Tuproqlar fizikasi
Tuproq hosil bo`lish jarayonining tashqi ifodasiga tuproq morfologiyasi deyiladi, (tashqi ko`rinishi desa ham bo`ladi). U tuproqning ichki kimyoviy, fizikaviy va mexanik xossalarini ifodalaydi.
1. Tuproq kesmasi – tuproqning morfologik belgilarini o`rganish uchun qaziladi. Unda pastga tomon genetik qatlamlar bo`ladi. Ularning yig`indisi tuproq kesmasi deb ataladi.
Qatlamlar asosan 3 ga bo`linadi va ular lotin harflar bilan belgilanadi.
A – ustki, qatlam bo`lib bu ham o`z navbatida qatlamchalarga bo`linadi:
Ao – o`simliklar qiyi (to`shagi);
A1 – chirindili – akkumlyativ qatlam, chirindi – (gumus) qatlami;
A2 – yuvilma yoki elyuvial – suv yuvib ayrim moddalarni pastga tushiradi.
*B – Illyuvial oraliq - shimilma qatlam. Yuqoridan kelgan moddalar shu qatlamda to`planadi
_________________________________________
*B – o`tuvchi (oraliq)- ilyuvial (shimilma).qatlam
M=A+B – tuproqning qalinligini (M) tashkil qiladi. Qalinlik bir necha sm-dan 150-250-300 sm.gacha bo`ladi. Qadimgi madaniy-agroirrigatsion qatlam ( ayniqsa O`rta Osiyoda) qalin bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |