2. Ta`lim jarayoni shakllarini ularga berilgan ta’riflari bilan juftlang.
№
|
Tashkiliy shakllari ta’rifi
|
№
|
O’quv jarayoni shakllari nomi
|
1
|
O’quv ishlarining mantiqiy davomi bo’lib, bu termin talabalarning mustaqil auditoriya ishlarining umumiy tushunchasi hisoblanadi, bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va detallashtiriladi.
|
A
|
ma’ruza
|
2
|
Bilim berishning shunday shakliki, unda pedagog (o’qituvchi) tomonidan berilayotgan bilimlar, malaka va ko’nikmalar talabalarga yoppasiga bayon etiladi
|
B
|
amaliy mashg’ulot
|
3
|
Bunda talabalar mustaqil ravishda vazifa bajaradilar yoki eksperiment o’tkazadilar. Bu mashg’ulotlar talabada tadqiqot o’tkazish ko’nikmalarini shakllantiradi, fan va texnikaga ijodiy yondashishni ta’minlaydi, eksperimentning umumiy metodikasini egallashga imkon beradi.
|
C
|
ekskursiya
|
4
|
Ta’lim va tarbiya ishlarining shunday turidirki, bu usul bilan o’rganilayotgan narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, dala, tabiatni kuzatishga) yoki maxsus muassasalarga (muzey, ko’rgazma va h.k.larga) tashkiliy ravishda olib boriladi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |