yo kichikligidan qat’iy nazar, adibning har bir asari haqida tahliliy maqola berilganida, shu asar zamirida yotgan tagma’noni, badiiy niyat va maqsadni ilg‘ab olish va yoritish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |