Mafkuraviy jarayonlarning mohiyati. Eng umumiy ma’noda “mafkuraviy jarayon” tushunchasi muayyan g‘oyaviy qarashlar tizimining shakllanishi, rivojlanishi va tarqalishi bilan bog‘liq bosqichlarning uzviy birligini ifodalaydi.
Mafkura tizimidagi bilimlar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, progressiv yoki reaksion xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur bilimlarning xarakteri o‘z navbatida ular asosida shakllanadigan baholarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga zamin yaratadi. SHakllanadigan baholarda esa real yoki kutilayotgan hodisa, jarayonlarga mavjud ehtiyojlar, manfaatlardan kelib chiqib o‘ziga xos munosabat ifodalanadi.
Mafkuraviy jarayonlarda maqsadlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
G‘oyaviy qarashlar doirasida belgilab olingan maqsadlarni bayon etishda istiqbolga, ertangi kunga ishonch tuyg‘usini shakllantirish ham ko‘zlanadi. Albatta, bunday ishonch o‘z mohiyatiga ko‘ra sarob bo‘lishi ham mumkin. Ammo u chuqur ilmiy asos va gumanistik mohiyatga ega bo‘lgan hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari bilan hamohanglik kasb etganda kishilar xulqi va faoliyatining muhim regulyatori bo‘lib xizmat qiladi. Zero, bunday paytda ishonch kishilar qarashlaridagi barqarorlikni belgilovchi xalqa sifatida chiqadi. Ayni paytda, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan cho‘chimaslikka, ularga qarshi tura olish va bartaraf etishning oqilona yo‘llarini izlashga xizmat qiladi va shu tufayli xulqdagi sobitlik, izchillik va amaliyotdagi faollikni ta’minlashga yo‘l ochadi.
“Mafkuraviy kurash” tushunchasi. Ko‘pgina tushunchalar kabi “mafkuraviy kurash” tushunchasi ham serqirra mazmunga ega. Eng avvalo u turli g‘oyaviy qarashlar o‘rtasida yuzaga keladigan va qarama-qarshilikka asoslangan munosabatni ifodalashini ta’kidlash zarur. U yangi, shakllanayotgan g‘oyalar bilan o‘z «vazifasini» bajarib bo‘lgan mafkura, yoki uning qoldiqlari o‘rtasidagi munosabat shaklida ham sodir bo‘lishi mumkin.
Mafkuraviy kurash muayyan g‘oyalarni singdirish jarayonini ham anglatadi.
Mafkuraviy kurashni muxolif mafkuraviy qarashlarning har qanday ko‘rinishini yo‘q qilishga, g‘oyaviy plyuralizmni bartaraf qilishga qaratilgan harakatlardan farqlash kerak. Mazkur sifatiy holatni xarakterlash uchun mafkuraviy konfrontatsiya (fransuzcha - qarama-qarshi qo‘yish) terminini qo‘llash o‘rinlidir.
Mafkuraviy sodda qilib aytganda, mafkuraviy beqarorlik vaziyatining hosilasi hisoblanadi. Bunday beqarorlik holati keskin ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xususan, bir tuzumdan boshqasiga o‘tish davri, muayyan hollarda tashqi ta’sir, masalan, xalqaro maydonda yakkalanib qolishi yoki harbiy harakatlar, o‘zaro urushlarda engilish natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat natijasi bo‘lishi ham mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, mafkuraviy beqarorlik jamiyatdagi mavjud mafkuraviy muvozanat buzilgan, ammo yangisi qaror topmagan vaziyatdagi g‘oyaviy o‘zgaruvchan holat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |