30-topshiriq. DARS YOKI DARSDAN TASHQI MASHG’ULOT YUZASIDAN KUZATISH O’TKAZING VA SINF JAMOASIDAGI O`ZARO MUNOSABATNING XARAKTERI HAQIDA MATERIAL TO`PLANG 1. O`quvchilar bilan suhbatlashing va jamoaning takomil-lashuvi darajasi haqidagi ularning fikrlarini aniqlang.
Suhbat uchun savollar:
1) Sizning fikringizcha sinfingizda jamoa bormi? Agar bor bo`lsa, unda bu nimalarda ko`rinadi?
2) Siz o`z xohishingiz bilan maktab uchun, sinf uchun kerakli, foydali ish qila olasizmi? Bular qanaqangi ishlardan iborat?
3) Sizlardagi har bir kishi bir-birining kamchiligi haqida to`g`ridan-to`g`ri gapira oladimi?
4) Sinf faoli jamoa hayotining haqiqiy tashkilotchisimi?
5) Siz o`z jamoangizning yo`lboshchilariga qanday munosabat bildirasiz?
6) Sizlar har doim ham bir-biringizga nisbatan e’tiborlimisizlar? Hayotdagi va ishdagi muvaffaqiyatlar hamda muvaffaqiyatsizliklar hamma tomonidan yaqin qabul qilinadimi yoki ba'zi birovlar tomonidanmi?
7) Jamoangizning o`z an'analari bormi? Siz ularga nisbatan qanday munosabatdasiz?
8) Sinf jamoasining rivojlanishiga nima ko`maklashadi va nimalar halaqit beradi?
31-topshiriq. OTA-ONALAR MAJLISIGATAYYORGARLIK KO`RISH ISHLARI VA UNI O`TKAZISH HAQIDA UMUMIY TASAVVURHOSIL QILING 1. Ota-onalar majlisida ishtirok eting. Majlisning borishini qayd qiling.
2.O'qituvchi bilan bo`lgan suhbatda quyidagi masalalarni aniqlang:
1) Bu majlis oldiga u qanday masalalarni qo`ydi?
2) O`qituvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ish rejasiga ular mos keladimi?
3) Majlisning oldiga qo`yilgan masalani u hal qila oldimi?
4) Uning yana ham samarali bo`lishligi uchun nima qilish kerak edi?
5) Ota-onalar bilan olib boriladigan ishga yana ham yaxshiroq tayyorgarlik ko`rish uchun qanday maslahatlar bera olasiz?
32-topshiriq. OILADA BOLA TARBIYASIGA DOIR TOPSHIRIQLAR a) Oila turlarini bilasizmi?
b) Professor A.Q.Munavvarovning «Yaproq ildizdan quvvat oladi» pedagogik risolasini o`qiganmisiz?
d) Ko`p bolali oilalarga qanday qaraysiz? Oilangizda nechta farzandsizlar?
e) Oynisa Musurmonovaning «Oila ma'naviyati milliy g`urur kitobini tarbiyaviy ahamiyati unda ilgari surilgan g`oyalar va keltirilgan dalillarga qanday qaraysiz?
f) Oilangizda ota-ona namunasi kuchlimi? Yoki ikkisidan birini ta'siri kuchlimi? Tahlil qiling va boshqa tanish oilalarga solishtiring.
g) Oilangizda qanday sharqona urf-odat, an'analarga suyanadi (marosim, to`y, bayram, tug`ilgan kun va hokazo).
h) Chet mamlakat oilalari an'analari sizga yoqadimi? Fikringizni yozing va o`rtoqlaringiz bilan muhokama qiling