Turkiy tillarning ikki guruhi yaqqol ajratiladi. Birinchi guruhga so‘z boshida jarangli portlovchilar keladiganlari kiradi. Bular o‘g‘uz tillari deb yuritiladi. Ikkinchisiga qipchoq tillari mansub bo‘lib, bu tillarda anlautda portlovchilar kelishi mumkin, ammo mazkur tillarda so‘z boshida jarangsiz portovchilar ko‘p uchraydi. Turkiy tillarda so‘z boshida jarangli portlovchilarning jarangsizlanishi va aksincha holatida kelish qonuniyatida barqarorlik hech qachon bo‘lmagan. Qo‘shimcha dalillar shuni ko‘rsatadiki, turkiy bobotil davrida anlautda jarangli undoshlar, jumladan, m, r, l, n sonantlari hamda jarangli z, z(dz), g, j undoshlari qo‘llanilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |