Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: Milliy g‘oya – O‘zbekiston xalqining ishonch-e’tiqodi manbai



Download 467,7 Kb.
bet61/195
Sana01.09.2021
Hajmi467,7 Kb.
#162167
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   195
Bog'liq
2 5197302597328833210

14-mavzu: Milliy g‘oya – O‘zbekiston xalqining ishonch-e’tiqodi manbai.

1.       Milliy g‘oyani xalq ishonchi hamda e’tiqodiga aylantirishning ichki vazifalari.

2.       Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish mezonlari.

3.       YOshlarda Milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni shakllantirish.

 

Mustaqillikka erishgandan keyin mustabid tizimning yakka hukmron bo‘lgan kommunistik mafkurasidan bezib, zada bo‘lib qolgan o‘zining milliy g‘oyasi negizlari bo‘lgan madaniy qadriyatlari, urf-odat va an’analaridan begonalashtirilgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan holi qilish»ni  qo‘llab-quvvatladi. Xalqni birlashtirish,  mustaqillikni mustaxkamlashning muqobili bo‘lmagan bir yo‘li - o‘zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi Milliy g‘oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish bilan bog‘liq edi. I.Karimov 1993 yil Oliy Kengashning sessiyasida so‘zlagan nutqida: «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu – milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir. Bizning eng ulug‘ maqsadimiz, eng ulug‘ g‘oyamiz, eng ulug‘ shiorimiz shuki, O‘zbekistonning bitta yo‘li bor: mustaqillikni mustaxkamlab, istiqlolni mustaxkamlab - olg‘a yurish. Mafkuramiz, tutgan yo‘limiz, bor g‘ayratimiz ana shu ulug‘vor niyatga yo‘naltirilishi kerak. Xalqimizni, barcha siyosiy kuchlarni, jamiyat tashkilotlarini yakdil, bir jon, bir tan qiladigan g‘oya ham aslida shu»1, degan edi.



Milliy g‘oyani xalq ishonchi hamda e’tiqodiga aylantirishning ichki vazifalari

Birinchi Prezident mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda yashayotgan barcha ijtimoiy—siyosiy qatlamlarni, tabaqalarni, millat va elatlarni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi-osoyishtaligi, xalq farovonligi g‘oyasi atrofida jipslashtirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Bu milliy rivojlanishning istiqbollarini kafolatlaydi. Buning asosiy omili, umumiy nuqtasi - mamlakatimizda yashayotgan barcha  fuqarolarni: millatidan, irqidan, diniy e’tiqodidan, iqtisodiy aqvolidan, siyosiy mavqeidan, qaysi partiyalarga mansubligidan qat’iy nazar, umummillat manfaatlarini ifodalaydigan istiqlol g‘oyalari ularning ishonch va e’tiqodidan joy olishi hamda shu g‘oya asosida birlashtirishdan iborat. Bu vazifani bajarish, mamlakatimizda  demokratik, adolatli-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti bo‘lib qolmoqda.

Mustaqillikka erishgandan keyin milliy qadriyatlarning, muqaddas dinimizning tiklanishi milliy taraqqiyot uchun ma’naviy muhitni yaratib bermoqda. Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosi g‘oyaviy barkamollik uchun oziq bo‘lmoqda, Lekin, shuni ham aytish kerakki, bizning tariximizga maqliyo bo‘lib, kelajakni unitishga haqqimiz yo‘q. Tarixiy tajribalardan saboq olish, undan xulosalar chiqarish milliy g‘oyani, jamiyat mafkurasi sifatida xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish uchun zarur. SHuning uchun ham Islom Karimov: «Jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar tahsiriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi»1 deb ta’kidlaydi. Bu haqiqatni anglash muhim. Bu milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan negiz - poydevordir.

Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish mezonlari

Milliy g‘oyani «tashuvchilarning» ehtiyojlari va manfaatlari umumiyligiga qaramasdan  har   biriga   individual   va differensial yondoshgan holda, uni xalqning ishonch va e’tiqodiga aylantirilishning o‘ziga xos mezonlari mavjud. YA’ni,

·         millatning o‘zligini anglashi va jaqon umumiy tarixiy taraqqiyoti hamda sivilizatsiyasiga mansubligini unga qo‘shgan va qo‘shayotgan hissasini e’tirof qilishi va qilinishi;

·         millatning ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-mafkuraviy mustaqilligi va uni mustahkamlash imkoniyatlarini yaratishi, Vatanga sadoqati;

·         jahon hamjamiyatidagi mavqeini mustahkamlanishi, o‘ziga xos va mos nufuzga ega bo‘lishi;

·         milliy taraqqiyotning istiqbollarini belgilaydigan strategiyasini ishlab chiqishda va uni amalga oshirishning taktikasini belgilashda milliy-ma’naviy qadriyatlariga va umuminsoniy madaniyatning uyg‘unligiga milliy istiqlol g‘oyasining negizlari sifatida qarash zaruriyatini hisobga olish.



YOshlarda Milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni shakllantirish

YOshlarda milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni shakllantirish hamda tarbiyalash jarayonida bir haqiqatni o‘zimizga yaxshi anglab olishimiz  kerakki, milliy  mafkurani faqat tepadan turib yaratib va hayotga joriy etib bo‘lmaydi. Buning ustiga jaqon tajribasiga nazar tashlasak, millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomiliga erishuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin. SHu nuqtai nazardan milliy g‘oyaning muhim vazifalaridan biri komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim vositalari bo‘lgan ta’lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma’rifat, adabiyot va sanhat, din, jismoniy tarbiya va s’ort sohalariga, fanlarning mazmuniga Milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, alohida ahamiyatga ega. Milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodli bo‘lishda yoshlarning tariximizga, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga, merosimizga, tarix hamda ona tilimizga munosabati, uni bilishi muhim rolg‘ o‘ynaydi. Bu yo‘nalishning boshqa ta’lim-tarbiya sohalari bilan umumiyligi va farqi,  tashkiliy jihatdan olganda, quyidagi xususiyatlarga ega:

- yoshlarning milliy o‘zligini anglashi va xulq-atvorini shakllantiriradigan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy, ma’muriy-huquqiy, nazariy-metodologik asoslarini integratsiyalashtirish va omillarning uyg‘un tahsirini tashkillashtirishdan iborat.

- millat rivojlanish manfaatlarini, intilishlarini mamlakat mafkuraviy xavfsizlikni tahminlash maqsadiga yo‘naltirish, uning samaradorligini oshirish uchun ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlarida ijtimoiy-siyosiy fanlarni o‘qitishning uzluksiz, muvofiqlashgan faoliyati talab qilinadi.

- ta’lim-tarbiya tizimida yoshlar ongida Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va ishonch-ehtiqodiga aylantirishda ijtimoiy-gumanitar va siyosiy fanlarning nisbatan mustaqil: ta’lim hamda tarbiya jarayonida: bir tomondan, integratsiyalashuv, ikkinchi tomondan esa - differentsiallashuv xususiyatlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tahminlash taqozo qilinadi.

Oliy ta’lim tizimida Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim:  talabalarning milliy ongi va tafakkurini rivojlantirishga, shunga oid zarur nazariy bilimlarni, seminar ko‘nikmalarni qosil etishga; milliy g‘oyaviy tarbiya esa - yoshlarga ona-Vatanni asrab-avaylash borasidagi ma’naviy mashuliyat qissini, fuqarolik burchini, majburiyatini anglash sohasida faol hayotiy mavqeini shakllantirishga ko‘maklashadi.

 Ijtimoiy-siyosiy fanlarni o‘qitish jarayonida, ta’lim-tarbiyaning turli usul va vositalari majmuasi yordamida, talabalar ongida milliy g‘oyaga doir tushunchalar, tasavvurlar shakllanadi. 

Boshqacha aytganda, Milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ishonchi va e’tiqodiga aylantirishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaning samaradorligi - fanlarning shu maqsad asosida o‘zaro mushtarakligiga bog‘liq. YAhni, turli sohalardagi bilimlar majmuasining Milliy istiqlol g‘oyasi doirasida integratsiyalashuvi va differentsiallashuvi, muqobillashuvi va muvofiqlashuvi yoshlar bilim saviyasini, dunyoqarashlari mazmunini belgilab turadi.

Milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish - milliy g‘urur, iftixor qissini va ma’naviy madaniyatni shakllantirishning ‘irovard natijalaridan biridir. YOsh mutaxassis-kadrlarning, ziyolilarning o‘qishni tugatgandan keyin, joylarda Milliy istiqlol g‘oyalarini, ijtimoiy-siyosiy bilimlarni, seminar ko‘nikmalarni keng xalq ommasiga transformatsiya qilib, ishonch-e’tiqodiga aylantirishida, mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligini  ta’minlashda g‘oyaviy-nazariy jihatdan bilimdon, tashabbuskor rahbarlar, birinchi navbatda, davlatning milliy-mafkuraviy xavfsizlik siyosatiga mas’ul shaxslardir.

Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e’tiqodiga aylanish mezonlari barcha shaxs, ijtimoiy guruhlar uchun umumiyligi bilan xarakterlanadi hamda milliy istiqlolning Vatan ravnaqi, yurt  tinchligi va xalq farovonligini tahminlashdan iborat bosh g‘oyasini amalga oshirish shaxs sifatlarini qaror toptirish bo‘lib, bular quyidagilardan iborat:

- vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va uni shaxs hayot tarziga aylantirish;

- tinchlik uchun kurashning har bir shaxs ijtimoiy-siyosiy, hayotiy eqtiyoj mazmuniga aylanishi;

- el-yurt farovonligi uchun fidoiylik xususiyatlarining shakllanishi va seminar faoliyat asosiga qo‘yilishi;

- millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik xislatlarining vujudga kelishi va seminar faoliyat dasturga aylanishi;

- shaxsiy va ijtimoiy guruh manfaatlari tizimida xalq, millat manfaatlari ustuvorligini tahminlashi;

- milliy g‘oyaning asosiy va tarkibiy qismi bo‘lgan, tarixiy qadriyatlarimizni saqlash va jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda rivojlantirish, ularni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishining shartlari sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqod faqatgina jozibador va maftunkor g‘oyalarda ifodalanmasdan, balki ular  amaliy faoliyat dasturiga aylangandagina mohiyat-mazmunini namoyon qiladi.




Download 467,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish