1-rasm. Kuchaytirish sхemasi Odatda, bu jarayon juda katta tezlikda o‘tadi. Shuning uchun juda kichik energiyali element bo‘lishi kerak. Eng sodda holda uning vazifasini ko‘p elektrodli elektron lampa yoki yarim o‘tkazgichli triod bajaradi.
Shunday qilib, kuchaytirish fizikaviy jarayon bo‘lib, kam quvvatli manba yordamida katta quvvatli manba energiyasi boshqarilishidan iboratdir. Bu katta quvvatli manba energiyasining kam quvvatli signalga uzatilishiga mos keladi. Shunga ko‘ra kuchaytirgich katta quvvatli manba energiyasini kam quvvatli signalga uzatilishini amalga oshiruvchi qurilmadir.Agar signal quvvatining ortishida uning shakli saqlansa, kuchaytirish chiziqli deb, aks holda esa, chiziqli bo‘lmagan kuchaytirishdeb ataladi.
Kuchaytirgichlarning turlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, ular umumiy xarakteristika va parametrlarga ega. Asosiy parametrlardan biri kuchaytirish koeffitsiyentidir. U kuchaytirgich chiqishida qaysi bir kattalik (tok, kuchlanish yoki quvvat) asosiy bo‘lishiga qarab aniqlanadi va mos nom bilan ataladi. Masalan, chiqish kuchlanishning kirish kuchlanishga nisbati
(1.1)
kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyentideyilsa, kirish tokining chiqish tokiga nisbati
(1.2)
Quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyentiesa, kuchaytirayotgan signalning chiqish quvvatining kirish quvvatiga nisbati ko‘rinishda aniqlanadi:
(1.3)
Amaldagi kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyentidan keng foydalaniladi. Shuning uchun uni oddiy qilib kuchaytirish koeffitsiyenti deb ataladi va «U» belgi tushirib yoziladi.
Umuman olganda, kuchaytirgichning chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishidan faqat amplituda qiymati bilan emas, balki son qiymati ham farq qiladi. Shuning uchun kuchaytirish koeffisiyenti kompleks kattalik, chastotaga bo‘g’liq miqdordir.
(1.4)
Bu yerda: - kuchaytirish koeffisiyentining moduli; = -kirish va chiqish kuchlanishlari orasidagi faza farqi. Ko‘pincha kuchaytirish koeffisiyenti <> degan birlikda o‘lchanadi. Bir <> kuchaytirish deganda chiqish va kirish quvvatlari nisbatining o‘nli logarifimi birga teng bo‘lgan kattalik tushiniladi, ya’ni nisbatning absolut qiymati 10:1dir.
Quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffisiyenti bellarda quyidagicha ifodalanadi:
(1.5)
<> juda kata miqdor hisoblanadi. Shuning uchun amalda undan o‘n marta kichik miqdor-detsibel ishlatiladi:
(1.6)
Formula asosida tok va kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffisiyentlarining detsibellarda o‘lchangan ifodasiga otish mumkin:
(1.7)
(1.8)
Bundan quvvatning tok yoki kuchlanishning kvadratiga mutanosib bo‘lishi hisobga olingan.
Xosil qilingan elektr tebranishlarni kuchaytirish juda muhim texnologik jarayondir. O‘zaro aloqada elektrotexnikaning eng muhim masalasi ham shu kuchaytirish jarayoniga bog‘liq.
Elektron lampali va tranzistorli kuchaytirgichlarning ishi vakuumli lampalarda boshqaruvchi to‘r va tranzistorlarda elektr tebranishlarni kuchaytirish xossasidan foydalanishga asoslangan. Elektron lampali kuchaytirgichlarni o‘rganishda, dastavval uch elektrodli elektron lampani ishlash printspini yaxshi o‘rganish kerak. Elektr tebranishlarni kuchaytiruvchi qurilma past chastotani kuchaytirgichlar (PChK) deyiladi. Odatda chastotasi f-50Gts-12kGts ga4cha bo‘lgan chastotalar past chastotalar deb qabul qilingan. Ularni blok chizmasi 1-rasmda ko‘rsatilgan.
Past chastotali kuchaytirgich bir kaskadli yoki ko‘p kaskadli bo‘ladi. Ularning asosiy vazifasi zanjirdagi kuchlanish va quvvatni kuchaytirishdan iborat. Bunday turdagi kuchaytirgichlarni elektron lampalar, tranzistorlar, magnit elementlar va boshqa integral mikrochizmalar yordamida ko‘rish mumkin.