Ayrim unlilar, ayniqsa, qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘oy va qorachoy-balqar tillaridagi o, ö so‘z boshida diftongoid talaffuzga ega: q.qalp. uorьn (o‘rin), uoq (o‘q), q.balq. uot (o‘t-olov), uon (10), qoz. uoraq (o‘roq) va hokazo. Bunday talaffuz o‘zbek tilidagi singarmonizmli shevalarda ham kuzatiladi. Diftongoid talaffuz, ko‘pincha, e unlisiga xosdir. Hozirgi turkiy tillarda, ayniqsa, ularning dialektlarida anlautda p~b, t~d, k~g kabi tipdagi jarangiz va jarangli undoshlar kuzatiladi: ozarb. dial. palta~balta (bolta), tovshan~dovshan (quyon), tish~dish (tish), qirg.(dial.). putak~butak (butoq), qoz.dial. pal~bal (asal), no‘g‘.dial. pыshak~bыshaq (pichoq), o‘zb.dial. pütün~bütün (butun) va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |