Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


Milliy g‘oya milliy ongning milliy burch va mas’uliyat bilan bevosita bog‘langan holdagi ko‘rinishidir



Download 467,7 Kb.
bet58/195
Sana01.09.2021
Hajmi467,7 Kb.
#162167
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   195
Bog'liq
2 5197302597328833210

Milliy g‘oya milliy ongning milliy burch va mas’uliyat bilan bevosita bog‘langan holdagi ko‘rinishidir. Milliy ongi zaif bo‘lgan, milliy o‘zligini anglamagan xalqda etuk milliy g‘oya ham bo‘lmaydi. Millatning  etukligi darajasi bevosita vazifa tariqasida kun tartibida turgan muhim, mushtarak umuminsoniy manfaatlar va maqsadlar, g‘oyalar nisbati tizimida o‘z ifodasini topadi.

Milliy g‘oya kishilarning ongidagi o‘zgarishlarning asosiy mezoni va ko‘rsatkichiga aylangandagina o‘zining asosiy ijtimoiy funksiyalarini bajara olishi mumkin. Bunda bir tomondan milliy g‘oyaning umumiy qarashlar, xulosalar tarzida namoyon bo‘lishi jarayoni bosqichlaridan o‘tishi, ikkinchi tomondan demokratik jamiyatning barcha sohalarida faoliyat yurgizayotgan shaxslar g‘oyaviy kamolot darajalariga ega bo‘lishi zarur bo‘ladi. Demokratik jamiyat shakllanishida ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy jarayonlar muhim rol o‘ynashi bilan bir qatorda, ijtimoiy ong shakllari, ayniqsa, mafkura, g‘oya, kishilarning turmush tarzi, tafakkuri sifatida bu jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshirishga ko‘mak beradi.



Milliy g‘oya O‘zbekistonning umumiy va yagona Vatan ekanligini tushunish, davlat tilini o‘rganish, hurmat qilish hissining uyg‘unligi, istiqlolga sodiqlik, mustaqillikni mustahkamlash va milliy mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishiga intilish kabilarning mohiyati va mazmunini tashkil etadigan jihatlarini o‘zida aks ettiradi. SHu bilan birga, unda kishilarning madaniy-milliy merosni asrab avaylash, jamiyatning madaniy-iqtisodiy kamolotiga intilish, millatparastlik va millatchilikka qarshi kurash, etnik munosabatlarda umuminsoniylikning ustuvorligi kabi tuyg‘u va maqsadlar ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, milliy manfaatlar, ehtiyojlarning umumiy maqsadlarga bo‘ysundirilganligi, milliy g‘urur, milliy o‘zlikni anglash jarayonlarining mamlakatning pirovard maqsadlarga xizmat qilishga yo‘naltirilganligi, siyosiy institutlar, partiyalar, jamoat tashkilotlari hamkorligi, diniy qavmlarning o‘zaro hamjihatligi milliy g‘oyaning rivoji va ko‘zlangan maqsadlarga erishishda muhim ahamiyatga ega.

Milliy g‘oya tamoyillari ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar, islohotlar bilan hamohang uyg‘unligi, kishilar ongida ijtimoiy o‘zgarishlarning ob’ektiv inikosi tarzida vujudga kelishi, aholining mutlaq ko‘pchiligi uchun zaruriy iqtisodiy ma’naviy ehtiyojga aylanishi, ijtimoiy ong, ya’ni psixologik va mafkuraviy tuyg‘ularning uyg‘unligi sifatida namoyon bo‘ladi.

Bu tamoyillar jamiyat qarshisida ko‘ngdalang bo‘lib qolgan muammolarning echimlarini o‘zida aks ettiradi hamda ularni hal etish uchun jamiyat a’zolarini birlashtirishga xizmat qiladi. Mustaqillikni mustahkamlash va ijtimoiy barqarorlikning muttasilligi hamda davomiyligini ta’minlash uchun, jamiyatning barcha qatlamlarini umummanfaat uchun jipslashtiradi. Fuqarolarning hamkorligini yangi darajaga ko‘tarish omiliga aylanadi hamda milliy-etnik birliklar va diniy qavmlarning siyosiy hayotda muayyan partiya vakili tarzida emas, balki mamlakatning Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan tenglik tamoyili asosida, fuqaro sifatida ishtirok etishi uchun ma’naviy shart-sharoitlarning vujudga kelishiga yordam beradi.

Milliy g‘oya rivojlantirishning asosiy mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladigan demokratik jamiyat qurish tamoyillari davlat, mamlakat hamda fuqarolarni kelajakka da’vat qiladigan ma’naviy ehtiyoj, taraqqiyotga undaydigan omillardan biri tarzida yuzaga keladi, kishilarni boshqarish vazifasini bajarayotgan siyosiy partiyalar, rahbar shaxslar aql-zakovati hamda salohiyatini o‘zida ifodalaydi. SHu bilan birga, Respublikamizning turli mintaqalarida yashaydigan aholi o‘rtasida mahalliychilik, qarindosh-urug‘chilik kabi sub’ektiv hissiyotlarning ustuvor bo‘lib ketmasligiga, xilma-xil intilish hamda harakatlarni umumxalq va yagona vatan manfaatlari yo‘lida uyg‘unlashtirishga imkon yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi  Prezidentining 1992 yil 8 sentyabrda qabul qilingan “Mahalla” xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilinishi, ayni paytda jamiyatimizni milliy g‘oya atrofida jipslashtirishda zarur bo‘lgan jabhani hayotga tadbiq etish bo‘ldi. Binobarin, bugungi kunda o‘z-o‘zini boshqarishga asoslangan mahalla fuqarolik yig‘inlari mustahkam uyushma sifatida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Zero, “oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahalla tinch va hamjihat, agar mahalla mustahkam bo‘lsa, davlat osoyishta va barqaror bo‘ladi”[33] .

Jamiyatda olib borilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning asosiy maqsadi bo‘lgan demokratik davlat, huquqiy jamiyat, qonunning ustuvorligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. SHunga ko‘ra, xalqimiz va mamlakatimizning bugungi va kelgusi taraqqiyotini ta’minlashda mustaqillik yillari shakllanib, rivojlanayotgan milliy g‘oya muhim o‘rin tutadi.

Milliy g‘oya tamoyillari demokratik jamiyat qurish tamoyillari bilan uyg‘unlikda mamlakatning ichki hayotini boshqarishning asosiy mezonlaridan biri bo‘lish bilan birga, tashqi siyosatda davlatning salohiyatini ko‘rsatadigan, uning jahon hamjamiyati va halqaro maydondagi obro‘-e’tiborini namoyon qiladigan ma’naviy qadriyat mezonlarini, inson huquqlari, fuqarolarning imkoniyatlari umumbashariy muammolarni hal qilish istiqbollari qay tarzda amaliyotga aylanayotganligini bildiradigan omil bo‘lib xizmat qila olishi mumkin.

Albatta, bu tamoyillar, o‘z navbatida xilma-xil tarzda, turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy jarayonlarning talabi va yo‘nalishiga ko‘ra, ularning biri muayyan muddatga o‘z ahamiyatini yaqqolroq namoyon qilishi ham mumkin. Ammo, ularning uyg‘unligi, uyg‘onishlar jarayonidagi serqirraligini umumlashtirish ehtiyoji doimo saqlanib qoladi.

Insoniyat tarixining ko‘p asrlik tajribasi ezgu g‘oyalardan va sog‘lom mafkuradan mahrum biron bir jamiyatning rivojlana olmasligini ko‘rsatdi. SHu nuqtai nazardan, ijtimoiy zaruriyat sifatida yuzaga kelgan milliy g‘oyada ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlar aks etgan.

Bu esa, kelajakni yaqqol tasavvur etish, barpo etilayotgan huquqiy demokratik jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash, yot mafkuralar tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga etkazish va nihoyat yurtning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy mafkurani shakllantirish ehtiyojini yuzaga keltirdi.

YA’ni mustaqillikka erishishi bilan respublikamizdagi sobiq ittifoq hayotining so‘nggi yillarida bo‘linib ketgan ijtimoiy kuchlar, guruhlar, etnik va boshqa birliklarning hamjihatligini ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ldi. CHunki masala faqatgina mustaqillikka erishishdan iborat emas edi. Bunda hayotning hamma sohalarida tub islohotlar va o‘zgarishlarni amalga oshirish nihoyatda muhim vazifa hamda davr ehtiyojiga aylandi. Ana shu sababdan ham, O‘zbekiston mustaqillik e’lon qilinganining eng boshidanoq ijtimoiy masalalarni qamrab oluvchi chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo‘ydiki, bu esa jamiyatimizning ijtimoiy ma’naviy poydevorini mustahkamlash, ta’kidlab o‘tganimizdek, yot mafkuralar tajovuziga qarshi tura oladigan, jamiyat a’zolarida mustahkam e’tiqodni shakllantirib, ularni yanada jipslashtirib, mamlakat fuqarolarining o‘zaro totuv, do‘st va inoq bo‘lib yashashiga, o‘z manfaatlarini Vatan manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishga chorlaydigan, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga etkazish, g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va nihoyat, yurtning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy g‘oyani shakllantirish ehtiyojini yuzaga keltirdi.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyingi yillarda o‘ziga xos sharqona demokratik jamiyatni shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi. Ana shunday yunalishlardan biri bu, komil insonni tarbiyalab etishtirish, uning ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy fazilatlarini shakllantirishdir. Zero, etuk shaxslar komil inson mamlakatimizda shakllanayotgan demokratik jamiyatning takomili demakdir. Buning uchun esa, avvalo, Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtiga muhabbat istiqlolga sadoqat to‘yg‘ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda[34]. Demak, O‘zbekistonda yuzaga kelgan demokratik jarayonlar, xalqaro mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab davrda yurtdoshlarimizning mazkur jarayonga ma’suliyat bilan ongli munosabatini shakllantirish, tinch-osoyishta kechayotgan demokratik islohotlarga to‘siq bo‘layotgan va unga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish uchun milliy g‘oyalarimizni kishlar qalib va ongiga singdirish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish davr taqozosidir.

Binobarin, demokratik jamiyat barpo etish jarayoni milliy g‘oyaning shakllanishi bilan uzviy bog‘liqligi hamda, dialektik aloqadorligi namoyon bo‘ladi. Har qanday davrning o‘z g‘oyasi bo‘lgani kabi, milliy g‘oya shu davrning asosiy vazifasi va maqsadini aks ettiradi. Agar, demokratik jamiyatni barpo etishda milliy g‘oya ikkinchi darajali maqsad va vazifalar tarzida targ‘ib etilsa, bu asosiy jarayonlarga nafaqat halaqit beradi, balki o‘zgarishlarning to‘g‘ri amalga oshmasligiga olib keladi.




Download 467,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish