Turkiy tillarning bobotil davridagi unlilarning miqdori masalasi hanuz turkologlar orasida munozarali bolib kelmoqda. Ayrim turkologlar turkiy tilda sakkizta unlining mavjudligini takidlaydilar. Ular qisqa va choziq unlilardan iborat bolgan. Ushbu fikrni birinchi marta V.V.Radlov ilgari surgan edi. Bobotil davridagi unlilar tizimi quyidagi korinishda bolishi mumkin: Qisqa: a, ä, o, ö, u, ü, ї, i. Uzun: a:, ä:, o:, ö:, u:, ü:, ї:, i:. Turkiy bobotil davrida yopiq ye (e) unlisining mavjud bo‘lganligi ham munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Enasoy obidalarida ushbu unlining bo‘lganligi ta’kidlanadi. Bu unli o‘rxun yodnomalarida uchramaydi. Lui Bazen ushbu fonemaning fonologik xususiyatga ega emasligini korsatgan. U fonologik jihatdan, ayni paytda, a va i ga qarama-qarshi emas. Bundan tashqari, uniñ mavjudligi turkiy vokalizm tizimiga putur yetkazgan bolardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |