TARBIYA NAZARIYASIGA DOIR TOPSHIRIQLAR
1. O`zbek xalq pedagogikasi milliy tarbiya jarayonining asosi.
a) Tarbiya jarayonining mohiyati va qoidalarini ta'riflang, misollar bilan boyiting.
b) Tarbiyashunoslikdagi «hikmat, maqol, matal va boshqalar ongni charxlaydi» deyilishini isbotlang.
d) Tarbiya usullarini yozing va o`qituvchingiz qaysi metodni dars jarayonida qo`llaydi-yu, qaysi birini darsdan tashqari vaqtda yoki tarbiyaviy soatlarda qo`llaydi?
e) Ota-ona tanbehi, nasihati, jazosi rag`bati siz uchun ta'sirlimi? Yoki o`qituvchi, guruh rahbarlaringiznikimi? Nima uchun? Taqqoslang va isbotlang.
f) Tarbiyaning tarkibiy qismlarini bir-biri bilan bola tarbiyasiga zanjirsimon ekanligini isbotlang (aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, ekologik, iqtisodiy, huquqiy mehnat, diniy va boshqalar).
g) Qur'oni Karim va Hadisu Shariflardan tarbiya masalalariga doir misollar ayting va tarbiyaviy ahamiyatini tushuntiring.
h ) Hozirgi kunda qaysi gazeta yoki jurnallarda tarbiya masalasi ko`proq yoritilyapti? Teleko'rsatuv1arda-chi?
2.O`qituvchining dars jarayonida o`quvchilarning axloqiy tarbiyasi masalalarini hal etishdagi ish tajribalari bilan tanishing.
Xohlagan o`qituvchining darsiga kiring, darsni tahlil qiling. Darsni tahlil qilayotganda quyidagilarga ahamiyat bering:
1) O`quv materialiga axloqiy tarbiya masalasining yechilishi nuqtayi nazaridan turib baho bering.
2) O`quv materialining imkoniyati qanchalik to`la amalga oshirilgan?
3) O`qituvchiga nimani tavsiya etish mumkin bo`lardi?
4) Darsning tuzilishidan kelib chiqsak, bu tavsiyalar qanchalik aniq?
5) O`quvchilarning axloqiy tarbiyasiga u qanday ta'sir ko`rsatadi?
6) Qanday ma'lumotlar bo`yicha bu haqda xulosa chiqarish mumkin?
7) O`zingiz ishtirok etgan darsdagi axloqiy tarbiya masalasining yechimini jurnallarda o`zingiz o`qigan, o`qituvchilar ish tajribasidan olingan o`xshash misollar bilan solishtirib ko`ring.
Vaziyatli masalalar (Keyslar)
1-masala. Sinf rahbari o`quvchisining onasi bilan suhbatlashmoqda:
- O`g`limning do`stini yoqtirmayman, lekin o`g`lim undan hech ajralmaydi. Men o`g`limning o`rtog`i Solini necha marta uydan quvib solganman, o`g`limni ularnikiga yubormay qo`ydim, baribir foydasi yo`q. Kindiklari bittami deyman, do`stliklarini uzishmaydi?
- Bu do`stlikning nimasi sizga yoqmaydi?
- Bilmadim, bezori, o`ta sho`x, qaysar.
- Zohid emas, balki har vaqt Soli aybdor ekanligiga ishonasizmi?
- Ikkalasi ham bir go`r, lekin ular bir-biridan ajratilsa, o`g`lim yaxshi bo`lib qoladimi deyman-da.
- Biroq Soli yaxshi, ishonchli do`st. Bunday do`stlik boshqa qaytib uchramasligi mumkin, shuni bilasizmi?
- Men uning oilasini yoqtirmayman. Ularning do`stliklariga nuqta qo`ymasam bo`lmaydi. Shoshmay tursin, ikkalasini ham o`zim...
1. Bolaniug onasi bilan suhbatni davom ettiring. Bolalarning do`stligini himoya qilish uchun qanday qo`shimcha dalillarni keltirish mumkin?
2. Ana shu suhbat bilan bog`liq qanday savollarni ota-onalar majlisiga olib chiqish mumkin bo`ladi?
3. O`quvchilar orasidagi do`stlik nimalarga bog`liq?
4. Do`stni ota-ona tanlashi to`g`rimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |