Urganch davlat universieti



Download 2,71 Mb.
bet10/11
Sana30.03.2022
Hajmi2,71 Mb.
#518351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AIZADA KURS ISHI4

SHOHIMARDON
Shohimardon – O'zbekistonning eng go'zal go'shalaridan biri. Bu tog'li qishloq Farg'onaning janubidan 55 kilometr narida, dengiz sathidan 1550 m. balandlikda, Oloy tizmasi yonbag'rida joylashgan. Shohimardon hududidan tog'lardan ikki tomondan oqib keladigan soylar – Oqsuv va Ko'ksuv o'tib, ularning suvlari birlashib, Shohimardonsoyni tashkil etadi. Farg'onadan qishloqqa etib olish uchun yo'lda Shohimardonsoyni etti marta kesib o'tishga to'g'ri keladi.
Shohimardon (1934 yildan 1991 yilgacha Hamzaobod deb nomlangan) – qo'shni Qirg'iziston hududida joylashgan O'zbekistonga qarashli kichik anklavdagi tog'li kurort (1934 yildan)dir. Oqsuv va Ko'ksuv soylari tutashgan, Oloy tog' tizmasining shimoliy yonbag'rida, archazorlar va tog'li butazorlar orasida joylashgan so'lim, havosi shifobaxsh qishloq. Iyulning o'rtacha harorati 22 daraja issiq, yanvarning o'rtacha harorati – 3 daraja iliqdan 3 darajagacha sovuq.
Qishloqda Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) ning muzeyi va maqbarasi joylashgan. Turistik baza, tog'larda esa alpinistlarning o'quv lageri – Dugoba faoliyat ko'rsatadi. Qishloqda badiiy hunarmandchilikning turlaridan biri – kashtachilik rivojlangan.
Shohimardon tarixi Muhammad payg'ambarning kuyovi – to'rtinchi xalifa Hazrat Ali nomi bilan bog'liqdir. Hazrat Ali Markaziy Osiyoga tashrifi chog'ida Shohimardonni ziyorat qilgan, degan taxmin mavjud. Ali payg'ambarning etti qabridan biri shu qishloqda joylashgan, deyishadi, lekin bu ta'kidni isbotlash yoki inkor etishning iloji yo'q. 
Forschadan “Shohimardon” “mardlar hukmdori”, degan ma'noni anglatib, bu, Hazrat Alining nomi bilan bog'liqdir.
O'tgan asrning 20-yillarida Shohimardon markazida masjid va Hazrat Alining maqbarasi bo'lib, bu qadamjoni ziyorat qilganlarning keti ko'rinmasdi. Lekin, din ta'qib qilingan sovet davrida Ali payg'ambarning maqbarasi vayron qilindi. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingina, 1993 yilda Hazrat Ali maqbarasi avvalgi qiyofasi saqlangan holda yana eski joyida tiklandi.


RISHTON
Farg'ona viloyati Rishton tumanining ma'muriy markazi – Rishton Farg'onaning g'arbi tomonida, shahardan 50 km. narida joylashgan.
Qadim zamonlardan rishtonliklar o'z sopol buyumlari va qandak o'riklari bilan dong taratganlar.
Tarixiy manbalarga ko'ra, mahalliy aholi bundan 800 yil muqaddam ham sopol idish va boshqa buyumlar yasash bilan shug'ullangan. Aynan shu tuman hududida Rishton nomi bilan bog'liq o'ziga xos sopol buyumlarni yasashda ishlatiladigan qizil gil va ularni bezashda qo'llaniladigan tabiiy ma'danlar hamda tog'li giyohlar mavjud. Rishtonlik usta kulollar gildan buyumlar yasash va tayyor narsalarni noan'anaviy tarzda bezash usullari bilan ham butun dunyoga dong taratganlar. Hunarmandlar o'z mahorat sirlarini avloddan avlodga o'rgatib kelmoqdalar.
Rishtonda bugun ham qadimgi texnologiyani qo'llaydigan kulollarning ishini ularning kichik ustaxonalarida turib kuzatish mumkin. Shu bilan birga shaharda sopol buyumlar ishlab chiqariladigan yirik ustaxona ham faoliyat ko'rsatmoqda. Rishton sopol buyumlarini ko'plab xalqaro ko'rgazmalar va yarmarkalarda ko'rish mumikn. Rishton
Markaziy Osiyoning qadimiy kulolchilik san'ati markazi hisoblanadi. Aynan shu erda sopol buyumlarni yasashning noyob texnologiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, ularni nafaqat mahalliy, balki butun O'zbekiston aholisi kundalik hayotda ishlatadi, xorijlik sayyohlar esa esdalik sovg'a sifatida xarid qiladilar. Rishton sopol buyumlari o'ziga xos shakli, bezagi va rangi bilan ajralib turadi. Rishtonning sopol buyumlariga feruza, to'q ko'k va jigarrang xosdir.
Giyohlar va ma'danlardan tayyorlanadigan ishqor sopol buyumlarga mayin jilo berib, kishiga zavq bag'ishlaydi.


Xulosa.

Farg‘ona iqtisodiy rayoni ma’muriy jihatdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan tashkil topgan. Bu iqtisodiy rayon respublika hududining 4 foizidan sal ortiqroq qismini egallasa-da, unda O‘zbekiston aholisining 1/3 qismi yashamoqda. Rayon hududi hamma tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan.

Foydali qazilmalarning asosiy qismi tog‘larda to‘plangan. Tog‘ oralarida Shohimardon, Nanay, G‘ovasoy va Kosonsoy kabi xushmanzara vohalar bor. Bu yerlarda dam olish uylari, sanatoriyalar va boshqa istirohat maskanlari barpo qilingan. Iqtisodiy rayonning eng past yeridan Sirdaryo oqib o‘tadi. Aholining ming yillardan beri obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanishi orqasida tuproq va o‘simlik dunyosi madaniylashgan. Uning hududida neft, gaz, oltingugurt, qalayi, oltin, o‘tga chidamli gil, turli xil binokorlik materiallari, shifobaxsh suvlar topilgan. Konlarni ishga solish qulay. Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan davrlarda qishloq xo‘jaligi, savdo, hunarmandchilik barq urib rivojlangan. XIX asrda dastlabki temiryo‘l qurildi.

Mustaqillik yillari esa iqtisodiy rayonni mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi «Angren–Pop» temiryo‘li qurildi. Bular uning iqtisodiy geografik o‘rnini jiddiy yaxshiladi.

Rayon aholisining soni, zichligi va ishchi kuchlarining salmog‘i jihatidan mamlakatimiz iqtisodiy rayonlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Aholi, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga ko‘paymoqda. Aholining tez ko‘payayotgani va yangi o‘zlashtiriladigan maydonlarning cheklanganligidan ishchi kuchi ortiqchaligi kuchayib bormoqda. Buni bartaraf etish uchun ijtimoiy soha korxonalarini ko‘paytirish, ko‘p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish zarur.



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish