Bundan tashqari, “Muhammad Yusuf she’riyati lingvopoetikasi”(2007) mavzusida Dilfuza Shadiyeva nomzodlik dissertatsiyasini ishlab chiqqan. Bu ishda Muhammad Yusuf she’rlarini lingvopoetik jihatdan o‘rganib, unda tilning badiiy tasvir vositalaridan, shuningdek, umuman tildan foydalanishdagi mahoratini tahlil qilishga e’tibor qaratgan. Bu ish orqali shoirning o‘zbek tili rivojidagi o‘rnini belgilashga alohida ahamiyat bergan. Bu tadqiqot ishida Muhammad Yusufning antitezadan foydalanishi, she’rlarida sinonimlar, iboralar va o‘zbek xalq maqollarining qo‘llanilishi haqidagi fikrlarini ham bildirib o‘tgan. Tadqiqot ishida muallif Muhammad Yusufning hali o‘rganilishi kerak bo‘lgan, yechimini kutayotgan jihatlari haqida ham to‘xtalib o‘tgan. - Bundan tashqari, “Muhammad Yusuf she’riyati lingvopoetikasi”(2007) mavzusida Dilfuza Shadiyeva nomzodlik dissertatsiyasini ishlab chiqqan. Bu ishda Muhammad Yusuf she’rlarini lingvopoetik jihatdan o‘rganib, unda tilning badiiy tasvir vositalaridan, shuningdek, umuman tildan foydalanishdagi mahoratini tahlil qilishga e’tibor qaratgan. Bu ish orqali shoirning o‘zbek tili rivojidagi o‘rnini belgilashga alohida ahamiyat bergan. Bu tadqiqot ishida Muhammad Yusufning antitezadan foydalanishi, she’rlarida sinonimlar, iboralar va o‘zbek xalq maqollarining qo‘llanilishi haqidagi fikrlarini ham bildirib o‘tgan. Tadqiqot ishida muallif Muhammad Yusufning hali o‘rganilishi kerak bo‘lgan, yechimini kutayotgan jihatlari haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
Muhammad Yusufning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, xalqimiz ma’naviyati, ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini, ezgu fazilatlarni kamol toptirishga yorqin iste‘dodi, betakror badiiy asarlari, ibratli ijtimoiy faoliyati bilan katta hissa qo‘shganligini hech shubhasiz, e‘tirof eta olamiz. Zero, badiiy adabiyot xalqning ruhiy olamini, ichki dunyosini so‘z vositasida ochib beradigan, kishilarni ruhlantira olishga, qanoatlantirishga qodir buyuk bir san‘at ekanligi barchamizga ma‘lum. U insonning kasbidan qat’iy nazar, kattadan-kichik barchaga birdek barobar aziz hisoblanadigan ne’matdir. Mana shunday buyuk va qadrli ne‘matdan bahramand bo‘la olgan buyuk iqtidor sohibi Muhammad Yusuf ham o‘z ko‘ngil kechinmalarini, dardu hasratlarini qog‘ozga ko‘chira olgan, insonlarning qalb dengizini to‘lqinlantira olgan beqiyos ijodi bilan adabiyot sahifalarida o‘chmas iz qoldirdi. - Muhammad Yusufning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, xalqimiz ma’naviyati, ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini, ezgu fazilatlarni kamol toptirishga yorqin iste‘dodi, betakror badiiy asarlari, ibratli ijtimoiy faoliyati bilan katta hissa qo‘shganligini hech shubhasiz, e‘tirof eta olamiz. Zero, badiiy adabiyot xalqning ruhiy olamini, ichki dunyosini so‘z vositasida ochib beradigan, kishilarni ruhlantira olishga, qanoatlantirishga qodir buyuk bir san‘at ekanligi barchamizga ma‘lum. U insonning kasbidan qat’iy nazar, kattadan-kichik barchaga birdek barobar aziz hisoblanadigan ne’matdir. Mana shunday buyuk va qadrli ne‘matdan bahramand bo‘la olgan buyuk iqtidor sohibi Muhammad Yusuf ham o‘z ko‘ngil kechinmalarini, dardu hasratlarini qog‘ozga ko‘chira olgan, insonlarning qalb dengizini to‘lqinlantira olgan beqiyos ijodi bilan adabiyot sahifalarida o‘chmas iz qoldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |