Mavzu:Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xufyona iqtisodiyot va uni tartibga solish yoʼllari.
Topshirdi: ____________________________
Qabul qildi: ______________________
Urganch-2023
Mundarija
KIRISH ASOSIY QISM I BOB. DAVLAT IQTISODIY BUDJETINI RIVOJLANTIRISH AHAMYATI 1.1. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda davlat
budjetining ahamiyati.
1.2. Davlat budjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularning
tashkiliy –huquqiy asoslari
II BOB. IQTISODIYOTNI MODERIZATSIYALASHDA SAMARALI IJROSINI TA’MINLASH. 2.1 Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili
2.2 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash masalalari
III. XULOSA VI. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH Budjetda markazlashtirilayotgan mablag’lar davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zo’zini boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli funktsiyalar va vazifalarning bajarilishi ta’minlaydi. Budjetning maqsadi resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyatni barpo etishdir.
Budjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Bizning mamlakatimizda zamonaviy budjetni barpo etish mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshlangan edi. Bu narsa mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda keskin o’zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida, budjetning oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi.
“Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizdan ortig’i ta’lim, 14,5 foizdan ko’prog’i sog’liqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi”-deydi prezidentimiz I.A. Karimov o’z ma’ruzalarida1. Darhaqiqat davlat budjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohalarni mablag’ bilan ta’minlashga yo’naltirilgan ekan, avvalo ushbu mablag’lardan foydalanish va davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’minnlash dolzarb masaladir.
Istiqlolimizning tarixiy nuqtai-nazardan qisqa yillarida budjet masalalarida juda katta yutuqlarga erishilganiga qaramasdan, hamon bu erda muammolar mavjud. Budjet daromadlarining qiyinchiliklar evaziga shakllantirilayotganligi, hamma vaqt ham budjet mablag’laridan oqilona foydalanilmayotganligi, budjet defitsiti darajasini belgilangan me’yorlar darajasida ushlab turishning zarurligi ana shunday muammolar qatoriga kiradi. Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun samarali faliyat qiluvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi.