Eng oxirgi diametr (394 mm) o'lchamlari filtr konstruksiyasi va qisman shag'al - to'shalmali filtr qo'llanilishi bilan aniqlanadi. Filtr shag'al to'shalmasining qalinligi atrofi bo'yicha 60-80 mmdan kam bo'lmasligi kerak. Texnologik skvajina diametri va filtr (o'rnatilgan truba) ning tashqi diametri orasidagi bunday yoriqda shag'alni filtrlash zonasiga ishonchli yetkazib berilishi ta'minlanadi. Bundan tashqari, bunday yoriq truba atrofidagi maydonga shag'alni tashish va nazorat funksiyalarini bajarish uchun diametri 42 yoki 50 mm bo'lgan burg'ilash snaryadini tushirish imkonini beradi.
139
7.3-rasm. Texnologik skvajinalar filtrlari konstruksiyasi: a-vertikal ochilgan tirqishli; b- gorizontal ochilgan tirqishli; v- zanglamas po'latdan tayyorlangan teshikli setkali.
Yuqorida ta'kidlanib o'tilganidek, texnologik skvajina - bu yer ostida ishqorlashning texnologik sxemasida asosiy zveno hisoblanadi. O‘z navbatida, filtr texnologik skvajinaning asosiy elementi hisoblanadi. Ko‘p holatlarda filtr texnologik skvajinaning texnik holatini aniqlovchi hisoblanadi, demak, yer ostida ishqorlash jarayonining hamma texnologiyasini aniqlaydi. Filtrlar konstruksiyasini qazib olish, ularni texnologik skvajinaga montaj qilish va ekspluatatsiya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratiladi. Yer ostida ishqorlash usulini qo'llashning birinchi bosqichlarida bevosita yer ostida ishqorlash korxonalarida tayyorlangan polietilen trubalardan tayyorlangan yoriqlarni vertikal yoki gorizontal joylashishi bo'yicha asosan yoriqli filtrlar qo'llanilgan. Odatda yoriqlar kengligi 1 mm dan oshmaydi. Yoriqlar frezerlash orqali truba tanasida kesiladi. Ko'rsatilgan filtrlar konstruksiyasi 7.3. chizmada keltirilgan. Va bugungi kunga qadar yoriqli filtrlar yer ostida ishqorlash korxonalarida qo'llaniladigan filtrlarning asosiy turi hisoblandi. Yer ostida ishqorlash parametrlari va shartlariga muvofiq ravishda PVP “T” polietilen donalaridan tayyorlangan shag'alli to'shalmali filtrlar, karkasli turdagi va yoriqli (7.4-rasm) polietilendan tayyorlangan tarelkasimon va diskli
140
(7.5. rasm) filtrlar konstruksiyalari ishlab chiqilgan va sanoat sharoitida sinovdan
o'tkazilgan edi.
Yer ostida ishqorlash
korxonalarida tayyorlangan yoriqli
filtrlarning asosiy kamchiligi, uning
past texnologik skvajinaliligi va asosan,
chuqurligi 150 m bo'lgan texnologik
skvajinalarda kon bosimi oshishi
natijasida filtr tanasi butunligining
buzilishi hisoblanadi. Diskli filtrlarni qo'llash amaliyoti texnologik texnologik skvajinalarga qo'yiladigan talablarga
eng ko‘p javob bera oladigan filtr
sifatida baholash imkonini beradi.
Diskli filtrlaridan shag'al to'shalmasiz
bemalol foydalanish mumkin. Bu esa
texnologik skvajina diametrini kichrayshiga olib keladi. Biroq, shag'al-to'shalmali filtrlar boshqa
konstruksiyadagi filtrlarga nisbatan
ahamiyatli afzalliklarga ega: turg'un