Texnologiya – yunoncha so’z bo’lib, u “tehne” (ma’nosi “Mahorat” va “san’at” so’zlariga to’g’ri keladi) va “logos” (“fan” va “ta’limot” so’zlariga to’g’ri keladi), degan so’zlardan tashkil topgan. Uning yordamidagi manbalarda sifat o’zgarishlariniamalgaoshirishmumkin.
Texnologiya zamirida o’rganilayotgan manbadagi jarayonlar kechishini amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlarni yuzaga chiqarish yotadi va uning natijasida obyektda sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlari namoyon bo’ladi.
Texnologik xarita - bu o’qitish faoliyatining bajarilishi bo’yicha amalga oshiriladigan amaliy ishlar majmui bo’lib, uni loyihalash pedagogik mahorat cho’qqisi hisoblanadi, chunki mashg’ulot davomida bajariladigan amaliy ish jarayoni texnologik xaritada qoidali tarzda tasvirlanadi. Shuning uchun ko’pgina murabbiy va tarbiyachilarimiz o’z kasbiy faoliyatida texnologik yondoshuvga katta ahamiyat bermoqda. Bunga sabab – bu mashg’ulotning aniq kutilgan
(rejalashtirilgan) natijalariga erishishni ta’minlovchi uzluksiz jarayondir.
3. Bolalar bilan birgalikda ertaklarni sahnalashtirish orqali ertak qahramonlarining
(“Tulki va Turna’’,’’Ona va bola”) o`ziga xos xususiyatlari
aniqlanadi,tarbiyalanuvchilar yosh fiziologik xususiyatlarini yaxshi bilish , ularning yosh imkoniyatlarini nazarda tutish , ularga mos xatti-harakatlarni ijroda qanday aks ettirish kerakligi haqida fikrlanadi, sahna nutqini (ifodali,aniq talaffuz), sahnada harakat erkinligi, so`z va harakat uyg`unligi tarbiyalanadi.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ularning bolalarga ta’siri ham har xil bo`ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o`ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib ilk yoshda qo’llaniladigan ertak voqealar kichik yoshdagi tarbiyalanuvchi uchun kichik yani jo’n bo’lishi mumkin .Kichik guruh uchun tanlangan asarlar esa o’rta guruhi uchun jo’nlik qilishi mumkin . Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi xulosa kelib chiqadiki tanlanadigan badiiy asarlar guruh tarbiyalanuvchilari yosh –xususiyatlariga mos tushishi kerak .
Topishmoq predmet, voqea-hodisalar o`rtasidagi o`xshashlikni taqqoslash orqali o`zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko`ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o`qishda tarbiyachidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.
Xalq og`zaki ijodidan ertak janri bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o`qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o`tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko`pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo`shilib ketadi.
Ertakning o`tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g`oyaviy yo`nalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g`alaba qilishi bolalarni o`ziga tortadi.
Ertaklarda qo’shiq – raqslarning qo’llanilishi tarbiyalanuvchilarning yanada qiziqishlarini kuchaytirib ,qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so`z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarlidir.
Ertakda qatnashuvchilar ko`pincha qora va oq ranglardan iborat bo’gan rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo`lgan yovuz, baxil, ochko`z obrazlarga bo`linadi. Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, bolalar unda to`g`rilik, halollik g`alaba qilganidan, kambag`al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro`yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar.
Ular hayotda ham doimo shunday bo`lishini istaydilar biroq xayotiy xaqiqat bir –oz shavqatsizligini yani ’’real xayotni xaqqoniy aks etdirishda ’’ tarbiyachida o’ziga xos mahoratni talab etadi yani yumshoq – sodda , oddiy ko’rinishda etkazib berish talab etiladi , shu bilan bir qatorda voqea rivojini tomoshabini bo’libgina qolmasdan balki ishtirokchi sifatida ’’yechim topishga xarakat qilib ko’rishlariga ’’undash .
Masalan, «To’g’rilik» ertagida asosiy fikr kambag`allarga yordam ko`rsatish, o`z mehnati bilan hayot kechirish bo`lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g`oyasi ilgari surilgan. Bunday g`alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko`nikmasini o`stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g`alaba qozonishiga ishonch uyg`otadi.
Bolalar ertakni tahlil qilish jarayonida «Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?) Nima uchun?», «... nima uchun jazolandi? (yoki rag`batlantirildi?)», «Nima uchun ertakdagi ba’zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba’zilaridan yuz o`giradi?)» kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar bunda tarbiyalanuvchilarni ko’proq gapirtirish ,munozaraga chorlash , nutqini oshirib borish ,fikrlash doirasini rivojlantirish , erkin – mustaqil xarakatlanishlari barobarida o’z – nuqtai – nazarlarini qo’rqmasdan ayta bilishlariga erishishga xarakat qilish .
Maktabgacha ta’lim muassassalarida hayvonlar haqidagi ertaklar ko`proq tanishtiriladi. «Laqma ayiq» (Anvar Obidjon), «Qaldirg’och va ilon», «Laylak , Tulki va Bedana » kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o`qitiladi va tahlil qilinadi.
Ertak matni ustida ishlashda savollarga javob berish, bolalarning o`zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi.
Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar harakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktabgacha ta’lim tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar.
Ertakni tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xattiharakati, o`zaro munosabatlarini to`g`ri tasavvur etishga yo`naltiriladi. Bunda tanlab o`qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi.
Tarbiyachi, bolalar rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq - atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo`lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo`lib o`qiydilar. «Xazina» ertagi oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir.
Ertakni o`qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofni, tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o`tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o`zaro munosabatlarini, xulqatvorlari, harakterlarini to`g`ri tushunishga yordam beradi. «Xazina» ertagi matni ustida ishlash jarayonida bolalar «Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?», «Nima uchun davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?» kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo`lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o`qib berishga, balki uni aytib berishga o`rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og`zaki nutqni o`stiradi, bolalar nutqini yangi so`z va iboralar bilan boyitadi. Bolalarni ertak tilidan erkin foydalanishga o`rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni tarbiyachi aytib berish so’ngra badiiy obrazga kirishish amalda ko’rsatib berilishi mumkin.
Tarbiyalanuvchi ertak mazmunini o`zlashtirib olgandan so`ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda bolalarning o`z nutqida til vositalaridan o`rinli foydalanish talab qilinadi.
Talaffuz etish , til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur. Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g`oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo`li bilan bog`lanishli nutqni o`stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim.
Masalan, «Egri va To’g’ri» ertagida bola o`z rostgo`yligi bilan podshoga ma’qul bo`lganligi hikoya qilingan. Ertak g`oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham to`g`ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. Bolalar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o`zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |