Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


                 YUrtimizda barkamol avlodga qaratilayotgan e’tibor



Download 467,7 Kb.
bet116/195
Sana01.09.2021
Hajmi467,7 Kb.
#162167
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   195
Bog'liq
2 5197302597328833210

2.                 YUrtimizda barkamol avlodga qaratilayotgan e’tibor.

3.                 Ma’naviyat yoshlarga qanot.

4.                 Milliy g‘oyani ta’lim tizimiga kiritilishi yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning asosiy omili.

 

Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy istitutlar tomonidan amalga oshirilayotgan turli shakllardagi g‘oyaviy – tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui bo‘lib, u butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi. Mafkuraviy profilaktika bo‘shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikni oldini olish yoki biror – bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish mafsadida amalga oshiriladi. Bunda g‘oyaviy ta’sirning turli xil usul va yo‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar qo‘llaniladi. Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur’atlarda yoki asta sekin, bosqichma bosqich amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora tadbirlar qo‘llash lozim bo‘lsa, ikkinchi holatda doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish ko‘proq natija beradi. Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda ham mafkuraviy profilaktikaning o‘rni katta. Zero, u mohiyatan yot g‘oyalarning kirib kelishining oldini lish va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora tadbirlarga tayanadi. Ta’lim tarbiya va targ‘ibot tashviqot tizimi mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishga yordam beradi. Sog‘lom mafkurani xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari ham unda o‘z  o‘rniga ega. SHuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‘stlik va birodarlikni, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni targ‘ib tashviq etuvchi ma’naviy ma’rifiy tadbirlar mafkuraviy profilaktikani amalga oshirish shakllaridir.

Birinchi Prezidentning “Fidokor” gazetasi muxbiri savolariga javoblarida ilk marta “Mafkuraviy immunitet” tushunchasini qo‘llaydilar.  Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo kishi orgaizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz hg‘am farzandlarimiz yuragida Ona Vatanga, boy tariximizga, ota bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom mungosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Toki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamoln taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib etishsinlar. degan fikrni ilgai suradi yurtdoshimiz[77].  Mafkuraviy immunitet- shaxs ijtimoiy guruщ, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi.

             Immunitet (lot. –ozod bыlish, qutulish) tibbiy tushuncha bo‘lib, organizmni doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‘zini turli ta’sirlardan, tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Sodda qilib aytganda immunitet-kishi organizmininng  turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatidir. YUqoridagilardan farqli o‘laroq, insonning umumiy immunitet tizimi tug‘ma bo‘lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur. U har bir avlod uchun o‘ziga xos xususiyatga ega. Immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin. Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi elementi – bu bilim. Ammo, bilimlarning turi ko‘p. Buyuk davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafakurasi tarafdorlari ham muayyan “bilim”larga tayanadilar, albatta. SHunday ekan, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob’ektiv bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi, inson ma’naviyatini boyitishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim.  Ular o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, Vatan va millat manfaatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i kerak.   Mafkuraviy immunitetning ikkinchi asosiy elementi ilg‘or bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlar tizimidir. Zeror, bilimlar qanchalik ob’ektiv va chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va zararli g‘oyalar yo‘lida mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi. Ammo, bilimlar va qadriyatlar tizimi mavjudligining o‘zi mafkuraviy immunitetning iohiyatini to‘liq ifoda eta olmaydi. Zero, bu ikki element mafkuraviy immunitetning uchinchi muhim elementi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi maqsadlar tizimi bo‘lmas ekan, inson , millat yoki jamiyat goh oshkora, goh pinhona mafkuraviy tazyiqlarga duchor bo‘laveradi.

         Xalqimizni turli g‘oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immuniet hosil qilish uchun uni, avvalo, taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog‘lom, insonparvar g‘oya va mafkura bilan qurollantirish kerak. O‘zligimizni , odob – axloqimizni, merosimiz, qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g‘oyalar va mafkuralar ta’siridan avaylab-asrash, ularga qarshi fuqarolarimiz va yoshlarimiz qalbida mafkuraviy immunitetni akllantirish  orqaligina milatni asrash mumkin. Mafkuraviy immunitet mafkuraviy tarbiya orqali amalga oshiriladi.


Download 467,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish