Urdu maxsus sirtqi bo’limi Maktabgacha ta’lim yo’nalishining



Download 244 Kb.
bet84/95
Sana30.12.2021
Hajmi244 Kb.
#197997
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95
Bog'liq
Urdu maxsus sirtqi bo’limi Maktabgacha ta’lim yo’nalishining

Tuzuvchi: I.R.Avazmetova

Javoblar

1.Qadimgi yozma yodgorliklarda tabiatni asrab avaylashga doir masalalarni yoritilishi.

Avesto O’rta Osiyo xalqlarining axloq-odobi qaror topishi va rivojlanishi tarixini o’rganish uchun bebaho manbadir. U diniy mazmunda bo’lishi bilan bir qatorda falsafa, siyosat, axloq, turmush, adabiyot masalalarini ham o’z ichiga oladi. O’rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron hamda butun Yaqin va O’rta Sharq xalqlaridagi ilk tabiiy-ilmiy tasavvurlarini o’rganish uchun boy material beradi.

Avesto muayyan tarixiy davrdagi konkret shaxslar ijodining yakunidan iborat bo’lganligi sababli, shubhasiz, ma’naviy madaniyatni tadqiq etish, xususan, asosiy axloqiy g’oyalarni aniqlash uchun anchagina murakkab asardir. Uni bir qator xalqlar yaratgan. Biror ma’lum davrga mansub ....deb aytib bo’lmaydi.

Tadqiqotlarga ko’ra Avesto taxminan meloddan oldingi IX dan IV asrga qadar tuzilgan, uning ayrim qismlari nafaqat san’at balki geografik jihatdan ham bir - biridan farq qiladi. Ular zardo’shtiylik hukmronlik qilgan turli mamlakatlarida yaratilgan.

Bu din urug’chilik tuzumi davrida paydo bo’ldi, keyin qadimiy Sharqda quldorlik davrida rivojlandi va nihoyat, arshaxiylar, sosoniylar zamonida (ilk feodalizm davrid a) tubdan o’zgardi. Shu bois Avesto keng yoyilgan mamlakatlardagi mahalliy xususiyatlar unga ta’sir etmay qolmadi.

Avesto” zardo’shtiylikning muqaddas kitobi bo’lib, u bizning qadimiy tariximizdan darak beradi. “Avesto” haqida Prezidentimiz I.A. Karimov shunday ta’kidlaydi: “Ota-bobolarimizning asrlar davomida to ’plangan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyib uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududiga yaratilgan, “Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy obida alohida o’rin tutadi ”1. Darhaqiqat, bu tarixiy yodgorlik o’zbek xalqining buyuk ma’naviy merosi hisoblanadi. “Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi va shu bilan birga ilm-fan, hayotning barcha sohalari bo’yicha ancha mukammal ma’lumotlar beradigan ulkan, eng ko’hna manba hisoblanadi. Ushbu kitobda O’ rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining eng qadimgi marosimlari, urf-odatlari, qo’shiqlari, diniy oyatlari, marosimlari haqida ma’lumotlar berilgan. “Avesto ”ning asosiy g’oyasi quyidagicha ifodalanadi: ”Ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishlar bilan ezgu ishni alqayman. O’zimni bari ezgu o’ylarga, ezgu so’zlar aytishga, yaxshi ishlar amaliga baxshida qilaman.

Avesto O’rta Osiyo xalqlarining axloq-odobi qaror topishi va rivojlanishi tarixini o’rganish uchun bebaho manbadir. U diniy mazmunda bo’lishi bilan bir qatorda falsafa, siyosat, axloq, turmush, adabiyot masalalarini ham o’z ichiga oladi. O’rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron hamda butun Yaqin va O’rta Sharq xalqlaridagi ilk tabiiy-ilmiy tasavvurlarini o’rganish uchun boy material beradi.

Avesto ta’limotiga ko’ra ikkita kuch: yaxshilik va yomonlik mavjud bo’lib, ular bir-biri bilan abadiy murosasiz, dushmanlik holatida bo’lib keladi. Yaxshilik kuchlariga Axura Mazda, yomonlik kuchlariga Angra Man’yu boshchilik qiladi. Inson hayotini uning baxti yoki baxtsizligini ana shu kurashning natijasi belgilab beradi. Bir qatordan zardushtiylik adabiyotida inson sub’ekt sifatida emas, balki Xudo tasvir ko’rsatadigan ob’ekt sifatida ish tutadi, ya’ni insondan yo’lboshchilar, podsholar va kohinlarning «o’ta insoniy» obrazlari keltirib chiqariladi. (Bu jihatdan zardushtiylikning nassorolik va yahudiylik bilan g’oyaviy o’xshashligini ko’rish qiyin emas, keyingi bu ikki din ham, insonni Xudo «o’z tani va joniga» o’xshatib yaratgan va Xudo bilan inson aynan bir xil deydi). Ikkinchi tomondan inson Xudolarning xizmatkorlari, samoviy va dunyoviy hokimlar xohish-irodasini bajo keltiruvchilardir. Shunday bo’lishiga qaramay, zardushtiylik adabiyoti xohish - iroda va tanlash erkinligini inkor etmaydi. Uni faqat insonga nisbatangina emas, balki hatto hayvonot dunyosiga nisb atan ham birinchi o’ringa qo’yadi. «Sen molga tanlab olish, mol boqarga yoki mol boqar bo’lmagan kishiga qaram bo’lishni tanlab olish imkoniyatingni berib qo’yding» deb murojaat qiladi Zarartushtra Axura Mazdaga («Yasna»).

Kishilar o’z amaliy ishlari, ijobiy axloqiy fazilatlari bilan yaxshilikka moyil ekanliklari, ko’rsatishlari va bu bilan yovuz kuchlarga qarshi kurashda yaxshilik ruhiga ko’maklashishlari lozim, aks holda nomunosib hatti-harakat qiluvchi kishiga osongina yoionlik qopqoniga ilinib qolishi mumkin. Zardusht: «yolg’onchilikka ixlos qo’yganlar uchun abadul-abad azob-uqubatlar tayyorlab qo’yilgan», deydi. Shu bois inson hayot maqsadini tanlab, o’z zimmasiga muayyan majburiyat olar ekan, uni ado etish uchun javobgar bo’lishi lozim.

Ko’rib turibmizki qadimiy zamon xalqlarining axloqiy qarashlari «biz» va «ular» tushunchalarini ijtimoiy-ruhiy jihatdan albatta bir-biriga qarama-qarshi qo’yish vaziyatida shakllanadi.

(Biz-yaxshi, ular yovuz kishilar), «Chorvador yaxshi niyat uchun kurashadi, chorvador bo’lmagan kishi bunday niyatdan yiroqdir». (Yasna), Axura Mazdaning ta’lim berishicha o’z baxt saodatini ko’zlashdan ham ko’ra ko’proq ilohiy qudratni mustahkamlashni ko’zda tutib harakat qiladigan odam birinchi navbatda shu dunyoning va samoning qudratli kishilariga xizmat qilish kerak. Barcha diniy rasm-rusumlariga rioya qilish Zardushtning barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarini bajo keltirish har bir kishining muqaddas burchidir. Biroq Zardushtiylik ayni paytda dunyoviy ishlarga faol munosabatda bo’lishiga: uy-joy qurishga, chorva, xotin va bola-chaqaga ega bo’lishga, ekin-tekin va daraxt ekishga, erlarni sug’orishga, mol- xol boqishga va boshqalarga da’vat etadi.

Dunyoda qanday joy eng sevimli joy degan savolga Axura Mazda bunday javob beradi: «Taqvodor kishi o’t-olovi va sut-qatig’i va ichida xotini, bolalari bo’lgan uy qurgan joy chindan ham eng yaxshi joydir».

Ko’rib turibmizki, Avestoda mehnat noz-ne’matlar manbai bo’lganligi uchungina emas, balki axloqiy sog’lomlik, ezgulik manbai sifatida ulug’lanadi. «Don ekkan kishi taqvodorlik urug’ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e’tiqodini olg’a so’radi, u iymonni oziqlantirib turadi». Bu qonunni bajarish 10 ming marta ibodat qilish bilan barobar yuzlab qurbonlik qilishga teng. «Ekin ekish demak erdagi yovuzlikni yo’qotishdir. Chunki don etilganda devlarni ter bosadi, tegirmon paydo bo’lganda devlar gangib qoladilar, uni chiqqanda devlar sarosimaga tusha boshlaydilar, non paydo bo’lgan paytda devlar qo’rqqanidan zo’r berib dod soladilar».

2.Tabiat –bolalarni har tomonlama kamol toptirishda asosiy omil sifatida.

Tabiat - bitmas tuganmas xazina. Uning jonli va jonsiz tabiati, turli - tuman o’simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to’g’ri o’sib, shakllanishida, tabiatda bo’ladigan voqea - hodisalarning sir -asrorini o’rganib voyaga yetishida katta manba bo’lib xizmat qiladi. Bola qiziquvchan bo’ladi. U atrofdagi, mtm hovlisidagi rang - barang gullarni, sharqirab oqayotgan suvlarni, guldan - gulga qo’nib uchayotgan kapalaklarni, betinim sayrayotgan qushlarni ko’rib quvnaydi, yayraydi. Bola ongining o’sishida, jonli va jonsiz tabiatga bo’lgan qiziqishini ortishida tevarak-atrofdagi tabiatning roli beqiyos kattadir.

Yoshlаrgа tаrbiya bеrаr ekаnmiz, eng аvvаlо tаrbiyaning shu kеchа-kunduzdаgi аhаmiyatini, zаrurligini, hаm jаmiyatimiz uchun, hаm insоnning shаkllаnishidаgi rоlini ilmiy аsоsdа tushuntirib bеrishimiz kеrаk.

Yoshlаrni tаrbiyalаshdа, dаstlаb umumiy tаrbiyaning o’z оldigа qo’ygаn mаqsаd vа vаzifаlаrini bilib оlishimiz kеrаk.

Yoshlаrdа dunyogа qаrаshni shаkllаntirishdа ulаrni tаbiаt bilаn tаnishtirishning, tаbiаtdа bo’lаdigаn vоqеа-hоdisаlаrning, o’simlik vа hаyvоnоt оlаmining rоli bеqiyos kаttаdir.

Umumiy tаrbiyani singdirishdа tаbiаt elеmеntlаri, uning bоyliklаri, jоnli vа jоnsiz tаbiаtdаgi mаtеriаlistik nuqtаi nаzаrdаn fоydаlаnib, yoshlаrni uning sir-аsrоrini to’liq bilib оlishgа, o’rgаnishgа vа ulаrdаn оqilоnа fоydаlаnishgа o’rgаtishimiz lоzim.

Yosh аvlоdni hаr tоmоnlаmа tаrbiyalаsh bоlаlаr MTMlаrining vа mаktаblаrning оldidа turgаn eng muhim vаzifаdir. Bu g’оyani аmаlgа оshirishdа ulаrni tаbiаt bilаn tаnishtirish hаm аsоsiy vоsitаlаrdаn biri hisоblаnаdi.

Tаbiаtdаgi bаrchа tiriklik jаrаyonlаr ma’lum qоnuniyat аsоsigа qurilgаn bo’lib, uni bilib, o’rgаnib оlishimiz, undаn оqilоnа fоydаlаnishimiz kеrаk.

Hаqiqаtdаn hаm shаxsni hаr tоmоnlаmа shаkllаnishi bizning jаmiyatimizdаginа аmаlgа оshаdi. Chunki yoshlаrni o’sishi, ulg’аyishi uchun оnа tаbiаtning hаmishа bаg’ri оchiq. Biz yilning qаysi fаslidа tоqqа, tоg’ etаklаrigа, qir-аdirlаrgа, dаryo, hоvuz, kаnаllаr bo’ylаrigа sаyrgа bоrmаylik, hаmishа u yеrlаrning xush mаnzаrа, xush hаvоsini ko’rib, bаhri dilimiz оchilаdi. Tаbiаt go’zаlliklаridаn estеtik zаvq оlаmiz, bu bоlа оngining rivоjlаnishigа, uning hаr tоmоnlаmа kаmоl tоpishigа chеksiz imkоniyatlаr оchib bеrаdi.

Yoshlаrni tаbiаtning qоnuniyatlаri bilаn tаnishtirishning аhаmiyati shundаki, ulаrning to’g’ri o’sib ulg’аyishigа, tаbiаtdа bo’lаdigаn vоqеа-hоdisаlаrni ilmiy аsоsdа tushunishgа оlib kеlаdi. Bu bоlаning shаkllаnishidа, tаbiаtgа, оnа-Vаtаnigа, tаbiаt bоyliklаrigа bo’lgаn mеhr-muhаbbаtini оshirаdi.

Bоlаlаrni hаr tоmоnlаmа tаrbiyalаsh dеgаndа, ulаrni o’zi yashаb turgаn muhitni tоzа sаqlаsh, qo’riqlаsh, ko’kаlаmzоrlаshtirish kаbi xislаtlаr hаm kirаdi.

Jоnsiz tаbiаt bilаn tаnishishdа оb-hаvоni fаrqigа bоrishni (sоvuq, issiq, quyoshli, bulutli, shаmоl esаdi, qоr, yomg’ir yog’аyotir, do’l tushdi), qоr vа suvning ba’zi xususiyatlаrini (suv tiniq, qоr g’оvаk bo’lgаnligidаn qоrbo’rоn, qоr uyumi hоsil qilish mumkinligini) o’rgаtish mumkin.

Jоnli, tаbiаtdа, MTM uchаstkаsidа, uning tеvаrаk-аtrоfidаgi 4 tа dаrаxtni, 2-3 tа butаni o’rgаtish, dаrаxtni butаdаn аjrаtish, guli vа bаrgigа qаrаb 3-4 tа o’tchil o’simlikni tаnish, mеvаli dаrаxtlаrdаn 1-2 turini, fоydаli vа zаhаrli zаmburug’lаrdаn 2-4 turini bilish kеrаk. Bоlаlаrni 2-3 tur sаbzаvоt o’simliklаrini tаniy bilishgа, tuprоqni tаyyorlаsh, urug’ ekish, pаrvаrish qilish, mеvаsining pishgаnligini аniqlаsh vа hоsilini yig’ishgа o’rgаtilаdi.

3.Sayrlarni rejalashtirish va o’tkazish metodikasi



Tabiat bilan tanishtirish jarayonida tarbiyachi xilma-xil: og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarni qo‘llaydi. U o‘simlik va hayvonlarni, ularning yashash sharoitlarini namoyish qiladi. Bu narsalarni oddiy mashg‘ulotlarda ko‘rsatib bo‘lmaydi. Shuning uchun tabiat bilan tanishtirish metodikasida mashg‘ulotlarni to‘ldiruvchi maxsus shakllar qo‘llaniladi. Ekskursiya bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi mashg‘ulotlar turidan biridir. U tabiat bilan tanishtirish metodlarining ko‘rgazmali metodiga kiradi. Ekskursiya vaqtida bola tabiat hodisalarining mavsumiy o‘zgarishlarini tabiiy sharoitda kuzatishi, tabiatning insonning hayot va talablariga muvofiq o‘zgarayotganini hamda atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida bilimlar to‘plashga imkon beradi. Ekskursiya mashg‘ulotlarining afzalligi yana shundaki, unda bolalar o‘simlik va hayvonlarni ular yashaydigan muhitda ko‘rish hamda tabiatda mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalar haqida dastlabki dunyoqarash, tasavvurlarini, olamni materialistik tushunishni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tarbiyachi rahbarligida o‘rmon, dala, daryo va ko‘l qirg‘oqlariga uyushtirilgan ekskursiya bolalarning diqqatini jalb qiladi, tabiat burchagida olib boriladigan keyingi kuzatishlarga xilma-xil material to‘plashga sharoit yaratadi. Ekskursiyalarda bolalarda kuzatuvchanlik, tabiatni o‘rganishga qiziqish o‘sadi. Ular narsalarni sinchiklab kuzatish va uning xarakterli xususiyatlarini qayd qilishga odatlanadilar. Tabiatning go‘zalligi bolalarda estetik hissiyotlarning o‘sishiga yordam beradi. Shu asosda ona tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish shakllanadi.Ekskursiya bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi mashg‘ulotlar turidan biridir. U tabiat bilan tanishtirish metodlarining ko‘rgazmali metodiga kiradi. Ekskursiya vaqtida bola tabiat hodisalarining mavsumiy o‘zgarishlarini tabiiy sharoitda kuzatishi, tabiatning insonning hayot va talablariga muvofiq o‘zgarayotganini hamda atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida bilimlar to‘plashga imkon beradi. Ekskursiya mashg‘ulotlarining afzalligi yana shundaki, unda bolalar o‘simlik va hayvonlarni ular yashaydigan muhitda ko‘rish hamda tabiatda mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalar haqida dastlabki dunyoqarash, tasavvurlarini, olamni materialistik tushunishni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar Ekskursiyada olingan bilimlar mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda, tabiat burchagida o‘tkaziladigan kuzatishlarda kengaytiriladi va mustahkamlanadi. Ekskursiya yakunida to‘plangan materiallarni tabiat burchagiga joylashtirish (masalan, o‘simliklarni vazalarga, gultuvaklarga solish, jonivorlarni akvarium, terrarium, sadaklarga joylashtirish), o‘simlik va hayvonlarni kuzatuv ostiga olish zarur. Ekskursiyadan 2-3 kun o‘tgach, tarqatma material, rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasaladi, tabiiy materiallardan foydalanib didaktik o‘yinlar, mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Badiiy adabiyotlar o‘qiladi, bolalarning ekskursiyadan olgan taassurotlari haqidagi hikoyalari tinglanadi. Mashg‘ulot yakunida umumlashtiruvchi suhbat o‘tkaziladi. Tabiatshunoslik ekskursiyalari ma’lum tizimga muvofiq o‘tkaziladi. Ularni tabiatda bo‘ladigan mavsumiy o‘zgarishlarga qarab ayni bir obyektning o‘ziga yilning turli fasllarida uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, bahor mavsumida maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan vazifalarni asta-sekin murakkablashtirgan holda istirohat bog‘iga 3 martaekskursiya uyushtirish lozim.Bu ekskursiyadan maqsad - bolalarni bahorgi o‘zgarishlar bilan tanishtirish, ularni ko‘rish hamda tabiatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning sababini tushunish ko‘nikmalarini o‘stirishdir.

Ekskursiya mashg‘ulot turi sifatida o‘rta, katta hamda tayyorlov guruhlarida o‘tkaziladi. Har bir ekskursiya uchun barcha bolalar egallashlari shart bo‘lgan dastur mazmuni belgilanadi. Ekskursiya 5 qismdan iborat: 1. Ekskursiyaning nomi. 2. Ekskursiyaning maqsadi. 3. Ekskursiyaga tayyorgarlik. 4. Ekskursiyaning borishi. 5. Ekskursiyani yakunlash

5.1. O’rta gurux bolalari nechi turdagi daraxtlar, nechi xil turdagi o‘simliklarning

nomini ayta oladi

a) 3-4 xil turdagi daraxtlar xamda 2-3 xil turdagi o‘simliklarning

b) 3-5 xil turdagi daraxtlar xamda 3-4 xil turdagi daraxtlar

s) 2-4 xil turdagi daraxtlar xamda 1-4 xil turdagi daraxtlar

d)2- 3 xil turdagi daraxtlar xamda 3-4 xil turdagi daraxtlar

2.O’rta guruxda bolani sabzavotlar va mevalarning o‘ziga xos belgilari bilan

kanday tanishtirib boriladi

a) sabzavotlar polizda, mevalar esa bog‘da, daraxtda o‘sishi xakida

b) sabzavotlar dalada mevalar esa bog‘da, erda o‘sishi xaqida

s) sabzavotlar dalada mevalar esa polizda, yerda o‘sishi xaqida

d) sabzavotlar, yerda mevalar esa , polizda, o‘sishi xaqida

3.Uy hayvonlarining tashqi ko‘rinishidagi farqlar (tana qismlari,

tovushlari, yurish-turishlariga xos xususiyatlar), nima bilan

oziqlanishi, xo‘jalikka qanday foyda keltirishi, ularga g‘amxo‘rlik kilish

xaqidagi tushunchalar qaysi guruxda amalga oshiriladi.

o’rta gurux (4-5 yosh)

kichik gurux (3-4 yosh)

tayorlov gurux (6-7 yosh)

katta gurux (5-6 yosh)

4.O’rta guruxda qaysi xona guli haqidagi bilimini mustahkamlash va qaysi

gullar bilan tanishtirish, ularni parvarish qilish yo‘llarini o‘rgatishni davom

ettirib boriladi.

xona guli fikus xamda navro‘zgul, yorongul geran

xona guli fikus xamda aloe, yorongul geran

xona guli aloe xamda navro‘zgul, yorongul kaktus

xona guli atirgul xamda navro‘zgul, kaktus geran

5. Tabiat bilan tanishtirish ish shakllari.

mashgulot, ekskursiya, sayr

barglar, urug‘lar ildiz, meva, sabzavot

belkurak, ketmon, xaskash

meva, sabzavot, barg, hayvonlar




Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish