Mavzu: Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lish tarixi Reja :
Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lish tarixi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘g‘irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning tarbiyaviy ahamiyati.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv.
O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-ma’naviy islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarish keskin rivojlanib borayotganligi - jamiyat talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga ko‘ndalang qo‘ymoqda.
Darhaqiqat, kelajak poydevori bo‘lgan, har jihatdan mas’uliyatli, ma’naviy yetuk, axloqan pok, bir so‘z bilan aytganda jamiyat taraqqiyoti uchun munosib xissa qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda qo‘g‘irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish − bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir. Ma’lumki, mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Teatr yunoncha “Tiyation” so‘zidan olingan bo‘lib, tomoshaxona degan ma’noni bildiradi. Jajji kichkintoylar sevimli teatri, bu ko‘g‘irchoq teatridir. Qo‘g‘irchoqbozlar ayni vaqtda musiqadan yaxshi xabardor bo‘lganlar. Musiqa ham badiiy bezak sifatida, ham ko‘proq qahramonlar holatini ifodalovchi vosita sifatida xizmat qilgan. Qo‘g‘irchoq o‘yini xalq og‘zaki ijodiga asoslangan ajoyib-g‘aroyib san’at turidir. Uning yozma matni bo‘lmagan.
Dunyo qo‘g‘irchoq tetrlarining bolalarning axloqiy - estetik sifatlarini shakllantirishdagi tarbiyaviy xususiyati turli usullar va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Shu jihatdan olib qaralganda, qo‘g‘irchoq teatri-estetik tuyg‘ularni, bolalarning qiziquvchanligi va tasavvurini rivojlantirish uchun juda qulay vositahisoblanadi. Har bir qo‘g‘irchoq teatri o‘ziga xos va mos milliy xarakterga ega. Dunyo sivilizatsiyasi tarixida barkamol insonni tarbiyalash vositasi sifatida quyidagi qo‘g‘irchoq teatrlari tashkil etilgan:
Axloqiy-estetik sifatlar bolalarda go‘zallik xaqidagi bilimlar, hayot voqeligi, buyumlar, ularning rang-barangligi, turlarini, o‘zini tuta bilishni, muloqotga kirishuvchanlik, yaxshi-yomonni farqlash, o‘z-o‘ziga baho berish kabilarni tarbiyalash masalasini o‘z ichiga oladi. Inson hayoti o‘z-o‘zini anglashdan boshlab, jismoniy, aqliy va ijtimoiy kamolotga erishuv jarayoni amalga oshishi tugallanadi.Maktabgacha ta’lim muassasasida, axloqiy tarbiya berishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: Turli yosh guruhlari bolalari uchun sodda elementlar axloqiy tushunchalar haqida ma’lumot berish; har bir o‘rgatiladigan u yoki bu fazilatlar rasmlar, multfilm tasmalar, axborot kommunikativ texnologiya vositalari asosida va bolalarga jonli harakatlari orqali tushuntirish; bolaga doimiy ravishda “nima yaxshi”, “nima yomon” ma’nosini anglab, o‘z fikrini sodda bayon etishga ko‘maklashish. Maktabgacha yoshdagi bolalarni teatr tomoshalariga oshno qilish, ularning qo‘g‘irchoq o‘yinlarini tashkil qilishda quyidagilar maqsad qilib olinadi: bolalar uchun ijodkorlik, faollikni ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratish; teatr ko‘rish odobiga o‘rgatish; teatr tomoshalari jarayonida bolalarning nutqi va jismoniy rivojlanishidagi uzviylikni ta’minlash; xalq yaratgan boy merosimizga bo‘lgan muhabbat hissini uyg‘otish; qo‘g‘irchoq teatrini ota-onalar bilan hamkorlikda tashkil qilish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Har bir qo‘g‘irchoq teatri bolaning ruhiyatiga quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi: qo‘g‘irchoq teatri uchun tanlangan ertak bolaning yosh va bilim saviyasiga mos bo‘lsa bolada butun vujudi bilan uni ko‘rish va unga nisbatan qiziqish paydo bo‘ladi; kuzatishlarimizdan ma’lumki, ayrim bolalarda ertak qahramoniga nisbatan ruhiy tetiklik yoki qo‘rqish, nafrat, ko‘ziga yosh olish yoki kulib yuborish kabi emotsional xolatlar namoyon bo‘ladi; qo‘g‘irchoq teatri yakunida o‘tkazilgan suhbatda bolalar qo‘g‘irchoq teatrida ko‘rganlari haqida qiziqish va xursandchilik bilan qo‘g‘irchoq teatrini doimo ko‘rishga xohish bildiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |