Montesori metodikasi bo'yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak.
Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish
Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali hali to'liq shakllanmagan barcha ruhiy jarayonlarni rivojiantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to'liq rivojlanmagan bo'ladi
Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo'lish.
Nutq apparatlari orqali tilni rivojiantirish, so'z boyliklarini oshirish.
Sensor tarbiyaning maqsadi - Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning sensor qobiliyatlarini o'stirishdan iborat. Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi yetarli bo'lib qoimay, balki ular buyumlarni chuqurroq idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo'lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir, deb biladi.
- Tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e'tibor berishi, bolalarga tegishli topshiriqlar berishi: buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo'yishda ularning og'irligini his qilish, buyumni qo'lga olib, uning sirtini sezishi va sifatini - issiq yoki sovuqligini ana shunga o'xshashlarini aniqlashi kerak.
- Bolalarning yoshi ulg'ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoitlar ning o'zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo'yiladigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar tarelkalarning katta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlarning og'irligini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuqroqligini, plastmassa buyumlarning yengilligini his qiladilar. Stollarni u yoq bu yoqqa siljitish, stullarni joy-joyiga qo'yish boshqa harakat sezgilarini uyg'otadi, fazoviy munosabatlarni, kontur chiziqlar va hokazolarni idrok qilishni talab etadi.
- Shunga asoslanib, sensor tarbiyaning quyidagi vazifalari belgilanadi: - Bolalarda perspektiv harakatlarni shakllantirish. - Buyumlarning xususiyati, sifati, munosabati to'g'risidagi umumlashgan tasavvurlar sensor etalonlar sistemasini shakllantirish. Sensor etalonlar ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qilingan namunalardir. Asosiy ranglar, geometrik shakllar, notalarda ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi ana shunday etalonlar jumlasiga kiradi.
- Agar bola etalonlar va ularning og'zaki ifodalanishi bilan tanish bo'lsa, uning tevarak-atrofni bilishi oson bo'Iadi, u o'zi uchragan buyumlarni ma'lum bir etalon bilan taqqoslaydi hamda buyumning rangi, shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy joylashishini aytib beradi Perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy faoliyatda va bilish jarayonida mustaqil foydalanish malakasini shakllantirish.
- Sensor tarbiyaninng mazmuni o'z ichiga tevarak-atrofdagi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va har xil sensor asosga egadir.
- Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va ularning nomini aytishga o'rgatiladi, ularda rang tuslari haqida, bo'yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tuslar paydo bo'lishi to'g'risida tasavvur hosil bo'ladi, shuningdek ular (nutqning tovush tomonlarini, so'zning tovush tuzilishini tahlil qilish qobiliyatini) va musiqa tinglash o'quvini rivojiantirish ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. Sensor tarbiya, shuningdek, taktik sezgilarni, buyumlarning sifatini paypaslab, ko'rib farqlash va ularni to'g'ri aytish (silliq, mayin, dag'al, yumshoq, og'ir, yengil, sovuq, issiq va boshqalar] ko'nikmalarni rivojiantirish ham sensor tarbiya vazifalaridn biridir.
- Bolalar sekin-asta vaqtni tushuna boshlaydilar hamda vaqt tushunchasini o'zlashtiradilar, vaqtning ketma-ketligi va davomliligini anglaydilar. Dastlab bolaning "kecha", "bugun", "ertaga" tushunchalarini nisbiyligini, vaqtning davomliligini (bir daqiqa, besh daqiqa, bir soat) tushunib olishi qiyin bo'ladi.
- Bunga tajribaning to'planib borishi va biror maqsadga qaratilgan ta'lim natijasida erishiladi. Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalarning hamma faoliyatlarida amalga oshiriladi deb aytish mumkin Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikatsiyalar yasash] sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgina qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi.
- Biror narsaning rasmini chizishdan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o'rgatiladi, suratlarni ko'zdan kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliligiga erishilishini ko'rish qobiliyati rivojlanadi.
- MTMda bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o'simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib, bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo'lish tufayli gul, toshlarning nomini osongina va bajonudil bilib oladilar, keyinchalik ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini silliqligi va mayinligiga qarab topadilar.
- Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar "oldinga”, "orqaga", "tepada - pastda” "uzoq-yaqin”, "chapda-o'ngda" kabi fazoviy tasavvurlarni o'zlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o'lchamining farqiga yetadilar, ularni o'zaro taqqoslaydilar. Bolalar tabiat bilan tobora ko'proq aloqada bo'lishlari tufayli taassurotlari, eshitib ta'sirlanish xususiyatlari ortib boradi.
- Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg'irning shatir-shuturi va momaqaldiroqning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o'rgatish zarur. Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri - tekshirishdir.
- Tekshirish - buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo'lib, uning natijalaridan keyinchalik ma'lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayonida bolalar katta-kichiklikni, shaklni, fazoviy munosabatlarni, rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o'ziga xos xususiyatlarini ajratib ko'rsatish va farqlashga o'rganadilar. Mashg'ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol o'ynaydi. Holbuki shu mashg'ulotlarda bolalarning sezgi, idrok va tasavvurlarni tarbiyalashga jonli rahbarlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
- Bolalar biror buyumni nima uchun sinchiklab qarash, ba'zi tovushlarni yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina, ularda sinchiklab qarash, narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi hosil bo'Iadi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni narsa va hodisalarni idrok qilishga o'rgatib, ular qiladigan ishlarning ma'nosini aniq tushuntirib berishi lozim.
- O‘tgan XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, bolalarning sensor tarbiyasiga alohida e’tibor qaratila boshlandi, uning ilmiy asoslarini chuqurlashtirishga kirishildi. Chunki maktabgacha ta’lim jarayoni bolaning kelajakdagi taraqqiyotini ta’minlovchi muhim bosqich hisoblanadi. Pedagoglarning diqqat-e’tibori xuddi mana shu bosqichni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashga qaratildi. Mazkur bosqichda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolaning imkoniyatlarini maksimum darajada ro‘yobga chiqarish uchun qulay pedagogik sharoit yaratadi.
- Chunki bolaning har bir yosh davri o‘ziga xos pedagogik-psixologik xususiyatlarga ega. Masalan, kichik maktabgacha ta’lim davri boladagi idrok qilish jarayonining jadal rivojlanishi bilan xarakterlanadi.Shuning uchun ham sensor tarbiya va bola idrokining vujudga kelishi masalasi ko‘pgina mutaxassislar e’tiborini o‘ziga qaratib kelmoqda.
- Chunki sensor tarbiya bolaning atrof-muhitni to‘liq idrok etishini ta’minlashga yo‘naltirilgandir. Atrof- muhitdagi narsa-buyumlarni to‘liq idrok etgan taqdirdagina bola uni o‘z nutqida ifodalay oladi.
- Olamni idrok etish, bilish asosi sifatida bolaning hissiy tajribasi muhim ahamiyatga ega. Aqliy, estetik, axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyati bolaning hissiy rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir
- Bola atrofdagilarni qanchalik aniq ko‘ra olsa, tovushlarni tinglasa, ularni farqlasa, o‘ziga xos jihatlarini sezsa, nutqi rivojlanishi uchun muhim asos vujudga keladi. Bugungi kunda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga pedagoglar e’tiborini qaratish alohida dolzarblik kasb etmoqda.
- Bu jarayonda bolaning mustaqilligi va tashabbuskorligini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Muayyan vaziyatlarda bolaning faol hatti-harakati, xulq-atvori, faoliyati, boshqalarbilan muloqoti unga hodisalar va narsalarning mohiyatini aniqlash imkonini beradi. Bularning barchasi bolaning hissiy layoqatini rivojlantiradi va so‘z boyligini oshiradi.
- G.L. Rozengart-Pupko bolaning nutqni tushunish (idrok qilish) jarayonini tahlil qilib, ko‘ruv idroki va buyumlarga ko‘z yugurtirib, ularning nomlarini tushunish rivojlanishiga yordam beradi, - degan xulosaga keladi.
- Z.I. Barabanova esa, bolaning nutqni idrok qilish jarayonini tekshirib, undagi turli analizatorlarning ahamiyatiga baho beradi. Uning ta’kidlashicha, qo‘zg‘atuvchi 10 marta namoyon bo‘lishida ko‘rish analizatorlarining yo‘nalishi bolada 86 % gacha saqlanadi, eshitish analizatorlarining 60% esa yo‘qola boshlagan.
- D.B. Elkonin ning ta’kidlashicha esa, nutqni tushunish vujudga kelishining asosoy shartlari quyidagilardan iborat:1.Umumiy holatdan asosiy fikrni ajrata olish; 2.Narsalarga diqqatini qaratish;3.Favqulodda holatga qarab anglanadigan his-tuyg‘uning mavjudligi va boshqalar.
- Ilk va maktabgacha kichik yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, hajmi va rangi bilan tanishtirish, ularning nomlarini o‘rgatish hamda xususiyatlari haqida aniq tasavvur hosil qilishda sensor tarbiya jarayonidan unumli foydalanish zarurligini kuzatishlarimiz yaqqol ko‘rsatmoqda. Sensor tarbiya maqsadga muvofiq tarzda yo‘lga qo‘yilsa, bolalarning nafaqat nutqi, balki axloqiy-estetik tasavvurlari boyitiladi, jismoniy rivojlanishlari ta’minlanadi.
- Sensor harakatlar bolalarning nutqini rivojlantirish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bolalarda buyumlarning shakli va rangini farqlash ko‘nikmasi shakllangan bo‘lsa, ular atrofdagi narsalarning xususiyatlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar.
- Bu esa ularning tasvirlash, rasm chizish, loy, plastilin, qog‘oz va matodan turli xil narsalar yasash hamda qurish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.Tevarak-atrofdagi buyumlarning shakli, hajmi, tuzilishi, ranglarini ajrata olish ko‘nikmalarining shakllanganligi bola bilish faoliyatini tarkib toptirishning muhim shartidir.
- Sensor tarbiya jarayonida bolalar turli buyumlar, tabiat hodisalari, hayvonot va o‘simliklar olami bilan tanishtirilishlari natijasida ularning o‘ziga xos jihatlarini bilib oladilar.
- Bu o‘z navbatida ular nutqining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Buyumlarning turli-tuman ranglari, shakllari, hajmi va fazoviy holatlarini bolalar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgandagina ular haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar va har birining nomlarini yodda saqlaydilar. Ba’zi buyumlar, qushlarning tovushlarini musiqaga qiyoslagan holda idrok etadilar. Buyumlarning qattiq-yumshoq, yengil-og‘ir, sovuq yoki issiqligini qo‘llari bilan ushlab sezadilar va nutqlarida ifodalaydilar.
- Bolalarning sezgilarini rivojlantirish orqali ularning nutqini o‘stirish nazariyasi va amaliyotini O.Roziqov, R.Safarova, Sh.Abdullayeva, E.G’oziyev. A.Usova, N.Sakulina, L.Venger, V.Muxin singari pedagog va psixologlar ilmiy jihatdan asoslab berganlar. Sezgi orqali bolalarning nutqini o‘stirish ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Sensor jarayonlar sezgi a’zolari faoliyati bilan bog‘liqligini N.Podd’yakov va V.Avanesovlar ko‘p bora ta’kidlaganlar.
- Maktabgacha yosh davrda bolalarda narsalarning nomlari, shakllari, ranglarini idrok etish va eslab qolish jarayoni jadal kechadi. Bunda narsa-buyumlar haqidagi barcha tasavvurlar bevosita ko‘rib, nomini eshitish va ular yordamida turli harakatlarni bajarish jarayonida shakllanib boradi. Bolalardagi his qilish va idrok etish jarayoni ularning so‘zlarni o‘zlashtirish va ular yordamida fikrlash ko‘nikmalarini jadal rivojlantiradi. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalarga muayyan so‘zlarni o‘rgatayotganda aniqlik tamoyiliga tayanish lozim. Bu asrlar davomida sinalgan didaktik tamoyillardan biridir. Uning zamirida bir qator didaktik qonuniyatlar o‘z ifodasini topgan.
- Sensor tarbiya orqali bolalar nutqini o‘stirishda nafaqat ko‘rganlarini idrok etish, balki tinglash layoqatining mavjud darajasini ham hisobga olish lozim. Sensor tarbiya orqali bolalar nutqini o‘stirishda turli buyumlarning nomlari, ularning xususiyatlarini bolalarga aniq, to‘liq yetkazish, narsalarning ranglari, shakllari, hajmi haqida muayyan tasavvur hosil qilish zarur.
- Pedagogik-psixologik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini o‘stirishda sensor tarbiya jarayonidan foydalanish ularning umumiy, aqliy rivojlanishlarini ta’minlash imkonini beradi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Qodirova F.R., Toshpo‘latova SH.Q., Qayumova N.M., A‘zamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.
2. Sodiqova SH.A., Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni. 2013 y. Darslik.
3. Kayumova.N.M. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU -2013 y. O‘quv qo‘llanma. 4. Djurayeva.D.R. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy tendentsiyalari T.: 2015 y. O‘zPFITI. Uslubiy qo‘llanma.
5. Djurayev.R.X. Ta’lim menejmenti. T.: 2006y. O‘quv qo‘llanma.
6. F.R.Qodirova. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. T- "ISTIQLOL, 2006 y. O‘quv qo‘llanma.
7. D.R. Babayeva. “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz” 2018 y. Darslik.
8. “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti” 2020-yil 22- dekabr.
Axborot manbaalari:
1. www.tdpu
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet.u
Do'stlaringiz bilan baham: |