UrDU Pedagogika fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi 214-guruh talabasi Egamberdiyeva Mehrinoz Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining shaxsini shakllantirishda tabiatning o’rni Loyihaning dolzarbligi - Bolalarning ekologik bilimlari yetarli darajada shakllanmagan
- Asosan tabiatga iste’molchi sifatidagi munosabat ustunlik qiladi
- Bolalar atrof muhitni idrok etishda « Men tabiatman» degan tushunchadan «Men va tabiat» degan tushunchagacha bo’lgan masofani yengib o’tib, o’zlarini tabiatdan ajratib oladilar
- Yuqoridagi barcha ma’lumotlar loyihaning maqsadi va vazifalarini shakllantirishga imkon beradi
Loyihaning maqsadi: - Bolalarda va ota-onalarda barcha tirik mavjudotlarga nisbatan ma’suliyat, atrof-muhitga nisbatan insoniy munosabat va tabiatga nisbatan g’amxo’rlik, uni asrashga bo’lgan xohish tuyg’usini shakllantirish
Loyihaning vazifalari: - Ustuvor yo’nalishni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi hududida ekologik toza muhit yaratish
- Yerning inson yashash chegaralarida tabiat ekotizimining tashkil etilishi haqidagi bilimlarni oshirish
- Tabiatni o’rganishning tadqiqot usullarini o’zlashtirgan holda bolalar va ota-onalarning kognitiv qobiliyatlarini oshirish
- Bolalar va ota-onalar uchun atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha amaliy tadbirlarni tashkil etish
- Bolalar, pedagoglar, ota-onalar o’rtasida ekologik madaniyatni doimiy rivojlantirishda o’zaro tushunish va o’zaro yordamni rivojlantirish
Loyihani amalga oshirish bosqichlari: - 1-bosqich analitik
- Bosqichning vazifasi: vaziyatni tahlil qilish; uning asosiy maqsadlarini aniqlash; ekologik bilim, ekologik madaniyat, mehribonlik va rahm-shafqatni asosiy shaxsiy xususiyatlar sifatida shakllantirish
- 2-bosqich tashkiliy
- Bosqichning vazifalari: maktabgacha ta’lim va tarbiyaning barcha bo’limlarini atrof-muhit bilan uyg’unlashtirish; guruhda ekologik muhit yaratish, ota-onalarni innovatsion rejimdagi kelgusi ishlarga jalb qilish; ekologik harakatlarni ishlab chiqish orqali ekologik ta’limni shakllantirish bo’yicha bolalar va ota-onalar bilan ishlash rejalarini ishlab chiqish
- 3-bosqich amaliy faoliyat
- Bosqichning vazifalari: bolalar va ota-onalarning boshlang’ich ekologik bilim va ko’nikmalarini, shuningdek, ekologik harakatlar orqali ekologik ta'limning boshlang’ich asoslarini shakllantirish
- 4-bosqich yakuniy
- Bosqichning vazifalari: tajribani umumlashtirish va pedagogning amaliy faoliyati natijasini aniqlash, keyingi yil uchun pedagogik harakatlar taktikasini ishlab chiqish
Loyihadan kutilgan natijalar: - Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik toza muhit yaratilishi
- Bolalarning ekologik bilimlar saviyasining oshishi
- Loyiha mavzusi bo’yicha ota-onalarning bilim, ekologik kompetensiyasini oshishi
- 6-7 yoshli bolalarning ekologik madaniyat ko'nikmalari jadvalidagi foiz o’zgarishlar
80
70
80
70
60
50
40
30
20
10
0
Yil boshida
Yil o’rtasida
Yil oxirida
- Yuqori daraja
- O’rta daraja
- Past daraja
Loyihani amalga oshirish bo’yicha ish olib borish shakllari: - Ekologik muhitda kuzatish va ekskursiyalar
- Videofilm, taqdimot, slaydlar yasash
- Kognitiv o’qish
- «Mehribonlik saboqlari»
- Konkurs, ko’rgazmalar, tadbirlar
- Tajriba labaratoriyalari
- Kun (hafta) «Atrof-muhitga mehr-muhabbat»
- Sahnalashtirish va teatrlashtirish
- Ekologik, harakatlantiruvchi, didaktik, imimitatsion o’yin, sasarguzasht-o'yinlar
- Ekologik ma’rifiy bayramlar, ko’ngilochar tadbirlar
Oilalar bilan o’zaro munosabat shakllari - Ota-onalar uchun individual tavsiyalar (yoki qonuniy vakillari)
- Ota-onalarning guruh maslahatlari, umumiy yoki guruhli ota-onalar yig'ilishlarida qatnashishi va vizual matnli ma’lumotlar bilan tanishtirish orqali ota-onalar o’rtasida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish. Tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga axborot yetlazish uchun guruh yig’ilishlarida: «Bola bilan birgalikda o’rganamiz» , « Kichik guruhlarda ekologik ta’limni rivojlantirishda oilaning roli» , «Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin asosida tadqiqot usullarini rivojlantirish» , «Bolada ekologik bilimni shakllantirishning shartlari»
Bolalar bog’chasida tashkil etiladigan tabiat burchagi namunalari
Bolalar o’yinlari – bu hayotiy labaratoriya
S.Shatskiy
Do'stlaringiz bilan baham: |