Buni yodda saqlang!
Kishilarning pok qalbli, rostgo‘y, adolatli bo‘lishi Navoiyning buyuk armonidir. Navoiyning ta’kidlashicha, to‘g‘ri va chin so‘zlagan kishilar mo‘tabar, pok ko‘ngilli, xalq nazdida ishonchli va obro‘li bo‘ladilar. Haqiqiy inson to‘g‘ri so‘zlashi va to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
«Mahbub ul-qulub»da talqin qilinadi:
«Karam — bir jabrlanganning qattiqchilik yukini ko‘tarmoq va uni o‘sha qiyinchilikdan qutqarmoqdir».
«Ehson degan sifatni abadiy saodat bil... Kishilik bog‘ining ko‘ngilga yoqar daraxti ehsondir».
«Saxiylik kishilik bog’ining xosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin mevasidir, odamgarchilik o‘Ikasining to‘lqinli daryosi, balki u to'lqinli daryoning asl gavharidir».
«Saxiylik odamning badanidir, himmat uning joni: himmatlilardan dunyoga yuz ming kushoyish bo‘lar, himmatsiz kishi er sonida emas, jonsiz badanni kishi tirik demas».
«Tiling bilan ko‘nglingni bir tut, ko‘ngil va tili aytgan so‘ziga but. So‘zniko‘ngulda pishqormaguncha tilga keltirma».
«Oqil chin so‘zdan o‘zgani demas».
Kishi chinda so‘z desa zebo durur,
Necha muxtasar bo‘lsa avlo durur.
Vazifa: O‘qing, tahlil qiling!
(«Mahbub ul-qulub»dan ayrim tanbihlar)
Oz gapirmoq — hikmatga sabab, oz emoq — sog‘liqqa sabab. Og'ziga kelganni demoq — nodonning ishi va oldiga kelganni yemoqhayvonning ishi.
Olimkishibirjohilniqarshisigao‘tkazib, unimulzamqilishniistasa, buolimningo‘ziuchunhaqoratdir. Olim avvalo, o‘z ilmining darajasi va salmog‘ini asrashi kerak, gavharni sinab ko‘rish uchun toshga urmasligi kerak.
Sayyodning baliqqa qarmoq tashlashi — nafs muddaosi uchun; baliqning qarmoqqa i!inmog‘i ham xuddi shu balo uchun.
Qanoat ehtiyojsizlik negizidir, izzat va sharaf tantanasidir. Qanoatli kambag‘al — davlatmanddir; uning shohu gadoga ishi tushmaydi.
Chin so‘z — mo’’tabar; yaxshi so‘z qisqa — muxtasar. Ko‘p so‘zlovchi — zeriktiruvchi; qayta-qayta gapiruvchi aqldan ozgan. Ayb izlovchi - aybli; kishi aybini gapiruvchi — o‘ziga yomonlik sog‘inuvchi.
Fosiq olim — o‘ziga zolim donishmanddir; davlatmand baxil — o‘z ziyonini ko‘zlovchi nodondir. Bu ikki toifa — umrini bekorga o‘tkazadi va go‘rga xasratu armon olib ketadi.
Yel agar ko‘kka yetsa ham, baribir yengil va qadrsiz; tog‘ — agar tuproqqa botsa ham salobatlidir.
Bilmaganin so‘rab o'rgangan — olim; orlanib so‘ramagano‘ziga zolim. Oz-oz o‘rganib — dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilibdaryo bo‘lur.
Nafsbalosigauchraganodamningyeyishdanboshqahunariyo‘q; xudbinodamgapsotishdanbo‘lakkayaramaydi. U biri harom ovqatdan rohatlanadi, bu biri esa doim o‘zini maqtab orom oladi.
Odamning yaxshisi — yomon narsalardan saqlanuvchi, pok bo’lgay va xaq so‘zni aytishda xech narsadan qo‘rqmagay. O‘zi pok, ko‘zi pokli inson desa bo'lur...
Yaxshi odamlardan yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas. Yaxshilik qila olmasang — yomonlik ham qilma.
Bilib qo‘ying!
Buyuk mutafakkir bobomiz qariyb olti yuz yil narida turib bo‘lsa-da, nafaqat o‘z xalqining, balki butun bashariyatning ham ma’naviy olamini boyitishda bevosita ishtirok etib, ma’naviy-ruhiy madadkor bo‘lib turibdi. Kurrai zaminda uning asarlaridan bahramand bo‘lmagan, ilg‘or g'oyalari va ta’limotidan ruhiy quvvat olmayotgan, ijodiy foydalanmayotgan mamlakat, xalq va millat yo‘q, deb bemalol aytish mumkin. Alisher Navoiy asarlari jamiki odamzotga mehnat va halollikdan, do'stlik va hamkorlikdan, rostguylik, sofdillik va samimiylikdan hayotiy saboq bermoqda, ular xaromho‘rlik va adolatsizlikni, fitna-fujur o‘zaro nizo va qonli to‘qnashuvlarni, vayrongarchiliklarga sabab bo‘ladigan urushlarni esa keskin qoralamoqda. Ana shu ma’noda olganda Alisher Navoiy ta’limoti faqat milliy ahamiyatga ega bo‘libgina qolmasdan, umumbashariy qimmatga ham egadir. Navoiy umuminsoniyatga xos bo'lgan daholardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |