Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/113
Sana26.02.2022
Hajmi3,27 Mb.
#465174
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113
Bog'liq
majmua Sanoat mikrobiologiyasi 2021

Aspergillus, Mucor, Geotrichum
, ayrim achitqi 
zamburug‘lar (
Candida

va 
bakteriyalardir 
(
Pseudomonas
). 
Lipazalar 
triasilgliserollarni parchalab yog‘ kislotalari va gliserin xosil qiladi. Sanoat asosida 
ko‘p miqdorda ishlab chiqarilayotgan va keng miqyosda xalq xo‘jaligida 
qo‘llanilayotgan fermentlardan tashqari, kam miqdorda olinadigan va kam soxada 
qo‘llaniladigan bir qancha fermentlar xam bor, lekin bularning ayrimlari o‘ta 
darajada muximdir. Bular qatoriga restriktazalar (endonukleazalar), nuklein 
kislotalarni parchalovchi fermentlar va ligazalar - ularni sintezida ishtirok qiladigan 
fermentlar kiradi. Bu fermentlar gen muxandisligi ilmiy ishlarini olib borishda 
zarurdir. Bularni xam xar xil mikroorganizmlar ishlab chiqaradi. 
Fermentlarning xalq xijaligidagi ahamiyati 
Mikroorganizmlar fermentlaridan xalq xo‘jaligining turli xil soxalarida 
foydalanish juda xam istiqbollidir. Xozirgi vaqtda mikroorganizmlardan olingan 
ferment preparatlari sanoatning ko‘p soxalarida qishloq xo‘jaligida va tibbiyotda 
qo‘llanib kelinmoqda. Pivo va vino tayyorlashda solod o‘rniga zamburug‘ning 
amilaza ferment preparatidan foydalaniladi. Bu ishlab chiqarishni arzonlashtiradi va 
qalla xarajatini kamaytiradi. SHunga o‘xshash amilaza eriydigan kraxmal, dekstrin 


olish uchun xam ishlatiladi. Amilaza fermenti bilan berilgan, sabzavot va 
mevalardan olingan maxsulotlar o‘zining tarkibida ko‘p miqdorda qand moddalari 
saqlaydi va yaxshi xazm bo‘ladi, ayniqsa, bu bolalarga foydalidir. 
Non va non maxsulotlari tayyorlashda amilaza xamirni achishini 
tezlashtiradi va nonning sifatini yaxshilaydi. Konditer sanoatida achitqi 
zamburug‘ining invertazasidan (saxarozasi) foydalaniladi, saxarozani glyukoza va 
fruktozaga aylantirib beradi, u saxarozani yuqori miqdorida kristallanishining oldini 
oladi. Zamburug‘larning pektinazasi meva va uzum sharbatini tindirish uchun 
ishlatiladi. Vino ishlab chiqarishda o‘zum sharbati chiqish miqdorini ko‘paytirish 
uchun va kofe ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Glyukoamilazadan pivo tayyorlash 
sanoatida pivodan dekstrin qoldig‘ini tozalash uchun ishlatiladi. Glyukoizomeraza 
saxarozani o‘rniga glyukoza-fruktozali sharbat olishda foydalaniladi. 
Laktoza, laktozasiz sut olish uchun ishlatiladi. Laktozalar yordamida 
tarkibida ko‘p miqdorda laktoza bo‘lgan sut zardobidan qand (glyukoza, galaktoza) 
olinadi. Zamburug‘larni glyukozaoksidazasi katta axamiyatga ega, chunki bular oziq 
ovqat maxsulotlarini glyukoza qoldig‘idan va molekulyar kisloroddan ozod qiladi 
va bu bilan ularni saqlash muddatini o‘zaytiradi. 
Glyukozaoksidazani tuxum kukuniga, mayonezga, pivoga ularni uzoq 
muddatga saqlash uchun ma’lum miqdorda qo‘shiladi. Bu ferment yordamida 
askarbin 
kislotasining 
(S-vitamin) 
oksidlanishi 
sekinlashadi. 
Sellyuloza 
preparatidan kartoshkani qandlashtirishda, kartoshka va g‘alladan kraxmal olishda, 
suv o‘tidan agar-agar chiqarishni ko‘paytirishda, sabzavot pastasi tayyorlashda, 
sitrus mevalari qobig‘ini ajratishda foydalaniladi. Isimlik sellyulozasini qandgacha 
parchalashda ishlatilmoqda. 
Mikroorganizmlardan olingan proteolitik fermentlar pishloq tayyorlashda, 
uni quyuqlashtirish uchun ishlatiladigan renin o‘rnini bosishi mumkin, keyinchalik 
ulardan go‘shtni yumshatish (tendirizasiya) uchun foydalanila boshlandi. Bundan 
tashqari, baliq tuzlanganda uning pishishini tezlatish, vino va pivo tayyorlashda 
ishlatilmoqda. 


Lipaza sutni quruq xolda ishlab chiqarishda o‘z o‘rnini topgan, pishloq 
tayyorlashda, uning pishishini tezlashtirish uchun, pishloqqa maxsus ta’m va 
yoqimli xid berish uchun ishlatiladi. 
To‘qimachilik sanoatida mikroorganizmlarning fermentlari zig‘irning 
samoniga ishlov berib, undan tola olish uchun ko‘pdan beri va keng qo‘llanib 
kelinmoqda. Zig‘irni namlash jarayonida ishtirok etadigan asosiy mikroorganizm 
sifatida 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish