Urganch – 2020 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 4,35 Mb.
bet47/263
Sana05.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#530686
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   263
Bog'liq
Pedagogika seminar

Oila tarbiyasi.
Reja

  1. .«Qur’oni Karim» va hadislar oila tarbiyasining muhim manbalari sifatida.

  2. Ma’rifatparvar o`zbek pedagog-olimlari oila tarbiyasi xususida

  3. Mustaqillik yillarida oila tarbiyasi masalasi

Islom dini Turkiston o’lkasiga yoyilgandan keyin nikoh-oila munosabatlari Qur’oni karim*, shariat va odat qoidalari bilan tartibga solingan. SHariat – bu kishilar amal qilishi uchun Islom dini tarafidan buyurilgan hukmlar va nizomlardir. SHariat hukmlarini bilib olish har bir mo’min-musulmon uchun farz hisoblanadi.* Odat qoidalari asosan ko’chmanchi xalqlarga tadbiq etilgan.
Odat Turkiston o’lkasida ko’chmanchi xalqlar (qozoqlar, qirg’izlar)da nikoh - oila munosabatlarining asosi hisoblangan. Qozoqlarda bir xil masalalar mazmuniga ko’ra har xil asosda hal qilinishi bo’yicha odat shariat normalaridan ajralib turgan. Masalan, “Baranta”, bu kelinning ota-onasiga tegishli bo’lgan chorva mollarni zo’ravonlik bilan haydab ketishdir. “Alengerlik” – qozoq xalqining odat huquqiga asosan juda og’ir amal. Alengerlik bu beva qolgan xotinning erining aka-ukalaridan biriga, qarindoshlariga yoki urug’iga erga chiqish majburiyati. Bevalik boshlangandan keyin bir yil o’tgach, mazkur bevaga uylanish huquqiga ega bo’lgan nomzod o’z huquqidan foydalanishga kirishishi mumkin bo’lgan. Alengerlik odatini bajarishdan bosh tortgan beva bolalaridan, chorvasidan, mol-mulkidan mahrum etilib, shundan so’nggina u o’z hohishi bo’yicha erga tegishi mumkin bo’lgan.
SHariat qoidalarining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, unda islom dini qoidalari davlat huquqiy normalarida mujassamlanadi. Musulmon huquqining hamma sohalari shu bilan birga nikoh, qon-qarindoshlik, talov masalalarini qamrab olgan manbalardan biri “Hidoya” (to’liq nomi “Hidoya fi-furu’il-fikh” – “Fikh sohalari bo’yicha shariat qo’llanmasi”) dir. Bu qshllanma to’rt jildli 53 kitobdan iborat bo’lib, uning muallifi Ali ibn Abu Bakr al-Rishtoniy Burhoniddin Marg’inoniydir. U zot 1197 yilda vafot etgan bo’lib, uning mazkur asarida islomning qator masalalari bilan huquqiy va axloqiy me’yorlar, nikoo’ va oila masalalari bilan bog’liq bo’lgan qoidalar hamda jinoyat va jazoga oid tadbiq etish lozim bo’ladigan choralar batafsil yoritilgan.
Tanikli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy pedagogik fikr taraqqiyotiga salmokli xissa kushgan, o`z asarlarida o`zbek xalkining eng yaxshi an’analarini, ta’lim-tarbiyaga oid muxim xayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir O`zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga «Pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fanidir», deb ta’rif berdi. Tabiiy bunday ta’rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi.
Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda kuyidagi turt bulimga ajratadi: 1. «Tarbiyaning zamoni». 2. «Badan tarbiyasi». 3. «Fikr tarbiyasi». 4. «Axloq tarbiyasi» haqida xamda uning axamiyati tugrisida fikr yuritadi.
«Tarbiyaning zamoni» bulimida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga xammani: ota-ona, muallim, xukumat va boshkalarning kirishishi kerakligini ta’kidlaydi.
«Al-xosil tarbiya bizlar uchun yo xayot—yo mamot, yo najot—yo xalokat, yo saodat—yo falokat masalasidur» deb uktiradi, Avloniy.
Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Xar bir xalkning tarakkiy qilishi, davlatlarning kudratli bulishi avlodlar tarbiyasiga kup jixatdan boglik, deb hisoblaydi adib.
Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga kadar davom etadi. U bir kancha bosqichdan — uy, bogcha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab kuymaydi. U birinchi navbatda bolaning sogligi haqida gamxurlik qilishi lozimligini uktiradi.
Avloniyning fikricha, soglom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bulish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va kuvvatli bulmogi insonga eng kerakli narsadur. Chunki ukumok, ukutmok, urganmok va urgatmok uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir».
YUrtimiz O’zbekiston mustakillikka erishgandan keyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklash uchun umumxalq yurishi boshlandi. Ming yillar davomida yaratilgan, xalqimiz qoni va joniga aylangan ma’naviy durdonalarga yangicha qarala boshlandi. Milliy an’analarning kadri ko’tarilishi kerakligi e’tirof etildi, bir so’z bilan aytganda, zo’rlik va ongsizlik oqibatida berkitilgan ezgulik buloqlari ko’zini tozalashga kirishildi.
Ilgarilari milliy an’analar va udumlarga ham hadiksirab, u ning tarbiyaviy hazinalaridan ham qandaydir “illat” qidirildi. Hayotbag’sh xalq an’analari kamsitildi. Ba’zi urf-odat va udumlarga diniy tus berilib, xayot saxnasidan tamom supurib tashlandi. Ota bobolarimizning qimmatli pand nasihatlari yeskilikka yo’yildi, qadri topdaldi. Qariyalar hikmatomo`z yertaklarining tarbiyaviy ahamiyati e’tibordan qola boshladi. Ayollar allalarni unutayozdilar.
Ovrupacha turmush tarzining bir yarim ming yillik musulmon shariati qonun-qoidalari asosida turmush kechirib kelgan xalqimiz hayotiga tazyiq orqal tatbiq etilishi xalqimiz ongida va turmushida to’qnashuvlar va ziddiyatlar keltirib chiqardi. Halq ikki o’t orasida kuyib-yondi: bir tomonda , otag’bobolarning ming yillardan beri amal kilib kelayotgan an’analari va urf-odatlari, to’ylar, bayramlar, bazmlar, marosimlar...
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy jabhalarda amalga oshirilayotgan tub isloxotlar jarayonida oila masalasiga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Albatta bu bejiz emas, chunki porloq ertamiznnng tamal toshlari oilada qo’yiladi. YUrtboshimiz Islom Karimov aytganlaridek: «Xaldimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Axir oila ahil va totuv bo’lsa jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik xukm suradi. Oila farovonligi-milliy farovonlik asosidir».Mamlakatimizda oila farovonligini ta’minlash davlatimizning asl maqsadidir.

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish